Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni


Download 406.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana05.01.2022
Hajmi406.79 Kb.
#224300
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
sinf rahbari ishini rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning orni

V.  Ota-onalar  bilan  ishlash.  Bu  bo‟limda  oilalarni  o‟rganish  (oilaning 

ijtimoiy  ahvoli,  o‟quvchiga  yaratilgan  shart-sharoitlar,  oilaning  tarbiyaviy 

imkoniyatlarini  o‟rganish),  ota-onalar  faollari  bilan  ishlash  (ular  yordamida  va 

ishtirokida bolalar tarbiyasiga oid turli-tuman ishlar rejasini tuzish, ular tomonidan 

ba‟zi oilalarga ko‟mak va ta‟sir o‟tkazish), ota-onalarning tarbiyaga oid bilimlarini 

oshirish (ota-onalar majlislari, dorilfununlari tashkil qilish, yaxshi oilalar tashviqoti 

bilan shug‟ullanish, o‟zaro tajriba almashish). 

Keltirilgan  reja  tartibini  majburiy  deb  qaramaslik  kerak.  Sinf  rahbarlari  ish 

rejasi turlicha tuzilishi va har xil shaklda bo‟lishi mumkin. Bu sinf rahbarlarining 

ish  saviyasi,  tajribasi,  o‟z  kasbiga  qiziqishi,  har  xil  sinflarda  ish  sharoitlarining 

turlichaligiga  bog‟liqdir.  SHuni  nazarda  tutish  lozimki,  ish  rejasi  qaysi  shaklda 

bo‟lishdan qat‟i nazar, tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari mazkur rejaning 

muhim bo‟limlaridan biri bo‟lishi shart. 

Ish rejasini tuzish va  uni hayotga  tadbiq qilish  ishlariga o‟quvchilar va ota-

onalar faollarini jalb qilish kerak. Avvalo ular alohida topshiriqlarni, asta-sekin esa 

rejada ko‟rsatilgan keng hajmdagi ishlarni amalga oshiradi. 

Rejaga  kiritiladigan  ish  va  tadbirlar,  ularning  mazmun-mohiyati,  amaliyotga 

tadbiq  qilish  haqida  mazkur  kitobning  tegishli  bo‟limlarida  atroflicha  fikr 

yuritilgan. 

 



 

33 


Xulosa 

         Sinf 

rahbari 

ta`lim 


muassasalarining 

tarbiya 


tizimidagi 

tayanch  

pedagoglardan  biri  bo‟lib,  maktabdan  va  sinfdan  tashqari    tarbiyaviy  ishlarni 

tashkil  etish,  o‟tkazish  va  muofiqlashtirish,  sinf  o‟quvchilari  uchun  belgilagan 

talablari bajarishlarini tashkil qilish kabi vazifalarni bajarajdi. 

 Sinf  rahbari  faoliyatinisamarali  tashkil  etishda  o‟quvchilarning  fe`l-atvorini, 

oilaviy  holatini,imkoniyatini  va  intilishlarini,  qiziqishlarini  atroflicha  tahlil  etish 

hamda har bir o‟quvchi uchun maqbul alohida munosabatni shakillantirish muhim 

ahamiyatga  ega.Bu  esa,  bolalar  tarbiyasi  uchun  bevosita  ota-onalar  bilan 

hamkorilik  ishlari  olib  borishni,  o‟quvchi  shaxsidagi  ahloqiy,  aqliy  va  jismoniy 

jihatlarni takomillashtirishda etarli tarbiyaviy muhit yaratishni taqozo etadi.  

   Tarbiya berish tajribasida ishonish va nazorat qilish, tekshirish singari ta`sir etish 

usullari  ham  qo‟shib  olib  boriladi.  Bolalarga  ishonish,  ularning  mustaqilligini 

rag‟batlantirish bilan, ayni vaqtda ular ish faoliyatini tashkil etishda nazoratsizlikka 

yo‟l  ko‟yish  ham  yaramaydi.  Ibratli  misollar  o‟z  ko‟rgazmaliyligi  va  konkretligi 

bilan  ta`sir  etadi.  Bu  ibratli  misollar  kuchi  ularning  bolalarga  qanchalik  yaqin  va 

tushunarli, ular uchun qiziqarli bo‟lishiga bog‟liq. 

Sinf  rahbarining  asosiy  vazifasi  o„quvchilarga  tarbiya  berish  va  ularni 

do„stona  bir  jamoa  qilib  jipslashtirishdan  iborat.  Albatta,  o„z  sinfidagi  o„quv 

ishlari,  o„quvchilar  bilim  darajasini  oshirish  masalalari  ham  uning  e‟tiborini  jalb 

etadi. Ammo bu masalalarni hal etishga u avvalo tarbiyachi sifatida yondashadi. U 

eng asosan tarbiya berish vositalari orqali (o„quvchilarda o„quv vazifasiga nisbatan 

ongli  va  mas‟uliyat  bilan  munosabatda  bo„lishni  tarbiyalash,  o„qishda 

o„quvchilarning  o„zaro  yordamini  yo„lga  qo„yish,  ularni  “Umumiy  o„rta  ta‟lim 

maktabining  namunaviy  ustavi”ga  rioya  qilishga  o„rgatish  va  shu  kabilar)  ta‟lim 

berish sifatini oshirishda shu sinfda dars beradigan barcha o„qituvchilarga yordam 

beradi.  

      



 

34 



Download 406.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling