Lug`at bilan ishlash!
CHEK I–chegara, eng so`nggi chegara. M-n, Sho`xliklariga chek qo`ymoq. Bolalarning shodligiga chek yo`q edi.
CHEK II–chegarakari aniq belgilangan yer uchastkasi.
CHEK III–qur`a, bir ishni bajarish majburiyatini yuklovchi shartli belgi. M-n, chek tashlamoq. Chek menga chiqdi.
CHEK IV–ma`lum summani bankdan, kassadan olish yoki boshqa yerga o`tkazish huquqini beruvchi hujjat.
M-n, Siz bergan chek bilan bankdan pulimni oldim.
CHEK V–1) tortmoq. M-n, Iztirob chekmoq, g`am chekmoq. 2) Tushirmoq. M-n, imzo chekmoq. Gul chekmoq.
1. ABRO`–qosh.
2. OBRO`–hurmat, e`tabor, nufuz.
3. GANJ–1) oltin, kumush, javohir, xazina; 2) ko`chma ma`noda: boylik, mol-mulk, davlat; qadr-qimmatli narsa
4. GANCH–alebastrning bir turi; suvoq naqsh uchun ishlatiladigan qurilish materiali.
5. AFZAL–yaxshi, a`lo, ortiq.
6. ABZAL–ot-ulovni minish yoki aravaga qo`shish uchun zarur bo`lgan asboblar majmui.
7. ADIB–adabiy asarlar ijodkori.
8. ADIP–to`n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato-mag`iz.
SHEVAGA OID BIRLIKLAR VA ESKIRGAN SO`ZLAR USLUBIYATI.
Shevaga oid birliklar adabiy til me`yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari sanaladi. Shuning uchun bunday unsurlar ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo`llanilmaydi.
Eslatma! Shevaga oid so`zlar so`zlashuv va badiiy uslubda muayyan bir me`yorda ishlatiladi.
Eslatma! Eskirgan so`zlar ham badiiy va publitsistik uslublarda juda katta uslubiy qimmatga ega. Eskirgan so`zlarning ikki turi mavjud: arxaik so`zlar(dudoq–hozirgi muqobili lab; meng–hozirgi muqobili xol; tilmoch–hozirgi muqobili tarjimon kabi) va tarixiy so`zlar(yasovul, bek, xon, qozi, cho`ri kabi). Tarixiy so`zlar tarix mavzulari yoritilgan ilmiy va badiiy matnlarda o`tmishni real tasvirlash maqsadi bilan qo`llanadi. Arxaik so`zlar matnga tarixiy kolorit berish bilan birga, zamonaviy mavzular yoritilgan badiiy va publitsistik asarlarda ko`tarinkilik, tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |