Mavzu: shaxslararo munosabatlar va ularning kechishi
Tolerantlikni tushuntirishga oid ilmiy yondashuvlar
Download 62.96 Kb.
|
miustaqil ish
7. Tolerantlikni tushuntirishga oid ilmiy yondashuvlar
Tolerantlik turli falsafiy va psixologik yondashuvlarda ko’rib chiqiladi. Hozirgi kun adabiyotlarida bixevioral (tolerantlik insonning alohida xulq shakli sifatida ko’riladi) va kognitiv (tolerantlik o’z asosida bilim va ratsional sabablarga ega) yondashuvlar ustunlik qiladi. Tolerantlikka nisbatan bir qancha yondashuvlarning bu borada o’ziga xos fikrlarni bildiradi. Shaxsiy yondashuv – tolerantlikning murakkab anatomiyasida uning psixologik asosi va bosh o’lchovi – tolerantlikning shaxsiy o’lchami (qadriyatlar, shaxsiy ustanovkalar) hisoblanadi. Fasilitativ yondashuv – shaxslararo munosabatlar jarayonida to’liq tolerantlik nafaqat shakllanadi, balki rivojlanadi ham; tolerantlikning shakllanishida unga rivojlanish uchun yaratilgan sharoitlar yordam beradi. Bundan tashqari ekzistensial-gumanistik yondashuv – tolerantlik qandaydir omillar harakatining mexanik natijasi hisoblanmaydi, haqiqiy tolerantlik – bu shaxsning anglangan va mas’uliyatli tanlovi bo’lib, insonning boshqalar bilan munosabat o’rnatishdagi pozitsiyasi va faolligidir. Ekzistensial-gumanistik nuqtai nazarda to’liq, yetuk tolerantlik bu so’zsiz anglash, tushunish va mas’uliyatlilikdir. Bunday tolerantlik avtomatizm ya’ni oddiy stereotipik harakatlar emas, balki qadriyat va hayotiy pozitsiya bo’lib, ularni amalga oshirish har bir konkret vaziyatda 0‘ziga xos ma’noga ega va tolerantlik subyektdan ushbu mazmunni izlashni talab etadi. Tolerantlikka diversifikatsion yondashuv – tolerantlikning psixologik mazmuni, alohida bir xususiyatga tavsifga olib kelinishi mumkin emas, bu murakkab, ko’p aspektli va ko’p komponentli fenomen boiib, bir nechta bazaviy o’lchamlarga ega. Aksariyat hollarda murakkab psixologik hodisalarni tasvirlashda komponentlar triadasidan foydalaniladi. Bu triada quyidagilarni o’z ichiga oladi: kognitiv komponent, emotsional komponent va xulq-atvor komponenti. Ushbu sxemani qo’llashga intilishlar tolerantlikda ham paydo bo’ldi. Eng umumiy hollarda yuqoridagi komponentlarning asosiy mazmuni yoki tolerantlik o’lchamlar quyidagicha ta’riflanishi mumkin: Download 62.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling