1
|
Yangi mavzuni tushuntish.
Bularning hammasi vaqtning qat’iy chegaralanganligi, raqibning kuchli qarshiligi va qattiq olishuv vaziyatida bo‘lib o‘tadi. Kurash o‘ziga xos sport turi va uning ko‘p turlari mavjud. Hozirgacha kurashning klassik, erkin, sambova dzyudo singari turlari hamda milliy turlari rivojlanib keldi. Ular qay tarzda namoyish qilinmasin, baribir
kurashning barcha turlarida oxirgi natija — raqib kuragini yerga tekkizish hisoblanadi.
Hozirda respublikamiz va undan tashqarida milliy kurashga qiziqish ortdi. Uning ikki turi bor. U ham bo‘lsa, kurash hamda belbog‘li kurash turlaridir. Endi milliy kurashimizning asosiy shartlarini bilib oling. Kurash. Mamlakatimizda kurashchilar, asosan, belbog‘ li kurash, bel olish kurashi, milliy kurash turlari bilan shug‘ullanadilar. Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida belbog‘li kurash turlari rivoj topgan. Bu kurash polvonlar tik turib bir qo‘llari bilan bir-birlarining belbog‘laridan, ikkinchisi bilan kiyimlaridan, gavdaning beldan yuqorisidan ushlab tushiladigan turidir. Bellashuv vaqtida faqat bir qo‘lni almashtirishga ruxsat beriladi, ammo belbog‘dan ushlangan bo‘lsa, qo‘yib yuborish mumkin emas. Belbog‘li kurash. Polvonlar o‘ng qo‘l bilan birbirlariningbelbog‘idan ushlaydilar (o‘ng qo‘lda ushlangan
belbog‘ni bellashuv jarayonida qo‘yib yuborish mumkin emas), chap qo‘l bilan esa kiyimning xohlagan yeridan ushlab olish mumkin. Kurashishdan maqsad raqib kuragini yerga tekkizishdir. Kurashchining kiyimlari kalta shim, kimono, belbog‘dan
iborat bo‘lib, kurashga oyoqyalang tushadilar.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|