№
|
Darsning borishi
|
Vaqt
|
Uslubiy ko‘rsatma
|
Tashkiliy qism
|
1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish yugurish..
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan yurish mavzusi bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan yurish mavzusi bo’yicha amaliy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish.
Yugurish — joydan joyga ko‘chishning tezlashgan usuli. Bu mashqni bajarganingizda tanadagi mushak guruhlarining deyarli hammasi ishga tushadi, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati kuchayadi, modda almashinuvi yaxshilanadi. Yugurishga tayyorgarlik mashqlari:
1. Oyoq uchlarida yonma-yon qadam qo‘yish bilan yugurish.
2. Tizzani baland ko‘tarib yugurish.
3. Keng qadam tashlab yugurish.
4. Oyoq uchlarida yugurish.
5. Yo‘lakcha bo‘ylab tizzani baland ko‘tarib yugurish.
6. Belgilangan 80–110 sm li yo‘lakchadan yugurish.
7. Oyoq uchlarini ichkariga burib yugurish.
8. Har 3–4 qadamdan keyin to‘ldirma to‘p ustidan oshib yugurish.
9. Har 4–5 qadamdan keyin shartli zovurlardan sakrab yugurish.
10. Har xil tezlikda yugurish, masalan, 10 m ga sekin-asta yugurish, so‘ngra
15 m ga tez yugurish, keyin sekinlashish bilan tez yurishga o‘tish.
11. 40 m masofaga tez yugurish.
12. 2x30 m ga tez yugurish.
13. To‘siqlar osha yugurish.
14. 3 daqiqa davomida sekin-sekin yugurish.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|