Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub


IFODA MAQSADIGA KO‘RA GAP TURLARI USLUBIYATI


Download 0.53 Mb.
bet14/49
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1493738
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
10-sinf va 11-sinf ona tili

IFODA MAQSADIGA KO‘RA GAP TURLARI USLUBIYATI

Darak, so‘roq va buyruq kabi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari nutqiy uslublarda turli qo‘shimcha uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu turlarning barchasi kuchli his-hayajon, emotsionallikka ham ega bo‘lishi mumkin, bunday holatlarda ular undov gaplar ham deyiladi. Nutq uslublarining deyarli barchasida gaplarning bunday turlari matn maqsadiga muvofiq ravishda qo‘llanadi.


Darak gaplar nutqda eng ko‘p ishlatiladigan gap turidir. Maxsus intonatsiya, ohang yordamida bunday gaplarda gumon, sevinch kabi qo‘shimcha ma’nolar ifodalanishi mumkin. So‘roq gaplar xilma-xil uslubiy xususiyatlarga ega. Bunday gaplarning ayrim ko‘rinishlari so‘roq bilan birga hayrat va taajjub (Shunaqayam bo‘ladimi?!), sevinch-hayajon (Do‘stim g‘olib bo‘ldimi?!), shubha-gumon (Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?) kabi bir qator uslubiy ma’nolarni voqelantirishi mumkin. Hatto ba’zan so‘roq gap bevosita so‘roqni emas, balki buyruqni ham bildirib kelishi kuzatiladi. Masalan, Tez-tez yurmaysanmi?! («Tez-tez yur» mazmuni angashiladi). Bunday holatlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarga xos.


Eslatma! Buyruq gaplarning ilmiy va rasmiy uslublarda qo‘llanishi ularning so‘zlashuv, badiiy va rasmiy uslubla rdagi qo‘llanishidan farq qiladi. Ilmiy va rasmiy uslublarda buyruq gaplar his-hayajonsiz, ya’ni emotsionalliksiz qo‘llanadi, keyingi uch uslubda esa ko‘proq emotsionallik ifodasi bilan ishlatiladi.


Lug`at bilan ishlash!


BALO, usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon, uddaburon.O‘rinlatib bajaradigan, mahorat va chaqqonlikka ega.
Eslatma! Balo ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos. U «aqliy, jismoniy ish-harakat bajarishda yuqori mahoratga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llana oladi.


Eslatma! Usta aql, malaka talab etadigan harakatlarga nisbatan qo‘llanadi.


Eslatma! Ustamon quvlik, ayyorlik bo‘yoqqa ega.


Eslatma! Bilag‘on, bilarmon so‘zlarining xususiyati ularning o‘zagidan anglashib turadi. Bilarmon salbiy bo‘yoqqa ega.


Eslatma! Chechan, chaqqon, epchil «tez va oson bajarish mahoratiga egalik»ni bildiradi.


Eslatma! Uddaburon, asosan, «ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llanadi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling