Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub


Download 0.53 Mb.
bet4/49
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1493738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
10-sinf va 11-sinf ona tili

Lug`at bilan ishlash!


1. BARTERpul mablag`lari ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayirboshlash va shu haqidagi shartnoma.
2. BIRJAqimmatbaho qog`ozlar va har xil molar bilan savdo-sotiq qiladigan yirik savdo muassasi; bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli.
3. INVESTITSIYAmamlakat ichkarisida yoki chet elda, foyda ko`rish maqsadida, biror korxona yoki iqtisodiyotning muayyan tarmog`iga kapital qo`yish, kiritish va shunday kapitalning o`zi.
4. MARKETING–1) iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish(talab va iste`mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ`ib qilish, sotilayotgan tovarlar hajmini ko`paytirish vositalari kabi) muammolari bilan shug`ullanuvchi soha. 2) Bozor ehtiyoji talabidan kelib chiqqan holda korxonaning yangi mahsulotlar ishlanmalarini tayyorlash, tovarlar ishlab chiqarish va sotish yoki turli xil xizmatlar ko`rsatish bo`yicha faoliyatini boshqarish va tashkil etish tizimi.
5. MENEJERkorxona va kompaniya egasi bo`lmagan, maxsus tayyorgarlik ko`rgan malakali yollanma boshqaruvchi.
6. MENEJMENTzamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish(rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to`g`risidagi fan.


LEKSIK VOSITALARNI NUTQIY USLUBLARDA QO`LLASH. MA`NODOSH VA SHKLDOSH SO`ZLAR USLUBIYATI.

Ma`nodosh so`zlar bir-biridan muayyan uslubga xoslanishi va emotsional-ekspressiv bo`yog`iga ko`ra farqlanadi. Masaln, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor, ruxsor ma`nodoshlik qatorida yuz so`zi biror-bir uslubga xoslanmagan; bet aft, bashara, turq so`zlarida esa salbiy bo`yoq darajalangan holda o`z ifodasini topgan, ko`proq so`zlashuv uslubida ishlatiladi; chehra, jamol so`zlarida ijobiy bo`yoq mavjud bo`lib, ular, asosan, badiiy uslubga xoslangan; oraz uzor, ruxsor so`zlari esa eskirgan va ko`proq kitobiy uslub doirasida qo`llanadi.


Eslatma! Shakldosh so`zlar va unga yondosh paronimlarning ma`nolarini yetarli darajada farqlash, har bir so`zning o`z ma`nosiga muvofiq qo`llay bilish barcha uslublar uchun zarur. Ayni paytda bunday so`zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so`z o`yinlari kabi nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini aynan shakldosh so`zlar tashkil etadi.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling