Sinf o’quvchilariga baynalminal tarbiyani singdirish yo’llari


Download 131 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi131 Kb.
#1469546
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdusalomova Sarvinoz Maribjon qizi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

SIRTQI BO‘LIMI


5111700 – BOSHLANG'ICH TA'LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI (sirtqi)
­­__-KURS ____ - GURUH TALABASI

Abdusalomova Sarvinoz Maribjon qizi


Sinf o’quvchilariga baynalminal tarbiyani singdirish yo’llari
mavzusidagi


KURS ISHI



Qayddan o‘tkazildi:________
Sirtqi bo‘limi boshlig’i:
_______ prof.L.Qurbonova
№_____ «____»____ 2022____ yil




Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga tavsiya etildi
Kafedra mudiri: ______ dots.N.Abdullаyeva
Ilmiy rahbar: _______ M.Maxammatova

Andijon 2023
Mavzu: Sinf o’quvchilariga baynalminal tarbiyani singdirish yo’llari
REJA:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism:

  1. O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlikni kelib chiqishining ijtimoiy sabablari va ularni bartaraf etish pedagogik muammo sifatida

  2. Huquqbuzarlikning oldini olishda ta‘lim jarayonining maqsadi va
    vazifalari

  3. Ta‘lim va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘smirlarda
    huquqbuzarlikni oldini olishning pedagogik shart-sharoitlari

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati




KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy
mustaqillikka erishganligiga yigirma yildan oshdi. Kishilik jamiyati tarixi uchun bu nisbatan qisqa vaqt hisoblansa-da, bu davrda Respublika ijtimoiy hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida qaror topgan munosabat mazmuni o‘zgarib, yangicha qarashlar shakllandi.
Iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonida rivojlangan bozor munosabatlari ustuvor o‘rin egallayotgan bo‘lsa, madaniy sohada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish – ijtimoiy taraqqiyotni ta‘minlovchi asosiy omillardan biri sifatida e‘tirof etilmoqda. Jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida olib borilayotgan harakat davlat va jamiyat qurilishining umumiy mohiyatini ifodalaydi.
Insonparvar, demokratik tamoyillar asosida boshqariladigan huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish bosh ijtimoiy maqsaddir. Bizga ma‘lumki, bu uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, uning muvaffaqiyatli kechishi ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishda qonunlar ustuvorligiga erishish, jamiyat a‘zolarida ijtimoiy-huquqiy me‘yorlar hamda qonunlarga nisbatan chuqur hurmatni qaror toptirish, ularda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, har bir fuqaroda ijtimoiy faollikning qaror topishini ta‘minlashdan iborat. Ushbu talablar huquq ta‘limining tashkil etilishiga nisbatan yangicha yondashuv zarurligini ko‘rsatmoqda.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling