Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni


Sinf rahbari ishini rejalashtirish va hisobga olish


Download 406.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana05.01.2022
Hajmi406.79 Kb.
#224300
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
sinf rahbari ishini rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning orni

3.Sinf rahbari ishini rejalashtirish va hisobga olish. 

Sinf  rahbari  o‟z  ishlarini  maktab  ma‟muriyati  rahbarligi  va  bolalar 

tashkilotlari  bilan  hamkorlikda  olib  boradi.  SHuning  uchun  uning  faoliyatini 

rejalashtirish  umummaktab  hamda  bolalar  va  o‟smirlar,  «Kamolot»  jamg‟armasi 

ishining rejalashtirilishi bilan uzviy ravishda bog‟langandir. 

Sinf  rahbari  ishini  rejalashtirishning  o‟ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki, 

unda  o‟quvchilarning  o‟zlari  faol  ishtirok  etadilar,  biroq  unga  sinf  rahbari 

boshchilik qiladi. Sinf rahbarlari oldida juda qiyin vazifa – tarbiyaviy maqsadlarda 

o‟ylangan har bir narsani bolalar o‟zlarining shaxsiy fikr va g‟oyalari sifatida qabul 

qilishlariga erishish vazifasi turadi. 

Reja – o‟quvchilarga tarbiya berish jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning 

zaruriy  shartidir.  Rejasiz  ish  olib  borish  sinfdagi  tarbiyaviy  ishlar  mazmuni, 

shakllari  va  uslublari  o‟lda-jo‟lda,  tarqoq,  noaniq,  tasodifiy  holatlarda  bo‟ladi  va 

ko‟r-ko‟rona  harakat  qilishga  olib  keladi.  Bunday  taqdirda  tarbiyaning  asosiy 

vazifalarini hal etish qiyinlashadi, ba‟zan esa butunlay samarasiz bo‟ladi. Reja sinf 

rahbariiing  tarbiya  berish  faoliyatini  to‟g‟ri  tashkil  etish  uchun  juda  katta 

imkoniyatlar ochib beradi. 

Sinf  rahbarining  tarbiyaviy  faoliyatini  rejalashtirishga  qo‟yiladigan  asosiy 

uslubiy talablar nimalardan iborat? 

Sinf  rahbarlari  o‟tkazilayotgan  ishlarni  hamda  ularning  o‟quvchilar 

tarbiyasiga ko‟rsatgan ta‟sirini har kuni tahlil qilishlari, o‟zlari erishgan yutuqlari 

va  muvaffaqiyatsizliklari  sabablarini  tushunishga  harakat  qilishlari,  jamoasining 

rivojlanishida ro‟y berayotgan o‟zgarishlarni qayd qilishlari kerak. SHunday qilib, 



 

27 


rejalashtirishning har bir bosqichiga tayyorlanish muntazam olib boriladi. Jamoani 

va  ayrim  o‟quvchilarni  o‟rganish  yuzasidan  olib  borilgan  barcha  ishlar  yakunida 

sinfga  pedagogik  tavsifnoma  yoziladi.  Mazkur  tavsifioma  sinf  jamoasiniig  o‟ziga 

xos aniq xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi. 

Har bir sinf rahbari o‟z-o‟zini boshqarishning saylab qo‟yiladigan o‟quvchilar 

qo‟mitasi hamda bolalar va yoshlar tashkilotlari bilan birga ishlab, sinf jamoasiga 

rahbarlik  qilish  yuzasidan  olib  boriladigan  amaliy  ishlarda  bu  talabni  ro‟yobga 

chiqaradi. 

Tajribali  sinf  rahbarlari  o‟zining  kuzatishlari  va  xulosalarini  alohida 

varaqlarga  qisqacha  qilib  yozib  boradi.  Bular  maxsus  jildlarda  saqlanadi. 

To‟plangan ma‟lumotlar o‟quvchilar jamoasi hayotini, uning erishgan yutuqlari va 

kamchiliklarini keyinchalik tahlil qilish uchun xizmat qiladi. 

Sinf  rahbari  o‟quv  yili  oxirida  sinf  jamoasi  ishini  tahlil  qilishga  alohida 

e‟tibor beradi.  Bunda  rejada belgilangan vazifalarni  qanday  hal  etilganligini, sinf 

ijtimoiy  hayotida  qanday  ishtirok  etganligini,  mamlakatimizdagi  va  chet  ellardagi 

voqealarga  qanday  qaraganligini,  amalga  oshirilgan  ishlardan  qaysilari 

muvaffaqiyatli  bo‟lgan  va  an‟anaga  aylanishi  kerakligini,  o‟quvchilar  o‟rtasida 

qanday  munosabatlar  vujudga  kelganligini,  sinf  faollarining  tashabbuskorligi, 

mustaqilligi, obro‟-e‟tibori va boshqa masalalarni atroflicha tahlil qilish muhimdir. 

Sinf  rahbari  tajriba  orttirgan  sari  ancha  murakkab  masalalar  bilan  qiziqa 

boshlaydi.  Uni  sinfdagi  ishlar  qanchalik  muvaffaqiyatli  o‟tgani  emas,  balki  ular 

o‟quvchilarga qanday ta‟sir ko‟rsatgani, sinfning ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok 

etishi emas, balki ishtirok etish sabablari qiziqtiradi. 

SHuni nazarda tutish kerakki, sinf rahbari o‟z sinf jamoasi oldiga qo‟yadigan 

aniq tarbiyaviy vazifalari dastlabki vaqtlarda uncha murakkab bo‟lmasligi mumkin. 

Masalan,  sinf  rahbari  sinfga  kelgandan  so‟ng  deyarli  hamma  o‟quvchilar 

yaxshi  ishlashini,  lekin  ularning  bir-biri  bilan  aloqasi  yo‟qligini  aniqladi.  Bunday 

sinfda  shunday  bir  ish  topish  kerakki,  bu  ish  hamma  o‟quvchilarni  yagona 

maqsadga  olib  borsin.  Bolalarga  bu  vazifa  –  maktab  hovlisida  hashar  o‟tkazib, 

ekinlarni  parvarishlash  kerak,  o‟z  mazmuniga  ko‟ra  juda  oddiy  bo‟lgan  bu 




 

28 


topshiriq o‟quvchilarda qiziqish uyg‟otadi, ularda temir-tersak yig‟ishda bir-birlari 

bilan musobaqalashib, uni tezroq bajarish ishtiyoqini hosil qiladi. 

Boshqa  bir  sinf  rahbari  o‟z  ishlarini  tahlil  qilib  chiqib,  shunday  xulosaga 

keldi:  sinfda  ko‟p  ishlarni  o‟zi  bajaradi,  o‟quvchilar  esa  shaxsiy  hayot  egalari 

bo‟lib emas, balki ko‟pincha ishning ijrochilari bo‟lib qoladilar. SHuning uchun u 

o‟quvchilarning  tashabbus  va  mustaqilligini  rivojlantirish,  barcha  o‟quvchilarni 

sinf  ijtimoiy  faoliyatiga  jalb  etish  va  har  bir  o‟quvchida  o‟ziga  yoqadigan  ish 

bo‟lishga  erishish  vazifasini  qo‟ydi.  SHunday  vazifa  qo‟ygach,  sinf  rahbari 

o‟quvchilarning  ko‟pchilik  qismini  zarur  malaka  va  ko‟nikmalar  bilan 

qurollantirish  uchun  o‟z  diqqat-e‟tiborini  sinf  faollarini  tarbiyalashga  qaratish 

kerakligini tushunadi. 

Ana shu tahlitda izchil ish olib borilsa, tarbiyaviy vazifalar o‟quvchilar uchun 

qiziqarli, istiqbolli vazifalarga aylanadi. 

Sinf rahbari turli rejalar tuzib olishi mumkin: kelajakka mo‟ljallangan, ya‟ni 

istiqbolli (yillik, bir necha yillik) va muvaqqat (oylik, haftalik, kunlik). 

rejaning asosiy manbai nimalardan iborat bo‟lishi kerak? 

Bosh  manba  –  hukumatimizning  farmon  va  qarorlari,  prezidentimiz 

I.Karimovning  qator  risolalari  hamda  xalq  ta‟limi  tiziminyng  rasmiy  yo‟l-

yo‟riqlari, hujjatlari hisoblanadi. 

Rejaning  yana  bir  muhim  manbai  –  o‟tgan  o‟quv  yilidagi  tarbiyaviy 

tadbirlarning yutuq va kamchiliklari tahlilidir. 

Reja quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak: 

1. Rejaga Istiqlol g‟oyalarini singdirish. 

2. Rejaning shakl va yo‟nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo‟lishi. 

3.  Reja uzluksiz va izchil bo‟lishi. 

4.  Rejaning aniqligi. 

Ushbu talablarning qisqacha mazmuni bilan tanishib chiqamiz. 


Download 406.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling