Sinf: Mavzu: Non ulug` ne`mat


Download 1.23 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1587453
  1   2   3   4
Bog'liq
2-sinf NON ULUG` NE`MAT


Sana:
Sinf:
Mavzu:Non ulug` ne`mat
Darsning maqsadlari:
Ta`limiy:o`quvchilar o`qish orqali rizq-u ro`zimiz non haqida tushunchaga ega bo`ladi. O`qilgan she`r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berish, ularda to`g`ri va ifodali o`qish malakalarini shakllantirish.
FK 1: she`riy matnni tinglab tushuna oladi va bir daqiqada ongli ,ifodali, to`g`ri ,tez 30-35 ta so`zni o`qiy oladi.
Tarbiyaviy: o`quvchilarda nonni asrab-avaylash,uvol qilmaslik, tejamkorlikka rioya qilish, mehnatsevarlik ko`nikmalarini tarbiyalash.
TK 3: o`zining o`quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish,o`zidan kattalarga, o`rtoqlariga va o`zidan kichiklarga yordam berish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning og`zaki nutqini, fikrlash qobiliyatini, topishmoqlar javobini topish malakasini rivojlantirish.
TK 2: o`quv fanlarini o`rganish va bir-biridan farqlash, o`z xatosini tushunish va tuzatish.
Dars turi:yangi tushuncha va bilimlarini shakllantiruvchi.
Dars metodi: suhbat,ko`rgazmalar va tarqatma materiallar, “Zanjir” metodi, “Mozaika” o`yini.
Dars jihozlari: darslik, texnik vositalar, rasmlar, rebus, test savollari, slayd va lavhalar, yasalgan va yopilgan nonlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
O`quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi.
O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
O`quvchilarga darsning “Oltin qoidasi” eslatiladi. O`quvchilar “Nonvoy”, “Dehqon”, “Bug`doy” guruhlariga bo`linib oladi. Guruh a`zolari o`zlarini tanishtiradi.
Dehqon guruhidan bitta o`quvchi dehqon bo`lib kiyingan holda qo`lida kichik ketmoni bilan she`r aytadi:
Men dehqon bobongizman,
Belni mahkam bog`layman.
Ketmon-u teshalarni
Zo`r yumushga chog`layman.



Bug`doy” guruhidan bitta o`quvchi qo`lida bug`doy boshoqlarini ushlagan holda she`r aytadi:

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling