«Sog‟lom avlod uchun» dasturi asosida ma‟naviy va jismoniy barkamol qilib
29
tarbiyalash, ularni hayotga, mustaqil davlat qurilishiga faol qatnashishga
tayyorlash maqsadini amalga oshirishga qaratilmog‟i darkor.
«Har qanday ulug‟ maqsadlarga yetishish yangi jamiyat, farovon turmush
qurish, inson zotiga munosib go‟zal hayot barpo etish, avvalo, shu jamiyat a‟zolari
bo‟lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodga bog‟liqdir, – degan edi
prezidentimiz I. Karimov.
Sinf rahbari g‟oyaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirishda bolalarni faqat kitobiy
bilimlar bilan emas, balki amaliy, hayotiy tajribalar bilan qurollantirishni nazarda
tutishi zarur. Bu ma‟ruzachilar, siyosiy maktablar, siyosiy klublar va hokazolarni
tashkil qilish mo‟ljallanayotgan vaqtda o‟quvchilarning o‟z g‟oyaviy e‟tiqodlarini
qay darajada ekanligini sinab ko‟rishga imkon beradigan vaziyatlarni vujudga
keltirishni nazarda tutadi. Bu ishlarni munozaralarda, bahslarda, og‟zaki va yozma
jurnalarda, mehnat harakatlarida, bayramlarda, bolalar va yoshlar tashkilotlari
ishlarida, tabiatni, hayvonot dunyosini, tarixiy yodgorliklarni qo‟riqlash kabi rang-
barang tadbirlarda amalga oshirish mumkin.
Axloqiy va vatanparvarlik tarbiyalariga istiqlol ruhi tom ma‟nosi bilan singib
ketgan bo‟lishi kerak. Ba‟zan ayrim sinf rahbarlari ish faoliyatida ko‟ngilochar
o‟yinlarni ko‟proq o‟tkazish an‟anasi ko‟zga tashlanadi. Rejalashtirishda shuni
nazarda tutish kerakki, u o‟yinmi, u ishmi biror maqsadga qaratilganligiga, uning
tarbiyaviy ahamiyatiga e‟tibor berish kerak bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: