Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub


NUTQIY USLUBLARNING TURLARI. PUBLITSISTIK USLUB, BADIIY USLUB, ILMIY USLUB, RASMIY USLUB


Download 0.53 Mb.
bet3/49
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1493738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
10-sinf va 11-sinf ona tili

NUTQIY USLUBLARNING TURLARI. PUBLITSISTIK USLUB, BADIIY USLUB, ILMIY USLUB, RASMIY USLUB.

Nutq uslublaridan publitsistik, badiiy, ilmiy, rasmiy uslublarning ham og`zaki, ham yozma shakli bor. Bu uslublar, asosan, yozma shaklda namoyon bo`ladi. Ayniqsa, ish qog`ozlaridagi rasmiy uslub faqat yozma shaklda bo`ladi.


Eslatma! Ilmiy uslubning asosiy ko`rinishlari bo`lgan monografiya, dissertatsiya, darslik, maqola va shu kabilar, albatta, yozma shaklda yaratilsa-da, ilmiy ma`ruzalar og`zaki shaklda o`qiladi. Yoki badiiy uslubga mansub sahna asarlari ijrosidagi og`zakilikni inkor etib bo`lmaydi.




Lug`at bilan ishlash!


1. OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo`rak, yemish, ne`mat. Odam, hayvon, umuman, jonivorlar iste`mol qiladigan suyuq yoki quyuq yegulik.

Eslatma! Ovqat–odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi.


Eslatma! Taom–faqat odamlar iste`mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo`llanadi va ovqat so`ziga nisbatan biroz badiiy bo`yoqqa ega.


Eslatma! Oziq–“ odam va boshqa jonivorlar, hatto, o`simliklar qabul qiladigan ovqat” ma`nosini ham bildiradi.

Eslatma! Ovqat va taom–asosan, yeyish uchun tayyor holatdagi narsani bildirsa, ozqi, umuman, ovqatlanish uchun lozim bo`lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi.


Eslatma! Xo`rak, yemish–juda kam qo`llanadi.


Eslatma! Ne`mat–badiiy uslubga xos.


NUTQIY USLUBLAR VA USLUBIY BO`YOQ.

Tildagi so`zlarning kattagina qismi muayyan nutqiy vaziyatlarda qo`llashga moslashgan, ya`ni muayyan uslubga xoslangan, bu uslubning o`ziga xos belgisiga aylangan, bu so`zni faqat shu uslubda ishlatish maqsadga muvofiq. Ayrim so`zlar qo`shimcha ravishda so`lovchi(yozuvchi)ning nutq predmetiga bo`lgan salbiy yoki ijobiy munosabatini ham ifodalaydi. So`zning muayyan uslubga mansubligi va unda so`zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi “uslubiy bo`yoq” nomi bilan umumlashtiriladi. Birinchisi, “funksional bo`yoq” (masalan, “pul” ma`nosidagi mullajiring so`zida so`zlashuv uslubiga mansubligi belgisi, “inson” ma`nosidagi bashar so`zida badiiy-poetik uslubga mansublik belgisi mavjud). Ikkinchisi esa, “emotsional-ekspressiv bo`yoq” (masalan, jamol so`zida ijobiy munosabat, bashara so`zida esa salbiy munosabat ham o`z ifodasini topgan) deb yuritiladi.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling