Mavzu: shaxslararo munosabatlar va ularning kechishi


Shaxsning altruistik xulqi haqida nazariyalar


Download 62.96 Kb.
bet2/10
Sana19.01.2023
Hajmi62.96 Kb.
#1102468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
miustaqil ish

2. Shaxsning altruistik xulqi haqida nazariyalar
Altruizm qisqa va lo’nda, aniq qilib aytilganda, hech qanday manfaatni kutmagan holda boshqalarga yordam berish, birovlarga yordam qoiini cho’zish demakdir. Uning asosida hech qanday manfaat kutmaslik yotishi shu bilan asoslanadiki, altruist odam har doim, hammaga, hatto buning evaziga hech narsa olmasligini bilsa ham, yordam beraveradi. Ta’kidlash joiz, bunday odamlar birovlarga qilgan yordami uchun o’zi jabr ko’rsa ham, baribir boshqalarga yordam berishni kanda qilmaydi. Bunday odamlar so’nggi chaqasi, so’nggi imkoniyati va hatto jonini ham hech qanday minnatdorchilik yoki taqdirlanishni kutmasdan bera oladi. Misol: Moskvadagi metro bekatlaridan birida 6 yoshli qizcha- ning relslar ustiga tushib ketganligini ko’rgan V.Ivanov poyezd kelayotganligini ko’rib, o’zini pastga tashladi va qizni perronga otishga ulgurdi, lekin o’z jonini saqlab qola olmadi. Qizaloq uning hech kimi emas edi. U buni shunchaki odamiylik nuqtai nazardan amalga oshirdi. Ya’ni Altruizmni namoyon qildi. Savol tug‘iladi: Kishini bunday harakat qilishga nima majbur qiladi?
Bu savolga faylasuf, psixolog, sotsiolog va boshqa sohadagi olimlar uzoq yillardan buyon javob izlashadi va bu savolga berilgan javoblar tahlili shuni ko’rsatganki, savolga javob berayotgan olimning individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bu savolga javob beriladi:
Ya’ni, agar bu olimning o’zi inson sifatida odam hech qachon biror-bir manfaatni ko’zlamasdan boshqalarga shunchaki yaxshilik qilmaydi, degan fikrga ega bo’lsa va o’zi ham bunga amal qilsa, u holda bu olim Altruizmning asosida yo moddiy, yo ma’naviy manfaatdorlik yotadi, deb hisoblaydi.
Aksincha, bu savolga javob izlayotgan olim inson sifatida o’zi altruistik e’tiqodga amalga qilsa, bu olim altruistik xulq-atvorni birovlarga hech qanday foyda ko’zlanmasdan qilinadigan yaxshilik deb tushuntiradi.
Ijtimoiy psixologiyada Altruizm ijtimoiy xulq-atvor sifatida qaraladi va uning asosi yoki motivini tushuntirishda 2 xil nuqtai nazar mavjud.
Birinchi nuqtai nazar biologik nuqtai nazar bo’lib, bu nazariya Altruizmni biologik ehtiyoj sifatida qaraydi va uni inson- ga tug‘ma holda beriluvchi instinktiv xulq-atvor deb baholaydi. Ularning fikricha, hatto hayvonot olamida ham bir tur vakillari orasida bir-biri uchun qayg‘urish va bir-biriga yordam berish holatlarini kuzatish mumkin. Bundan tashqari hali manfaat nimaligini unchalik tushunib yetmagan yosh bolalarda ham altruistik harakatlarni kuzatish mumkin-ki, bu holatlar Altruizmning tug‘ma ehtiyoj ekanligini tasdiqlaydi.
Ikkinchi nuqtai nazar sotsiologik (Ijtimoiy) nazariyadir. Bu nazariya vakillari yuqoridagi nazariya vakil lari ning fikriga butunlay qarshi chiqadi. Ularning fikrida ham jon bor, albatta. Ularning fikri quyidagicha: agar ota-onalar yosh bolalar bilan munosabatda va muloqotda tez-tez altruizmni namoyon etsalar, bunday holatda bolalar ham ularga taqlid qilib, shunday harakatlarni amalga oshira boshlaydilar.
Shuni kuzatish mumkinki, ota-onalardagi altruizm ko’pincha ularning bolalarida ham altruizmni namoyon qilishlariga sabab bo’ladi. Masalan, bolaning oyisi konfetidan bittasini ukasiga berishni o’rgatsa yoki 2 tadan bittasini dadasiga deb olib qo’ysa, bunday bola bog‘chadagi o’rtog‘iga ham konfetining yarmini beradi. Aksincha, ota-onalaridagi altruistik harakatlarning kuzatilmasligi ko’pincha ularning bolalarida ham bunday xulqning kuzatilmasligini tasdiqlagan. Ushbu nazariyalar asosida yana bir qancha nazariyalar yaratilganki, ularni quyidagi tarmoqlarga ajratish mumkin:
Sotsiologik yo’nalishdagi nazariya altruizmning asosida nima yotishiga qarab ikki asosiy guruhga bo’linadi:

  1. Manfaatni ko’zlab amalga oshiriladigan altruistik harakatlar.

  2. Manfaatni ko’zlamasdan amalga oshiriladigan altruistik harakatlar.

Birinchi nazariya tarafdorlarining fikriga ko’ra, har qanday altruistik xulqning asosida ochiq yoki yashirin, ongli yoki ongsiz holatda bo’lsin, qandaydir foyda yoki manfaat ko’zlanadi.
Ikkinchi nazariya tarafdorlari esa altruistik xulqning asosida hech qanday manfaat yoki foyda yotmaydi, degan fikrni ilgari suradilar.
Birinchi nuqtai nazar tarafdorlari altruistik xulqni tushuntirishda quyidagi variantlarni taklif etadilar.
Ijtimoiy o’zaro almashuv. Bu yo’nalish tarafdorlarining fikriga ko’ra jamiyatda har qanday shaxslararo munosabatlar zaminida o’zaro manfaatdorlik yotadiki, shunga ko’ra Altruizm – bu mehr-muhabbat, hurmat, g‘amxo’rlik, oqibat kabi psixologik hissiyotlarni o’zaro almashishdir. Ya’ni altruistik harakat qilayotganda kishi buning evaziga o’ziga albatta shunday munosabat qaytishini kutadi. Odatda, bunda «kamroq berib» «ko’proq olishga» mo’ljallab altruistik harakat qilinadi. Masalan, o’rtogi uchun qayg‘urayotgan (kechikayotgan o’rtog‘ini «hozir kelib qoladi», deb oqlayotgan) talaba, o’rtoqlaridan o’ziga nisbatan xuddi shunday munosabatlarni kutadi. Hatto bunday munosabat qaytarilmasa, undan xafa ham bo’ladi.
Niqoblangan egoizm. Bu nazariya tarafdorlariningta’kidlashicha, altruistik harakat qilayotganda kishi o’ziga baho berish, o’ziga bo’lgan ishonch yoki hurmatning asosida yotgan ehtiyojlarni qondiruvchi o’zidan qoniqish va g‘ururlanish kabi hissiyotlarni boshidan kechiradi. Bu esa odamga juda katta psixologik kuch beradi. Masalan, eridan bitta farzand bilan beva qolgan yosh ayol turmushga chiqmaydi. Uni altruist deymiz. «Bechora bolasi uchun gulday hayotini qurbon qildi», deb qollab-quvvatlaymiz. Lekin chuqurroq tahlil qilinsa, asosiy sabab: ona turmushga chiqsa va o’gay ota bolasiga yomon munosabatda boisa, birinchi navbatda onaning o’zi bezovta bo’ladi, qiynaladi. Ya’ni altruistik xulqning asosi o’zining xotirjamligini ta’minlashdir. (Farzand xursand bo’lsa, o’zi xursand bo’ladi, xotirjam boiadi.) Yoki boshqa bir misol. Talaba uy vazifasini bajarmagan o’rtog‘iga daftarini ko’chirish uchun berib turdi. Bu bilan u go’yoki o’rtog‘iga manfaat kutmagan holda yaxshilik qildi, lekin buning asosida shu o’rtog‘i uchun sevimli bo’lish istagi yotmaydi, deb ham aytib bo’lmaydi.
Ikkinchi nazariya tarafdorlari birinchi nazariyaga alternativa sifatida chiqishadi va ular altruistik xulqning asosida hech qanday manfaatdorlik yotmaydi, degan fikrni ilgari surishadi. Ular altruistik xulqni tushuntirishda quyidagicha nuqtai nazarlarni taklif etishadi:

  1. Empatiya nazariyasi. Bunda altruistik xulqdagi kishi tabiiy holatda, o’zi ham anglamagan holda boshqalar uchun qayg‘urish va g‘amxo’rlik qilishga moyil bo’ladi. Bunday odamlar qiynalayotgan kishilarni ko’rsa, o’z-o’zidan altruistik xulqni namoyon qiladilar.

  2. Ijtimoiy me’yortiv nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, kishi ijtimoiy rol va ijtimoiy me’yorlarni yaxshi o’zlashtirganlari uchungina altruistik xulqni namoyon qiladi. Bunday odamlar sirasiga ayniqsa ma’lum bir dinga e’tiqod qiluvchilar, jamiyatda mavjud bo’lgan ma’lum bir qadriyatlarga, ijtimoiy me’yorga qat’iy amal qiluvchilar kiradi. М.: Transportda o’zi charchagan yoki kasal bo’lsa-da, o’zidan kattaga joy bo’shatish, kimningdir yukini ko’tarishib yuborish va h.k.

Bundan tashqari altruistik xulqni tushuntirishda quyidagi yo’nalishga asoslanuvchi nazariyalar ham mavjud. Ular altruistik xulqning asosida qanday mohiyat yotganligiga ko’ra quyidagilarni ajratib ko’rsatishadi:
Altruistik xulqni namoyon qilayotganda boshqalarning borligi. Talaba hech kim bolmagandagidan ko’ra ko’pchilik oldida o’zini altruist ko’rsatib, boshqalarga yordam qo’lini cho’zishi mumkin, bunday hoi aksariyat odamlarga xosdir.
E’tiborli kishilarning bahosi. Agar inson uchun qaysidir jihatda e’tiborli kishi (ayniqsa, uning o’zi altruistik xulqni tez-tez namoyon qilib tursa yoki ayni paytda altruistik harakatni kutayotgan bo’lsa) boshqa paytdagiga nisbatan altruistroq bo’ladi. Talaba o’zi uchun hurmatli bo’lgan o’qituvchisining yonida (agar bu o’qituvchi altruistik xulqni namoyon qiladiganlardan bo’lsa) boshqa paytdagidan ko’ra altruistroq bo’ladi.
Javobgarlikni his qilish. Kishi boshqalar yoki qonun oldida javobgarlikdan qo’rqib, o’zi istamasa-da boshqalarga yordam beradi. Masalan: ota-onadan qo’rqib uka, singillariga yordam berish. Qonun oldidagi javobgarlikdan qo’rqib mashinada urib ketgan odamni kasalxonaga olib boradi. Ba’zi talabalar guruhida guruhdagilarning ba’zilarigina altruistik bo’lsa, to’rtinchi kursga kelib butun guruh altruistik harakat qiladi va bir-birlari uchun qayg‘uradi.
Taqlidchanlik. Har bir jamiyatda kishilar o’zini qanchalik ko’p altruistik tutsa bu holatga taqlid qiluvchilar ko’payadi. Agar altruistik xulqqa ega bo’lgan o’qituvchilar ko’p bo’lsa va bu xulqni ular talabalar oldida tez-tez namoyon qilsalar, talabalar ham albatta ularga taqlid qilishadi.
Jins farqi (simpatiya). Ko’pgina davlatlarda erkaklar ayollardan ko’ra kuchli jins sifatida tan olinadi. Bunday jamiyatlarda erkaklar ko’pincha jismoniy jihatdan ayollarga o’z yordamlarini taklif etadilar. Masalan, yaqin o’tmishda bizning o’zbek millatimizga tegishli boigan odatlardan biri – beva ayol bo’shagan chelagini ko’cha eshigi oldiga chiqarib qo’ysa, ko’chadan o’tgan istalgan erkak unga suv olib kelib, eshigi tagiga qo’yib ketganligi xalqimizda altruistik hislarning qadrlanganligidan dalolat beradi. Ba’zan ayollardan erkaklarga nisbatan altruizmni namoyon qilish talab etiladi. Masalan, kirini yuvib berish, ovqatini pishirib berish.
Yosh xususiyati. Barcha jamiyatlarda ham yosh bolalar yoki keksalarga nisbatan ko’proq altruistik xulq namoyon qilinadi. Chunki, ularning yoshidagilar yordamga ko’proq muhtoj bo’ladilar.
Kishining holati. Bunda yordam beruvchining va oluvchining ham holati nazarda tutiladi. Kishi o’zi qiynalib turganda o’zining holatidagi kishiga yordam qo’lini cho’zadi va g‘amxo’rlik qiladi. Sessiyadan o’ta olmagan talaba o’ziga o’xshagan talabaga boshqa vaqtdagidan ko’ra mehribonroq munosabat bildiradi.
Kishining psixik xususiyatlari. Kishi qanchalik javobgar, g‘amxo’r bo’lsa altruistroq bo’ladi. Aksincha, qahrli, egoist, qaysar, odamlarga befarq bo’lsa, undan Altruizmni kutmasa ham bo’ladi.
Kishining dinga munosabati. Islom dini altruistik munosabatlarni targ‘ib qiluvchi dinlardan biridir. Unga ko’ra musulmon musulmonga har qanday vaziyatda ham yordam berishi kerak.
Sotsiolog Elvin Gouldnerning ta’kidlashicha, o’zaro me’yorlar universal nomusning yagona kodeksi hisoblanadi, ya’ni kimdir bizga yordam bersa biz ham unga yordam berishimiz, unga yomonlik qilmasligimiz kerak, degan tartib me’yorga aylanib qolgan. E.Gouldner bu me’yorni universal stil deb ataydi. Sinaluvchilardan olingan javoblarga ko’ra xat, hujjat, pul, sovg‘alarni birov orqali jo’natuvchilar olib borib beruvchiga ma’lum miqdorda pul berishadi. Ya’ni ular «pochta»sini olib borib berganligi uchun unga minnatdorchilik bildirishadi. 0‘zaro munosabatlarda faqat bir shaxsning yordam olaverishi va qaytarmasligi me’yorga mos kelmaydi va shaxslarao munosabatlar buziladi. Xuddi shunday holat talabalar guruhida mavjud. Ya’ni qaysidir guruhdoshining daftaridan foydalangan talaba albatta uni qo’llab-quvvatlashga harakat qiladi.
Agar har qaysi shaxs o’ziga qilingan yaxshiliklarni doimiy ravishda o’zi uchun nazorat qilib borsa, bu o’zaro munosabatlarda yaxshi natija beradi. Laboratoriya eksperimenti asosida shunday xulosaga kelinganki, agar shaxs o’ziga qilingan yaxshilikka nisbatan javob qaytarish majburiyatini his qilmas ekan, ya’ni me’yor sifatida qabul qilmas ekan, o’zaro munosabatlarda egoizm shakllanadi. Mark Uotli o’z tadqiqotida shuni aniqlaganki, talabalar ularga konfet ulashib turgan guruhdoshlariga imtihondan o’tish uchun yordam berishgan. Ba’zi bir shaxslarda qilinayotgan yaxshilikni qaytarish imkoni bolmasa, uni qabul qilishga ham qo’rqishadi. Shuning uchun g‘ururli insonlar har doim birovdan yordam so’rashga shoshilishmaydi. Agar inson shu yordamga muhtoj bo’lsa va unga adekvat javob qaytara olmasa uning vijdoni qiynaladi. Tadqiqotlar natijasiga qaraganda agar inson o’ziga qilinayotgan yordamlarning hisobini olmas ekan, kelajakda professional muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi.
Ko’rinib turibdiki, jamiyatda shaxs namoyon qiladigan xulqlar orasida egoizm va altruizm doimiy ravishda uchrab turadi.


Download 62.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling