Kurs ishi maqsadi: Ixtisoslashtirilgan alohida sharoitlarda ta‘minlash, tarbiyalash va ta‘lim berish maktabi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida huquqbuzarlikning kelib chiqishining ijtimoiy sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etishning yo‘llariga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi vazifalari:
1. O‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari va
ularni bartaraf etish pedagogik muammo ekanligini aniqlash;
2. O‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olishda pedagogik-psixologik ta‘sir
ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish;
3. O‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish olishga qo‘yiladigan
pedagogik talablarni tahlil qilish;
4. Huquqbuzarlikning oldini olishda ta‘lim jarayonining maqsadi va vazifalarini
yoritish;
5. Ta‘lim va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘smirlarda huquqbuzarlikni oldini olishning pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish;
6. O‘smirlar orasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari va ularni
bartaraf etishga oid o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligini
aniqlash.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni,
“Oila kodeksi”, “Oila maktab, jamoatchilik hamkorligi Konsepsiyasi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi,«2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”, Prezidentning malakali kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga doir yondashuvlari, hukumat qarorlari va ilg’or tajribalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |