Lug`at bilan ishlash!
YURAGINI YORMOQ I–Qattiq cho‘chitib qo‘rqitmoq.
Ma’nodoshi: o‘takasini yormoq.
O‘xshashi: kayfini uchirmoq.
YURAGINI YORMOQ II–Ichidagi istak yoki dardini aytmoq.
Varianti: ko‘nglini yormoq.
JO‘YALILIK VA USLUBLAR
Nutq uslublarining har biri uchun xoslangan til vositalari borligini Siz yaxshi bilasiz. Bir uslubga xoslangan so‘z, ibora, sintaktik qurilma yoki shu kabi birlikning boshqasiga o‘tkaz ilishi nojoiz, o‘rinsiz hisoblanadi. Bunday holatlarda ham nutqning jo‘yaliligi buzilishi mumkin. Bu o‘rinda aytish kerakki, jo‘yalilik sifatini o‘rganishda nutqning yozma va og‘zaki shakllarini farqlash lozim, chunki bu nutq shakllarida jo‘yalilik o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, yozma va og‘zaki nutqning voqe bo‘lish sharoitlari bir xil emas, shunga ko‘ra bu ikki nutq shaklining o‘ziga xoslangan birliklari, grammatik shakllari, sintaktik qoliplari bor. Bu holatni hisobga olmaslik natijasida ham nutqning jo‘yalil igiga putur yetadi. Albatta, badiiy nutqda jo‘yalilik o‘ziga xos namoyon bo‘ladi.
Lug`at bilan ishlash!
YURAGI ORQASIGA TORTIB KETMOQ–Bir lahza ich-ichidan qo‘rquv aralash qattiq hayajonlanmoq.
Varianti: yuragi orqasiga urib ketmoq.
YURAGI TOSHIB KETMOQ–Kechinmalari ichiga sig‘may, kimgadir aytish ehtiyoji tug‘ilmoq.
YURAGI QON BO‘LMOQ 1.–Diltang bo‘lmoq, ziq bo‘lmoq.
Varianti: yurak-bag‘ri qon bo‘lmoq; bag‘ri qon bo‘lmoq; yurak-bag‘ri xun bo‘lmoq; bag‘ri xun bo‘lmoq; qon bo‘lmoq.
Ma’nodoshi: yuragi siqilmoq.
YURAGI QON BO‘LMOQ 1I– Ruhan azoblanmoq.
Varianti: yurak-bag‘ri qon bo‘lmoq; yurak-bag‘ri xun bo‘lmoq (eskirgan); yuragi xun bo‘lmoq (eskirgan); bag‘ri xun bo‘lmoq (eskirgan); qon bo‘lmoq.
Ma’nodoshi: yuragi ezilmoq.
O‘PKASI TO‘LMOQ–Iztirob chekib, yig‘lab yuborish holatiga yetmoq.
O‘xshashi: xo‘rligi kelmoq; yig‘lamoqdan beri bo‘lmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |