Lug`at bilan ishlash!
IBTIDO–Biror narsa, ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarning boshlanish davri.
INTIHO–Biror narsa, ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarning tugash, nihoyalanish davri.
ISTIFODA–Foydalanish, ishlatish. Istifoda qilmoq (yoki etmoq) foydalanmoq, ishlatmoq.
MUNAQQID–Adabiy, ilmiy, publitsistik asarlarni tahlil qilish, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini, yutuq va kamchiliklarini o‘rganish hamda baholash bilan shug‘ullanuvchi adabiyotshunos, tanqidchi.
TASHXIS–1 Kasallik xarakteri va bemorning ahvoli haqidagi qisqacha tibbiy xulosa; 2 Odamdan boshqa jonli va jonsiz narsalarga insoniy xususiyatlarni ko‘chirishdan iborat badiiy san’at turi.
TIJORAT–Savdo-sotiq, savdo (savdogarlik) ishlari.
UNSUR–Butunni tashkil etgan murakkab narsaning tarkibiy qismi.
NUTQ MADANIYATI
Odob juda keng va qamrovli tushuncha bo‘lib, u nutqni to‘g‘ri va o‘rnida qo‘llash odobini ham o‘z ichiga oladi. Buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» kitobida «Odobning boshi tildir» degan maqol qayd qilingan. Ulug‘ alloma Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida «til ardami» (nutq odobi) haqida bir qancha go‘zal hikmatlar mavjud:
1. So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin, 2. Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi,
Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin. Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi.
3. Aql ko‘rki so‘zdir va til ko‘rki – so‘z,
Kishi ko‘rki yuzdir, bu yuz ko‘rki – ko‘z.
So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy so‘zning muloqotdagi o‘rnini bilishni inson axloqining asoslaridan hisoblagan, aniq va lo‘nda gapirishni fazilat deb bilgan:
Bir deganni ikki demak xush emas,
So‘z chu takror topti, dilkash emas.
Eslatma! Tilshunoslikda «nutq madaniyati» termini, asosan, ikki xil ma’no-da qo‘llanadi, ya’ni: 1) tildan bemalol, maqsadga va nutqiy vaziyatga muvofiq tarzda foydalana olish, nutqda zaruriy sifatlarning barchasini mujassamlashtira bilishni ta’minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami; 2) tilshunoslikning tildan maqsadga va nutq vaziyatiga muvofiq tarzda foydalanish, nutqda zaruriy sifatlarni mujassamlashtirish qoidalarini ilmiy asosda o‘rganish va o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi
Do'stlaringiz bilan baham: |