1
|
Yangi mavzuni tushuntish.1. Har bir maktabda kurash bilan shug'ullanish uchun maxsus kurash zali va gilami bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Kurash gilamining eng kichik o'lchami 12x12 m yoki 14xl4 m, eng katta o'lchami esa 16xl6 m bo'lishi shart. Kurash gilami qizil, yashil, ko'k, oq va och yashil rangli material bilan qoplanadi. 2. Kurash gilami ikkita maydonga bo'linadi. Bu maydonlami ajratib turadigan chiziq "xavfli chiziq" deyiladi, u har doim qizil rangda va eniga I m bo'ladi.Xavfli chiziq ichidagi maydon "xavfsiz maydon" deyiladi, uning eng kichik o'lchami 8x8 m, eng kattasi esa 10xl0 m. 3. Xavfli chiziq tashqarisidagi maydon "xavfli maydon" deyiladi va eniga 3 m bo'ladi. Eniga I m va 2 m bo'lgan xavfsiz maydondagi ikki oq chiziq bellashuvni boshlash va tugatish maydonchalarini belgilaydi. Bu chiziqlar ish zonasiga chiziladi va bir-biridan 5 m uzoqlikda bo'lishi kerak. 4. Kurash gilami yumshoq polda yoki maxsus platformada joylashishi, uning atrofida I m dan kam bo'lmagan bo'sh maydon bo'lishi shart. Gilam to'shalgan maxsus joy bo'lmaganda, sport maydonidan uzoq bo'lmagan, aylanasi 12 metr keladigan shiypon-maydonchani tanlash ham mumkin. Shu joyni 40-50 sm chuqurlikda qazib, uning ustiga qipiq tashlanadi hamda ustidan kengroq choyshab yopiladi. Endi kurash mashg'ulotlarini boshlash ham mumkin. Quyi sinflarda siz kurashning asosiy mashqlari - holat, harakatlanish, yiqilish, tashlash, chalish, ushlash va boshqalar bilan tanishib chiqqansiz. Endi boshqa usullar bilan tanishamiz, ya'ni yelkadan oshirib tashlash, oyoq bilan ilib tashlash (chil), chalish, xavfsizlikni saqlash, himoya, qarshi hujum usullari va hokazo.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|