Sinf rahbari ishni rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning o’rni


Tarbiyaviy ish - faoliyatini tashkil etish


Download 406.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana05.01.2022
Hajmi406.79 Kb.
#224300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
sinf rahbari ishini rejalashtirish va xisobga olishda pedagogik jamoaning orni

Tarbiyaviy ish - faoliyatini tashkil etish. 

       Maktab  tarbiyasida  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etshnning  turli  usullari  tarkib 

topib, muvaffaqiyatli qo‟llanib kelmoqda. o‟quvchilar bilan yalpisiga ishlash bilan 

bir  qatorda,  hamma  o‟quvchilar  bilan  yakka-yakka  va  gruhalarga  bo‟lib  ham  ish 

olib  boriladi  o‟quvchilar  aktivlari  bilan  ish  olib  borshi  o‟z  sinfida  dars  o‟tadigan 

o‟qituvchilar  bilan,  o‟quvchilar  ota-onalari  bilan  va  korxona,  ishlab  chiqarish 

jamoalari bilan aloqa bog‟lab turish sinf rahbarining tarbiyaviy ish-faoliyatida katta 

o‟rin tutadi. 

     Afsuski, o‟z tarbiyaviy ishini faqat sinf majlislari o‟tkazish, orqada qolayotgan 

va  intizomsiz  o‟quvchilar  bilan  individual  ish  olib  borishdangina  iborat  qilib 

cheklab  qo‟yadigan  tarbiyachilarni  hali  ham  uchratish  mumkin.  Bu  sinf 

rahbarlarida  bunday  ish  usuli  deyarli  hamma  ishda  qo‟llnadigan  bo‟lib  qolgan, 

o‟quvchilarning  o‟zlari  o‟quvchilar  jamosi    hayoti  va  faoliyatini  yo‟lga  qo‟yish 

ishiga  jalb  qilinmaydilar.  Buning  natijasida  tarbiyaviy  ish  samara-dorligi  ko‟p 

darajada  pasayib  ketmoqda.Tarbiya  berishning  murakkab  jarayonida  ishni  tashkil 

etishning  qandaydir  bir  formasi  bilan  cheklanib  qolish  yaramaydi.  Birgina  tayyor 

ish  shakli  bilan,  hatto  u  yaxshi  shakli  bo‟lsa-da,  tarbiya  berishning  barcha 

masalalarini faqat uning yordami bilan echib bo‟lmaydi» 

    Pedagogik  adabiyotda  yoki  tarbiyaviy  ish  tajribasida  tarbiya  berishni  yo‟lga 

qo‟yish usullarini quyidagicha klassifikatsiya qilshp eng ko‟p tarqalgan: 

 a) yalpi yoki hamma o‟quvchilar bilan ish olib borish;  

b) individual ish olib borish;  

v) gruppalarga bo‟lib ish olib borish yoki to‟garak ishlari.  



 

14 


Bu  ish  shakllarining  xammasi,  odatda,  sinf  raxbarlari  rejasida    o‟z  aksini 

topadi.Darsdan  tashqari  tarbiyaviy  ish  usullarining  quyidagicha  klassifikatsiyasini 

keltirish ham o‟rinlidir:  

a)  og‟zaki  ish  usullari  (siyosiy  axborotlar,  majlislar  ,  lektsiyalar,  dokladlar, 

kitobxonlar  konferentsiyalari,  disputlar,  uchrashuvlar,  og‟zaki  gazetalar, 

radiojurnallar va shu kabilar);  

b)  amaliy  ish  olib  borish  usullari  (ekskursiyalar,  spartakiadalar,  olimpiada  va 

konkurelar,  kamalak    va  kamolot  harakati  doirasida  olib  boriladigan  ishlar,  

to‟garaklar-texnika  ijodi,  yosh  naturalistlar  to‟garaklari,  shuningdek,  shanbaliklar 

va shu kabilar);        

 v)  ko‟rgazmali  ish  olib  borish  usullari  (maktab  muzeylari,  urush  va  mehnat 

qahramonlari,  kichik  badiiy  ijod  vistavkalari,  kitob  vistavkalari  va  yangi  kitoblar 

ko‟rgazmalari, mavzuli stendlar va boshqalar).  

     Sinf  bilan  yalpisiga  ish  olib  borish.  Sinf  bilan  yalpisiga  ish    olib  borishning  

o‟ziga xos xususiyati sinfdagi hamma o‟quvchilarni bir vaqtning o‟zida tarbiyaviy 

tadbirlarga  jalb  etishdan  iboratdir.  Bu  ish  sinf  rahbarining  rejasiga  ko‟ra  ma`lum 

kunlarda va soatlarda tashkil etiladi va o‟tkaziladi. Ba`zan tarbiyaviy ishni tashkil 

etishning bu usuli «sinf rahbari soati», «tarbiyaviy soat» yoki «tarbiya soati» deb 

ataladi. Bu nomlar mazkur usulga to‟g‟ri keladi deb bo‟lmaydi. Bu nomlardan, sinf 

rahbari  tarbiyaviy  ishlarni  faqat  shu  «soat»  vaqtiddagina  olib  borib,  boshqa 

vaqtlarda  esa  tarbiya  ishlari  bilan  shug‟ullanmaydi,  degan  ma`no  kelib  chiqadi. 

Haqiqatda  esa  bunday  emas.  Sinfda  tarbiyaviy  ish  doimiy  suratda  olib  boriladi. 

Butun  sinf  bilan  yalpisiga  olib  boriladigan  «rahbar  soati»  esa  sinfda  tarbiyaviy 

ishlarni tashkil  etishning faqat bir usulidir, xolos. Masalan, sinf rahbari  Kamalak 

yoki  Kamolot  YOIH  tashkilotlari  yordamida  butun  sinfdagi  barcha  o‟quvchilarni 

maktabdagi  yoki  Kamalak  yoki  Kamolot  YOIH    doirasidagi  jamoni    ijtimoiy 

foydali  ish  faoliyatga  jalb  etadi. Ba`zan u sinfda  ma`naviy-  axloqiy    masalalariga 

doir  yoki  eng  muhim  siyosiy  voqealar  to‟g‟risida  suhbatlar  o‟tkazadi.  IV-V 

sinflarda  ko‟pincha  juda  qiziqarli  kitoblarni  jamo    bo‟lib    o‟qish  va  muhokama 

qilish  tashkil  etiladi.  Sinfda  vaqt-vaqti  bilan  o‟quvchilar  majlisi  o‟tkazilib,  unda 




 

15 


turli  tashkiliy  masalalar:  sinf  boshi  yoki  sinf  devoriy  gazetasi  redkollegiyasi 

a`zolarini  saylash,  qandaydir  bayramga  tayyorgarlik  kurish  masalalari,  maktabda 

sinfning  navbatchiligi  to‟g‟risidagi,  ijtimoiy  foydali  mehnatda  mu-sobaqaga 

qatnashish to‟g‟risidagi va shu kabi masalalar  muhokama  qilinadi. Bular hammasi 

o‟quvchilar  bilan  yalpisiga  olib  boriladigan  ish  usullaridir,  Bu  ish  usullariga 

kitobxonlar  konferentsiyalari  va  disputlarini,  taniqli  kishilar  bilan  uchrashuvlarni, 

kino,  teatr,  muzeylarga,  turistik    yosh  o‟lkashunoslik  sayyohatlarga  jamo  bo‟lib 

borish va shu kabilarni ham kiritish mumkin. Sinf bilan yalpisiga olib boriladigan 

tadbirlar,  odatda,  oyiga  ikki-uch  marta,  ba`zan  esa  har  xaftada  bir  marta 

o‟tkaziladi. Ko‟pchilik sinf rahbarlari  sinf bilan yalpisiga ish olib borishga darsga 

tayyorlangandek tayyorgarlik ko‟radilar. 

     Ular suxbat, uchrashuv yoki majlisning rejasini va asosiy masalalarini oldindan 

o‟ylab  qo‟yadilar;  sinf,  maktab  hayotidan  qiziqarli  faktlarni  to‟playdilar, 

o‟quvchilarga turli xil topshiriqlar  berib boradilar  Sinf rahbari o‟z rejasni, tuzar 

ekan,  odatda,  bu  rejada  u  qachon  va  qanday  masalalarda  sinf  bilan  yalpisiga  ish 

o‟tkazishni  kuzda  tutadi  masalan  ,  Mustaqillik      bayramiga  yoki  Konstituttsiya 

bayrami      kuniga  tayyorlanar  ekan,  u  oldindan  o‟quvchilar  bilan  bu  bayramlarni 

o‟tkazish  rejasni    muhokama  qilib  chiqadi,    bajariladigan  ishlarga  o‟quvchilarni 

taqsimlaydi  bayram  ertaligi  yoki  bayram  kechasini  tashkil  etishga  tayyorgarlikda 

yordamlashadi. 

    Sinf 

burchagi.Maktabda 

o‟quvchilarning 

o‟qish 


va 

o‟qishdan 

tashqari 

ish-faoliyatlari 

o‟tadigan 

asosiy 


joy 

shu 


sinfga 

birkitilgan sinf xonasidir. 

     Bu  sinf  xonasida  sinf  rahbari  sinf  aktivi  bilan  birgalikda  sinf  burchagi  tuzadi. 

Unda  sinf  kollektivining  asosiy  hujjatlari,  uning  rejalari  va  ishini  aks  ettiruvchi 

materialdar qo‟yiladi. 

 

 



Odatda,  sinf  burchagida  o‟quvchilar  ro‟yxati  (IV-Vlll  sinflarda  bu  ro‟yxat  kichik 

guruxlarga  bo‟lib  beriladi),  navbatchilar  ro‟yxati,  ish  rejalari  jamot  topshiriqlari 

taqsimoti,    o‟quvchilarning  o‟zlashtirish  varaqasi,  devoriy  gazeta,  sinfning  bir 

muncha  qiziqarli  va  muvaffaqiyatli  ishlari  to‟g‟risida  qisqacha  axborotlar 




 

16 


(«kundalik  xabarlar»  tarzida)  bo‟ladi.  Sinf  burchagidagi  ba`zi  hujjatlar  doimiy 

quyilgan. bo‟lib, boshqalari esa vaqt-vaqti bilan o‟zgartirib turiladi. Sinf burchagi 

sinfning  hayoti  va  faoliyatini,  uning  yutuqlari  va  kamchiliklarini  aks  ettiruvchi 

ko‟zgudir, 

     Burchakdagi hujjatlar va materiallar maxsus taxtachaga joylashtnriladi. Ba`zan 

«sinf  burchagi»  so‟zining  o‟rniga  tepada  yirik  harflar  bilan  sinf  shiori  yoziladi, 

Masalan: «Kuch bilim va taffakurda »; «Sening noming bo‟lsa agar kamolot, o‟z 

ishingla  noming  toptirgil  kamol!»;  va  shu  kabilar.  Ba`zan  sinfning  ramziy  nomi 

yoziladi: «Izlovchilar», «Tengdoshlar». 

       Sinf  burchaklarida  ko‟pincha  sinfdan  taqshari  o‟qish  uchun  kitoblar  ro‟yxati, 

namunaviy  kun  tartibi,  uy  vazifasini  tayyorlashni  tashkil  etish  qo‟llanmasi  va 

boshqa yo‟l-yo‟riq  beruvchi materiallarni uchratish mumkin. 

YUqori  sinflarning  sinf  burchaklarida  kamalotga    kiruvchilar  uchun  yordam 

materiallari,  tayyorgarlik  ko‟rishga  oid  materiallar,  gazetalardan  qo‟shib  olingan 

tematik  materiallar  joylashtnriladi.  Bular  hammasi  sinf  burchagini  boyitish  va 

uning tarbiyaviy rolini oshirishga yordam beradi. 

Burchakni tuzishda va uni yangi materiallar bilan to‟ldirib borishda o‟qituvchilar 

va  sinfdagi    shu  o‟quvchilar  aktivi  (sinf  boshi,  sinf  kamolot  tashkiloti 

rahbari).O‟quvchilar bilan  individual ish olib  borish. O‟quvchilar  bilan  individual 

ish  olib  borish  sinf  rahbari  faoliyatida  katta  o‟rin  tutadi.  U  o‟z  tarbiyaviy  ishini 

asosan  o‟quvchilar  jamosini    tashkil  etish  va  tarbiyalashga  qaratar  ekan,  bu 

jamodagi    alohida  o‟quvchilarning  o‟ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olmaslngi 

mumkin emas. 

       Har  qaysi    sinfda  o‟ziga  alohida  diqqatt    e`tibor  berishni  talab  etadigan 

o‟quvchilar  bo‟ladi.  Bular  o‟quv  ishidagi  qoloqlar,  dangasa,  intizomsiz 

o‟quvchilardir.  Sinfda  ba`zan  kekkaygan,  takabbur  o‟quvchilar  ham  uchraydi. 

Ularning  bu  kamchiliklarini  tugatishlarida  sinf  aktivi, barcha  o‟qituvchilar  hamda 

o‟quvchilar,  ota-onalar  yordam  berishi,  buning  uchun  ta`sir  etishning  turli 

shakllaridan  foydalanish  kerak.  SHuningdek,  tortinchoq  va  kam  faoliyat 

ko‟rsatadigan  o‟quvchilar  qo‟shimcha  e`tibor  talab  etadi.  Ularni  vaqtida 




 

17 


rag‟batlantirib,  asta-sekin  umumiy  mehnat  faoliyatiga  jalb  etish,  individual 

suhbatlar  o‟tkazish, jamoat topshiriqlari  berib borish darkor. 

Ilm-fan, texnika, san`atning muayyan bir sohasiga nihoyatda qiziquvchi qobiliyatli 

o‟quvchilarga  ham  e`tibor  berish  kerak.  Individual  ish  olib  borish  jarayonida 

ularning  talantlari  va  qobiliyatlarini  rivojlantirishga  har  tomonlama  yordam 

bermoq zarur. Ularni har xil predmet va texnika to‟garaklariga, badiiy havaskorlik 

jamolariga  jalb  etish,  ularga  maktabdan  tashqari  muassasalar  bilan,  ilmiy  jamolar 

bilan aloqa bog‟lashni  maslahat berish mumkin. 

        O‟quvchilar bilan individual ish maktabda, shuningdek, o‟quvchi uyiga borib 

ham olib boriladi. Sinf rahbari o‟quvchining uyiga borib u bilan individual ish olib 

borganda, ota-onalar yordami va qo‟llab-quvvatlashiga tayanadi. Masalan, boshqa 

maktabdan  VIII  sinfga  kelgan  o‟qchuvchilardan  biri  jamoat  ishlaridan  o‟zini 

chetda tutdi. Uning uyiga borib ahvol bilan tanishganda, uning oilada yakka o‟g‟il 

ekanligi  aniqlandi.  Uning  ota-onasi  erkalatib  qo‟yishibdi,  uy  mezhnatiga  hech 

qanday  ishtirok  ettirishmabdi,  Bu  o‟quvchidagi  xudbinlikni  yo‟qotish,  o‟z 

o‟rtoqlarini,  jamoni  hurmat  qilishga  o‟rgatish  uchun  uning  ota-onasi  bilan 

birgalikda  qancha  kuch  g‟ayrat  sarflashga  to‟g‟ri  keldi.  Bu  ish  unga  oson 

topshiriqlar  berishdan,  uning  bajargan  ishlarini  ma`qullab,  maqtab  borishdan 

boshlandi.  Unda  jamoat  ishlariga  qizpqish  uygotishga  muvaffaq  bo‟lingandan 

keyin,  unga  yanada  murakkab  va  mas`uliyatli  topshiriqlar  beradigan  bo‟ldilar. 

Unga berilgan topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish  ishiga bu o‟quvchining 

ota-onalari ham jalb etildi. Buning uchun uning ota-onalari ongiga, bola ijtimoiy-

foydali mehnatga va jamoat hayotiga aktiv ishtirok etmasdan turib, mehnatsevar va 

faol  kishi  bo‟lib,  jamiyatning  foydali  a`zosi  bo‟lib  etshia  olmaydi,  degan  fikr 

singdirildi. 

          Aktivlar va o‟quvchilarning ayrim gruhalari bilan ish olib borish. 

      Sinf rahbari o‟quvchilar bilan yoppasiga va individual ish olib borar ekan, ayni 

vaqtda  o‟quvchilarni    alohida  gruxlariga  ham  pedagogik  ta`sir  ko‟rsatadi.  U 

kundalik  ish  jarayonida  sinfning  aktiv  negizini  yig‟ib  oladi  va  muntazam 

shakllantirib  boradi,  bu  aktivni  vaqti-vaqti  bilan  yig‟ib,  u  bilan  maslahatlashib 




 

18 


turadi.  Masalan,  maktab  tajriba  uchastkasida  o‟quvchilar  bilan  yalpisiga  ish  olib 

borishga yoki jonajon o‟lka bo‟ylab sayohatga tayyorlanishda sinf  rahbari dastlab 

aktiv  bilan  suhbat  o‟tkazadi,  ishlash  yoki  sayohat,  o‟lka  bo‟ylab  sayohat  vaqtida 

o‟quvchilarni  uyushtirish,  tayyorlash  bilan  bog‟liq  bo‟lgan  ayrim  topshiriqlar 

beradi va shu kabi boshqa ishlarni bajaradi. Sinf rahbari sinfdagi aktiv bilan va eng 

avvalo    kamolot  YOIH  aktivi  bilan  birgalikda  mustaqillik    bayramlarni  va  xotira 

kunlarini  o‟tkazish  rejaini  tuzib  chiqadi,  ishlarni  taksimlab  qo‟yadi.  Bunday 

hamkorlikda  ish  olib  borish  jamoat  aktivligini  tarbiyalash  maktabi  bo‟lib  xizmat 

qiladn.  Ko‟pincha  sinfda  hech  kim  tuzmagan  jamolar  (kichkina-kichkina 

guruxchalar)  paydo  bo‟lib  qoladi.  Odatda,  ular  umumiy  manfaatlar,  umumiy  ish  

asosida  tuziladi. Sinf rahbari bu jamolar faoliyati bilan qizshqishi, ularning ishini 

to‟g‟ri izga solib yuborishi kerak. By kichkina  guruhalarga birlashgan o‟quvchilar 

sinfdagi, 

maktabdagi 

umumiy 

ishlardan 

chetlashib 

qolmasliklari,o‟z 

manfaatlarining  tor  doirasida  cheklanib  qolmasliklariga  erishish    juda  muhimdir. 

Bolalardan  ishlari  to‟g‟risida  sinf  majlislarida  so‟zlab  berishlarini,  devoriy 

gazetaga yozishlariii so‟rash mumkin. 

     Ba`zan sinf rahbarining o‟zi yoki aktiv yordamida intizomsiz o‟quvchilar gruhi  

bilan tarbiyaviy ishlar o‟tkazadi. Masalan, butun sinfning normal ishlashiga xalaqit 

beradigan o‟quvchilar gruhi aniqlandi, deylik. Ularda darsda  tartib intizomni buzib 

o‟tiradilar,  boshqa    o‟quvchilarning  ishiga  salbiy  ta`sir  ko‟rsatadilar.  Darsning 

o‟ziga qat`iylik va talabchanlikni oshirish bilan bir qatorda, bunday o‟quvchilarni 

asta-sekin jamoni  ishiga jalb qilib ham bermoq  zarur. 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

19 



Download 406.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling