Mavzu: shaxslararo munosabatlar va ularning kechishi
Ushbu tolerantlik tiplariga batafsil to’xtalib o’tamiz
Download 62.96 Kb.
|
miustaqil ish
Ushbu tolerantlik tiplariga batafsil to’xtalib o’tamiz:
«А» tipdagi tolerantlik – bu boshqa bir insonni so’zsiz, tabiiy ravishda, boricha qabul qilish, unga nisbatan qadrli va aziz mavjudod sifatida munosabatda bo’lishdir. Bunday tolerantlik yosh bola hayotida katta o’rin egallaydi, chunki uning shaxs bo’lib shakllanish jarayoni hali individual va ijtimoiy tajribalarni his etishga yetib bormagan. Tolerantlikning bu turi bolalar psixologiyasi va psixoanalizida yetarlicha tadqiq yetilgan. Go’dak o’z ehtiyojlariga nisbatan mutlaqo sabrsiz – u ochlik, sovuq, emotsional «huvillash»ga nisbatan chidamsizdir. U o’zidagi bazaviy ehtiyojlarning qondirilishini o’ziga xos bo’lgan qurol – yig‘i bilan talab qilishga moyil. Agar unda boshqa «qurol» bolganida edi, u albatta undan foydalangan bolar edi. Keyinchalik ota-onalar o’z farzandlarini sabrlilikka o’rgatadilar, ba’zida esa ayrim kattalar o’z ehtiyojlarini tezda qondirilishini talab etib, «go’dakligicha» qolib ketadilar. Tolerantlikning «А» tipi yosh bolalarning o’z ota-onalarini, hattoki ular qattiqqo’l munosabatda bo’lganlarida ham – psixologik yoki jismoniy zo’ravonliklar jarayonida ham mehribondek qabul qilinishining asosidir. «А» tipdagi tolerantlikning mavjud bo’lishi yomon munosabatning namoyon bo’lishidan psixologik, subyektiv himoyalanganlik va ota-onalari bilan ijobiy munosabatni saqlashga yordam beradi. «В» tipdagi tolerantlik shaxs sifatida o’zini ko’rsatish uchun xarakterli bo’lgan, individning shaxs bo’lib shakllanish jarayonining ixtiyoriy qismi hisoblanadi. Ko’pincha bu tip katta yoshdagilarga xos ekanligini alohida qayd etish lozim. Tolerant shaxs ko’proq bosiqlikka harakat qiladi, bunda u ko’pincha himoya mexanizmlaridan foydalanadi. Biroq ba’zida u o’zining hayajonlarini, hissiyotlarini, aytmoqchi bo’lgan noroziliklari va agressiyalarini yashiradi. Shuni aytish mumkinki, ko’pincha «В» tipdagi tolerantlik haqiqiy bo’lmagan, qisman namoyon bo’luvchi, shartli, madaniy tolerantlikdir. Ya’ni bu tipdagi tolerantlikka misol keltiradigan bo’lsak, quyidagicha ifodalarni kolrish mumkin: «Biz sizga sabr qilamiz, chunki ...»; «Sharoit shuni taqozo qiladiki, biz sizga chidashga majburmiz, chunki ...»; «Ayni paytda men o’zimdek bo’la olmayman va o’zimni sabrlidek qilib ko’rsatib tu- rishga majburman ...»; «Men boshqa narsa haqida o’ylayman, lekin buni oshkor aytish ...». «В» tipdagi tolerantlik – bu berk, yashirin ichki agressiya bo’lib, bunday sabrlilik bir qarashda sabrsizlikdan yaxshiroq bo’lib ko’rinsa-da, unisi ham, bunisi ham tabiatan bir xil hodisalar hisoblanadi. Ularning psixologik asosi bir xil bo’lib, ular orasidagi farq sifat jihatdan emas, faqatgina son jihatdandir. Shuni aytish mumkinki, «D» tipdagi tolerantlik – sabrsizlikning teskari tomoni bo’lib, inson ustidan turli xildagi zo’ravonlik, manipulyatsiya, uning subyektiv tavsiflarining suiiste’mol qilinishidan iboratdir. «D» tipdagi tolerantlik inson tomonidan atrofdagilar bilan bir qatorda o’zini ham bir xilda qabul qilishdir. Zo’ravonlik va manipulyatsiyaga qarama-qarshi bunday o’zaro ta'sir etish boshqa inson uchun qadrli bo’lgan ichki qadriyatlar, hayotning mazmuni, his-hayajonlariga hurmat bilan qarashni va ularni to’g‘ri qabul qilishni aks ettiradi. Bu haqiqiy yetuk, asl pozitiv tolerantlik bo’lib, «А» va «В» tipdagi tolerantliklarga nisbatan inson haqiqatini chuqurroq va to’liqroq anglashga asoslanadi. Bolalar va ota-onalar o’rtasidagi munosabatdagi o’zaro sabrsizlik o’z-o’zidan paydo boimaydi, bu kattalarning sabrliligi, ya’ni tolerantligi oqibatidir. Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, bolaning oiladagi erta psixologik jarohatlanishi, doimiy ravishda bolaning individual namoyon bo’lishini bosib borilishi natijasida shaxsning avtoritar intolerantligining rivojlanishiga olib keladi. Avlodlar o’rtasidagi nizo – bu, eng avvalo, qadriyatlar tizimi konfliktidir. Masalan, o’smirlik yoshidagi ko’pgina muammolar asosan ularning ota-onasi bilan munosabatdagi sabrsizligi bilan bog‘liqdir. Albatta bu sabrsizlik birdaniga yuzaga kelmaydi. O‘smirlik davridagi nizolar shunisi bilan qiziqki, tolerantlik ko’rinishlari shakllanishining ketma-ketligini inobatga olgan holda o’smirni «kattalarning kattasi» sifatida ko’rib chiqishi mumkin. O‘smir katta bo’lib borgan sari uning hayotidagi barcha o’zgarishlar uning uchun yangilik boiib, hali o’smir tomonidan yetarli darajada o’zlashtirilmagan bo’ladi. O‘zining sabrsizligi, qattiqqo’lligi, qat'iyatliligida o’smir kattalardan ancha o’zib ketadi. O‘smir «o’z olamida» yashaydi, uning qadriyatlari tizimi yaxshilik va yomonlik dualizmiga asoslangan bo’lib, aynan ularni atrof-olamga ko’chirishga intiladi; kattalar esa ularning ruhiy mavjudlik tomonlarini kuchaytirish o’rniga, ularni ko’proq ijtimoiylashtirishga harakat qiladilar; buning natijasida rezonans yuzaga keladi, ya’ni ota-onasining negativ atmosferasi ta’sirida 0‘smirda negativizm kuchayib boradi. Aynan o’smirlik yoshida o’ziga xos «tuynuk» paydo bo’lib, bu tuynuk «А» tipdagi tolerantlik bilan «В» tip tolerantlik o’rtasida hosil bo’ladi; o’smir endi bola uchun xarakterli bo’lgan «А» tipdagi tolerantlikka toqati yo’q va o’z navbatida kattalarga xos bo’lgan sabrlilik tolerantligiga ham hali tayyor emas. O‘smirlik suitsidi aksariyat holatlarda, o’smirning «marginal tolerantligi» kabi chegaralangan iinkoniyatlari bilan izohlanadi. Kattalarning yosh bolalar bilan o’zaro munosabatidagi muammo shundan iboratki, bolani emas, o’zini-o’zi qabul qilishini, ya’ni ota-onalarning o’zlarini birlamchi qabul qilishlari va bu narsa qandaydir «soya»ni his etishni yuzaga keltiradi. «D» tipdagi tolerantlik bir qator muloqot amaliyotlarining o’ziga xos xarakterli xususiyatlaridan hisoblanib, psixoterapevtik effektga egadir. Download 62.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling