Mavzu: shaxslararo munosabatlar va ularning kechishi
Download 62.96 Kb.
|
miustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs va uning tolerantligi tushunchasi Tolerantlikning psixologik adabiyotlarda o’rganilishi
-MAVZU: SHAXSLARARO MUNOSABATLAR VA ULARNING KECHISHI Reja: Shaxslararo munosabatlarda egoistik munosabatning namoyon bo’lishi Shaxsning altruistik xulqi haqida nazariyalar Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning namoyon bo’lishi Diskriminatsiya Shaxs va uning tolerantligi tushunchasi Tolerantlikning psixologik adabiyotlarda o’rganilishi Tolerantlikni tushuntirishga oid ilmiy yondashuvlar 1. Shaxslararo munosabatlarda egoistik munosabatning namoyon bo’lishi Shaxslararo munosabatlar jarayonida shaxsning ishtiroki va bu jarayonda shaxslar o’rtasida kechadigan munosabatlarni o’rganish ijtimoiy psixologiya uchun dolzarb muammolardan biri boiib kelmoqda. Bunday munosabatlar sirasiga shaxs xulq-atvoriga tegishli bo’lgan altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stigma, diskriminatsiya tushunchalarini kiritish mumkin. Bugungi kunda bu tushunchalarning mohiyatini ochishga harakat qilish ijtimoiy psixologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning barchasini qiziqtirayotganligi bejiz emas, albatta. Chunki bu tushunchalar aynan shaxs va jamiyat munosabatlariga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Shaxslararo munosabatlarda ba’zan kishilar bir-birlarining egoistik xulqidan shikoyat qilishi kuzatiladi. Bunday xulq qanday kechishini tahlil qilib ko’ramiz. Egoizm shaxsning ijtimoiy muhitiga salbiy ta’sir qiladi. Hech qaysi shaxs o’z atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarni hissiyotsiz baholamaydi. Yaqin kishilar bilan yoki oilaviy munosabatlarda muammolar yuzaga kelganida, kishilar mas’uliyatni ko’proq o’z juftiga yuklaydi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, ajralish uchun kelganlarning ko’pchiligi oilaning ajrim ostonasiga kelib qolganligi uchun o’z juftini yoki yana kimlarnidir aybdor deb hisoblaydilar. Aksincha, oilaviy munosabatlardagi ijobiy jihatlar, ishdagi yoki boshqa sohalardagi muvafaqqiyatlarning sababchisini ko’rsatish lozim bo’lsa, albatta o’z ishtirokchidan so’z ochishadi va bunday xususiyat ko’pchilikka xosdir. Ma’lum bir sohada bir xil muvaffaqiyatga yoki natijaga erishish uchun raqobatlashayotgan olimlar o’zlarining fanga qo’shgan hissalari haqida gapirayotganida kamdan kam kamtar bo’lishi xorij psixologiyasining yetuk olimlaridan biri – E.Ross tomonidan tasdiqlangan. E.Ross bu fikrining tasdig‘i uchun quyidagi misolni keltiradi: 1923-yilda insulinni yaratgan Frederik Banting va Djon Makleodlar Nobel mukofotiga sazovor bo’lishganidan so’ng, F. Banting ommaviy chiqishlardan birida, laboratoriyani boshqarayotgan unga D.Makleod yordam berishdan ko’ra, ko’proq xalaqit berganligini ta’kidlaydi, D.Makleod esa ixtiroga qanday erishganligi haqida gapira turib, o’z nutqida biron marta ham F. Bantingning ismini tilga olmaydi (Ross, 1981). Bundan ko’rinadiki, shaxsdagi egoizm uning «Men»ida o’ta markazlashuvi bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Ba’zi kishilarning o’zi haqida qayg‘urishi ham ularning ijtimoiy xulq-atvorida egoizmni motivlashtirishi mumkin. Kishilar o’z atrofidagilarda yaxshi taassurot qoldirish umidida turli xil kosmetikalar, parhezlar uchun milliardlab mablag'larni sarflaydilar. Egoistlarning harakatlari asosan o’z imidji haqida qayg‘urish ostida qilinadi. «Odamlarda hech bir mavzu o’zlari haqidagidan ko’ra katta qizi- qish uyg‘otmaydi. Bundan tashqari ularning ko’pchiligini o’z shaxsidan boshqa hech narsa qiziqtirmaydi», deb yozadi R.F.Baumayster. Amerikalik olim Patrik Byukenen o’zbekchaga tarjima qilinganda «G‘arbning o’limi» deb nomlangan kitobida yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo’lgan voqealarni: jamiyat ma’naviyatidagi inqirozlar, jumladan, oila va nikoh, tug‘ilish va aholining tabiiy o’sishi borasidagi inqirozlarni tahlil qilar ekan, bu borada jamiyat a’zolarida kuzatilayotgan salbiy xulq-atvorlardan biri bo’lgan egoizmning jiddiy ta’sirini ko’rsatib o’tadi. P. Byukenenning fikricha, jamiyatda borgan sari birdan boyib ketish, to’kin hayotga erishish kabi egoistik intilishga ega bo’lgan kishilar soni ortib bormoqda, bu esa jamiyatda mavjud qadriyatlarga nisbatan munosabatlarda jiddiy inqirozni keltirib chiqarmoqda. Muallif bu holatni gedonistik psixologiyaning asosi deb baholaydi va buning oqibatida jamiyatda qator ijtimoiy muammolar kelib chiqayotganligini ochiq e’tirof etadi. Gedonizm – bu shaxs va uning xulq-atvor motivlarida birgina istak – nimadandir lazzatlanish, qoniqish olish va o’zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo’lishga intilish ustuvorligidir. Bunda inson asosan to’q va farovon hayotga intiladi, boy-badavlat yashashni xohlaydi va bundan lazzat oladi. Muallif Yevropada tugilishning keskin kamayib ketganligini, ayollar o’zidan sog‘lorn zurriyod qoldirishni istamayotganligini, mablag‘i yetarli bo’lsa-da, farzand tug‘ilishiga va uni tarbiyalashga ketadigan mablag‘larini qizg‘anayotganligi kabi holatlarni qayd etadi. Bundan tashqari gedonizmning eng katta salbiy ta’siri Yevropa kishilarida egosentristik dunyoqarashning shakllanishiga turtki bolmoqda Egosentrizm – lotincha «Ego» – men va «centrum» – doira markazi so’zlaridan olingan bo’lib, insonning o’z fikr o’ylari, manfaatlari doirasida qotib qolganligi, buning oqibatida atrof-muhitga va odamlarga oid bilimlarini hamda o’zgalarga munosabatini o’zgartira olmasligini bildiradi. Yoshlarimiz orasida yuqoridagi dunyoqarash ta’siri ostida milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizdan yuz o’girayotgan, butunlay yevropacha yoki amerikacha madaniyatning quliga aylanib borayotgan, natijada jamiyatdagi ijtimoiy fikrning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatayotganlar ham mavjud ekanligini hisobga olgan holda bu muammoning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish borasidagi izlanishlarni bo’lajak mutaxassislardan kutib qolamiz. Egoistik xulq va egoizm atamasini qo’llash ham, D.Mayers ta’kidlaganidek, kundalik hayotda juda ko’p uchraydi. Buning sababi shuki, keng jamoatchilik orasida egoizm tushunchasini ko’pchilik biladi, aksincha Altruizm atamasining qanday ma’noga ega ekanligini aksariyat kishilar bilmaydi. Aytish mumkinki, bu atama ko’proq ilmiy mavzuda ish yuritganlar uchungina tanish bo’lsa kerak. Ma’lumki, egoizm kishilar orasida salbiy sifat deb qaraladi va egoistik xulq-atvor jamoatchilik tomonidan ham salbiy munosabatga loyiq deb qaraladi. Altruizm esa aksincha ijobiy sifat deb qaraladi va altruistik xatti-harakat ijobiy munosabatga loyiq deb tanlanadi. Nega shunday? Buning sababi – egoistik xulqning asosida birinchi o’ringa o’z manfaatini qo’yish yotsa, aksincha altruistik xulqning asosida birinchi o’ringa o’zgalar manfaatini qo’yish yotadi. Demak, bundan kelib chiqib aytish mumkinki, Altruizm egoizmning antonimidir. Shuning uchun Altruizm atamasini tushunishda D. Mayers kundalik hayotimizda ko’p uchray- digan egoizm atamasidan foydalanishni ma’qul ko’rgan. Download 62.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling