Sariosiyo tumani 24- sonli umum ta`lim maktabi 3-“A” sinf
o`quvchilari ota- onalarining 2 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
14. 11 . 2020-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi Usmonova D.
Kotib Safarova M
Qatnashdilar: 3-“A” sinf o`quvchilarining ota-onalari
Kun tartibi
1. I chorak yakuni va II chorak vazifalari
2. Farzandlariga “Yo`l harakati qoidasi”ga amal qilishlarini ogohlantirib borishlari
haqida suhbat
3. “Maktab ichki tartib qoidalari” va “Odob – axloq qoidalari” bilan ota-
onalarni tanishtirish
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Raximova so`zga chiqdi, u o`z nutqida I chorak yakuni haqida quyidagilarni gapirdi. Chorak boshida sinfda 21 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 9 nafarini qiz bolalar 15 nafarini o`g`il bolalar tashkil
etdi. Chorak oxirida ham o`quvchilar soni shu holda saqlanib qoldi. O`quvchilar chorak davomida 3-sinf materiallarini puxta o`rganib bordilar. Sinf davomati 98 % ni tashkil etdi. Sinfda o`zlashtirish 857 % ni, umumiy o`zlashtirish 100% ni ko`rsatdi.
Sinfda 5 nafar o`quvchi fanlarni a`lo baholarga o`zlashtirdilar. Bu o`quvchilar D. Bo`riyeva, R. Boboshukurova, Safaraliyeva Sabina, Z. Rashidovlardir. Qolgan o`quvchilar ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. Sinfda o`zlashtirishga qiynalayotgan o`quvchilar ham bor. Bu o`quvchilar J. Raximov, U. Usmonov, M. Tursunov va F. Majidovlardir. O`ylaymanki, bu o`quvchimiz bu chorakda o`rtoqlarini yetib oladi. Bu ko`rsatkichlarga qarab biz I chorak yakunini namunali deb ko`rsatsak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, II chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlarini kutib qolaman . Boshqa o`quvchilar ham o`qishlarida tub burilish yasab yana ham faolroq bo`ladilar degan umiddaman.
Sariosiyo tumani 24- umumiy o`rta ta`lim maktabi 1-“A” sinfida
Do'stlaringiz bilan baham: |