Mavzu: shaxslararo munosabatlar va ularning kechishi
Tolerantlikning psixologik adabiyotlarda o’rganilishi
Download 62.96 Kb.
|
miustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolerantlikning namoyon bo’lishiga ko’ra turlari
6. Tolerantlikning psixologik adabiyotlarda o’rganilishi
Boshqa fan sohalarida bolgani kabi psixologiyada ham tolerantlikni kundalik va ilmiy tushuncha sifatida farqlash lozim. Biroq hozirgi zamonaviy adabiyotlarda bunday farqni sezish mushkul. Tolerantlikka berilgan ba’zi ta’riflar bilan tanishib chiqishning o’zi kishini shunday xulosaga kelishga undaydi. Xo’sh, bu ta’riflarning asosiy mazmuni qanday? Ular quyidagi holatda namoyon bo’ladi: «qarama-qarshilik sharoitida hamkorlik qadriyati»; «o’zingning shaxsiy maqsad va qiziqishlaringdan farqlilarini qabul qilishing»; «eshitganlaring o’z dunyoqarashingga qanchalik nomutanosib bolmasin, sabr bilan eshitish, turli fikrlar bilan hisoblashish qobiliyati»; «tinchlik va xotirjamlikka intilish». Yuqorida keltirilgan barcha ta’riflar tolerantlik fenomenining ta’rifi bola oladi. Tolerantlikning namoyon bo’lishiga ko’ra turlari
Tolerantlik fenomenining differensiyallashgan tushunchasiga quyidagilar kiradi: tabiiy tolerantlik – yosh bolalarga xos bo’lgan va uning shaxsiy «Men» sifatlari assotsiatsiyalashmagan – ochiqlik, mehribonlik, ishonuvchanlik («А» tipli tolerantlik); ma’naviy tolerantlik – insonning tashqi «Men»i bilan assotsiatsiyalashgan sabr, sabrlilik («В» tipli tolerantlik); axloqiy tolerantlik – ichki «Men» bilan assotsiatsiyalashgan qabul qilish va ishonch tuyg‘ulari («D» tipli tolerantlik). Download 62.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling