Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub


KUNGURA–qal`a devorlari yoki imoratlar aylanasiga tishga o`xshatib ishlangan me`moray bezak. 11. MADRASA


Download 0.53 Mb.
bet9/49
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1493738
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
10-sinf va 11-sinf ona tili

10. KUNGURAqal`a devorlari yoki imoratlar aylanasiga tishga o`xshatib ishlangan me`moray bezak.
11. MADRASAdiniy oily o`quv yurti.
12. MAQBARAqabr ustiga qurilgan me`moray inshoot yoki tosh tobut, dahma, sag`ana.
SUBYEKTIV BAHO IFODALOVCHI QO`SHIMCHALAR USLUBIYATI.

Tilimizda –cha, -choq, -gina, -loq, -jon, -xon, -toy kabi bir qancha qo`shimchalar mavjud bo`lib, ular subyektiv baho shakllari deb umumlashtiriladi. Ular kichraytirish-erkalash qo`shimchalari nomi bilan ham ataladi. Bu qo`shimchalar otlar va sifatlarga qo`shilib, shu so`zlar ifodalagan narsa yoki tushunchaga so`zlovchining subyektiv munosabatini bildiradi, ya`ni bu so`zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy bo`yoqni yuzaga keltiradi.


Eslatma! Bunday qo`shimchali so`zlar ko`proq so`zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda kuzatiladi, ilmiy va rasmiy uslublarda esa ular juda nofaol, kam qo`llanadi.


Lug`at bilan ishlash!


1. AVAYLAMOQ, ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, e`zozlamoq, e`zoz etmoq, papalamoq(po`palamoq)–ehtiyot holda tutmoq, ehtiyot bilan munosabatda bo`lmoq.
Eslatma! Avaylamoq–asosan, “tashqi ta`sirdan, tashqi ta`sir natijasida biror narsa bo`lishdan ehtiyot qilish” ma`nosida qo`llanadi. Bu so`zda ehtiyotlash darajasi ayamoq, ehtiyot qilmoq so`zlaridagiga nisbatan kuchliroq.

Eslatma! Ayamoq–“tashqi ta`sir natijasida biror narsa bo`lishdan, shuningdek, yo`qolish, sarflanish kabilardan ehtiyotlanish” ma`nosida ham qo`llanadi.


Eslatma! Ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq– so`zlarining ma`no xususiyati ularning o`zagi(ehtiyotdan) anglashilib turadi. Bular “tashqi ta`sir yoki biror sabab bilan biror narsa bo`lishdan ehtiyot holda tutmoq” ma`nosida qo`llanadi.


Eslatma! Ardoqlamoq–oddiy so`zlashuvda kamroq uchraydi. Bu so`zda g`amxo`rlik, hurmat munosabati ham aks etadi.


Eslatma! E`zozlamoq, e`zoz etmoq–kitobiy uslubga xos, unda g`amxo`rlik munosabati yana ham kuchliroq bo`ladi.


Eslatma! Papalamoq–so`zlashuv nutqiga xos, suyish munosabati aks etadi.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling