Lug`at bilan ishlash!
1. Yog`iy–dushman, g`anim.
2. Isnod–uyatga yoki ta`naga qoldiradigan, nomiga dog` tushiradigan ish, shunday ishdan keladigan uyatli holat.
3. Murid–pir yoki eshon(murshid)ga qo`l berib, so`fiylik yo`liga kirgan shaxs.
4. Murshid–tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz.
5. Shayx–islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilimdon kishilarga, so`ngra ulamo va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik muqaddas joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan.
6. Xonaqoh–1) Masjidning namoz o`qiladigan, odatda keng va katta xonasi.
2) So`fiylar mashg`ulotlarini o`tkazish uchun mo`ljallangan katta xona va uning atrofidagi hujralar.
7. G`o`ch(shevada)– mard, botir.
NUTQIY USLUBLARNING TURLARI. SO`ZLASHUV USLUBI.
Muloqotning turli vaziyatlari hamda turli nutqiy uslublarda nutqning og`zaki va yozma shakliga aloqadorlik turlichadir. Siz bilasizki, nutqiy uslublarning so`zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy, va rasmiy kabi asosiy turlari mavjud. Ular orasida so`zlashuv uslubi, asosan, og`zaki nutq shaklida namoyon bo`ladi. Bu uslub ayni shu jihati bilan ham boshqa uslublardan farq qiladi. So`zlashuv uslubining adabiy so`zlashuv turi ham, oddiy so`zlashuv turi ham og`zaki shaklda voqealanadi.
Lug`at bilan ishlash!
1. OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Eshitish sezgisini uyg`otuvchi, eshitish a`zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa.
Eslatma! Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalsh uchun qo`llanadi.
Eslatma! Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo`lgan ovozni ifodalash uchun qo`llanadi.
Eslatma! Un–faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so`ziga nisbatan juda kam qo`llanadi.
Eslatma! Sado–jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so`ziga nisbatan kam qo`llanadi.
Eslatma! Sas–shevaga oid so`z bo`lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma`nosida qo`llanadi.
Eslatma! Nido–kitobiy uslubga xos.
Eslatma! Sado–juda kam qo`llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |