Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub


Download 0.53 Mb.
bet6/49
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1493738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
10-sinf va 11-sinf ona tili

Lug`at bilan ishlash!


1. BODPARRAK(shevada)varrak, varvarak.
2. BARAK–1) yog`ochdan qurilgan vaqtinchalik uy, yashash joyi; 2) o`g`uz shevasida: chuchvara
3. VALISH–toklarni ko`tarib qo`yish, tarash, yoyish uchun qurilgan yoysimon so`ri.
4. ADRASMANisiriq.
5. YORQANAT–1) shevada: ko`rshapalak; 2) tunda uchadigan va yorig`lik atrofida to`planadigan mayda hasharot.
6. SHAPATI(shevada) shapaloq.
7. VAHMAK–1) shevada: vahimachi; 2) qurtlarning tanasiga tuxum qo`yuvchi hasharot.
8. BO`RIQ(shevada)jo`xoripoya.
9. BITIK–1) yozuv; 2) xat, maktub; 3) asar.
10. KOLORIT–1) rasm, gravyurada ranglarning uyg`un, o`zaro mutanosib bo`lishi, uyg`unlik kasb etishi;
2) ko`chma ma`noda: biror narssaning o`ziga xos tomonlari, xususiyatlari majmuyi.
11. ZAVJer, qayliq.
12. ZAVJAxotin, rafiqa.
13. MOZIYo`tmish, hayotning o`tgan qismi, o`tgan davrdagi hayot.
14. TANCHA(shevada)-sandal
15. QUTIDORQo`qon xonligida soliqlardan to`plangan pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori.


TERMINLAR, KASB-HUNAR LEKSIKASI VA IBORALAR USLUBIYATI.

Terminlar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy uslubga xoslangan so`zlar yoki so`z birikmalaridir.


Eslatma! Terminlar badiiy va publitsistik uslublarda tasviriy-uslubiy vosita sifatida qo`llanishi mumkin.


Eslatma! Kasb-hunarga oid so`zlar va iboralar badiiy va publitsistik uslublarda qo`llanishi va tegishli sohaga daxldor hududiy o`ziga xoslikni ta`kidlashga xizmat qilishi mumkin.


Eslatma! Iboralar ilmiy va rasmiy uslublarda ko`pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun qo`llanadi. M-n, qo`l qo`ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq, ovoz bermoq, qo`l ko`tarmoq kabi iboralar bunga misol bo`la oladi.


Eslatma! Iboralar badiiy, publitsistik, shuningdek, so`zlashuv uslublarida iboralar xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga iboralardagi mavjud rang-barang uslubiy bo`yoq imkoniyat yaratadi.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling