Mavzu: shaxslararo munosabatlar va ularning kechishi


Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning namoyon bo’lishi


Download 62.96 Kb.
bet3/10
Sana19.01.2023
Hajmi62.96 Kb.
#1102468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
miustaqil ish

3. Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning namoyon bo’lishi
Diskriminatsiya va stigma har bir jamiyatda, har bir guruhda mavjud bo’lib, shaxsning me’yorl hayot kechirishi, uni ushbu jamiyatda o’z o’rnini topishi, mavqega ega boiishiga bevosita o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ayrim hollarda esa inson huquqlari buzilishiga va eng yomoni uning himoyalanmay qolishiga olib keladi. Aksariyat hollarda bunday cheklovlarga ijtimoiy zaif guruh vakillari (ayollar, homiladorlar) yoki xavfli guruhga mansub shaxslar (giyohvandlar, OiV bilan kasallanganlar, sil kasalligi borlar), shuningdek, yoshlarga nisbatan munosabatlardagi tafovutlarda kuzatilishi mumkin.
Shaxslaro munosabatlar tizimida uchraydigan shaxsga tegishli yana bir xulq-atvor turi stigmalash holatidir. Bu atama qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib, stigma – «belgi», «dog’» ma’nolarini ifodalaydi.
«Men» – konsepsiyaning inson xulq-atvoriga ta’siri borasida tadqiqot olib borgan Djenifer Kroker va Brenda Mayorlar o’tkazgan ko’p yillik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, badanida turli chandiqlar, teri patologiyalari, ko’zga tashlanadigan badbasharaliklar va shu kabi stigmalarga ega bo’lgan kishilarning jamiyatdagi xulqi o’ziga xos bo’lar ekan. Ulardagi jismoniy kamchiliklar boshqa insonlarning rahmini keltirishi yoki ularda qo’rquv hissini keltirib chiqarishi mumkin bo’lib, bunday odamlar o’z kamchiliklarini ataylab hammaga ko’z-ko’z qilishlari mumkin ekan. Bu bilan ular o’z kamchiliklari orqali o’z «Men»ini namoyon etishga urinadilar, chunki stigmali insonlarning «Men» konsepsiyasi markazida aynan o’z stigmasini anglash turadi.
Yana bir narsaga e’tiboringizni qaratamiz, stigmalangan o’z-o’zini anglash faqatgina qandaydir tashqi kamchilikka ega insonlarda emas, balki umuman nimasi bilandir boshqalardan ajralib turuvchi insonlarda ham shakllanishi mumkin. Albert Megrabyanning fikricha, aholisining ko’pchiligini oq tanlilar tashkil qiladigan AQSHda qora tanlilarda stigmalangan o’zini anglash shakllanib qolar ekan. Chunki ko’pchilikni tashkil qiluvchi oq tanlilar ularga o’z salbiy fikrlarini noverbal kommunikatsiya kanallari orqali yetkazib turadilar. Shu yo’l bilan milliy yoki irqiy jihatdan kamchilikni tashkil qiluvchi insonlarda yoshligidanoq stigmalangan o’z-o’zini anglash shakllanadi.
Bundan tashqari shaxs xususiyatlarida kamchiligi bo’lgan insonlarda ham stigmali o’zini anglash shakllanishi mumkin, o’zida biror-bir ustunlikni ko’rmagandan keyin ular o’z ruhiy kamchiliklarini ro’kach qilib, shu bilan faxrlanib yurishi mumkin (Payns E., Maslach K., 2000). Albatta inson xulq-atvorini faqatgina «Men» konsepsiyaning tarkibi emas, balki, o’z-o’zini anglashning u yoki bu funksiyasi rivojlanganligi ham determinatsiyalaydi. Biroq bizga omma psixologiyasi bo’limidan shu narsa ma’lumki, inson xatti-harakatining juda kam qismi ongli bo’lib, katta qismi anglanmagan mayllar bilan shartlashadi. Shu sababli ongsizlikka singib ketgan stigmalar xohlaymizmi-yo’qmi, bizni boshqarishi mumkin. Albatta bu qarash hozirda ko’p munozaralarga sabab bo’layotgan bo’lsa-da, ma’lum bir toifadagi insonlar uchun o’rinlidir.

Download 62.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling