Sinf rahbarining ma’naviy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari bilan hamkorlikdagi ishlari


Sinf rahbarining tashkilotchilik faoliyatida o’z oldiga


Download 21.09 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi21.09 Kb.
#261519
1   2   3   4
Bog'liq
1.3.2.maruza

Sinf rahbarining tashkilotchilik faoliyatida o’z oldiga
qo’yadigan vazifalari:
1. Har tomonlama barkamol shaxsni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash bo'yicha
rejali ish olib boradi. O'qishga, mehnatga ongli munosabatda bo'lish, o'quv yurti
mulkini ko'z qorachig‘idek saqlash ruhida tarbiyalash.
2. Maktabda, sinfda o'quvchilarni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor
o'quvchilarni tarbiyalash maqsadida o'quv chilarning talab va qiziqishlarini, uning
oiladagi o'zaro munosabatlarni chuqur va har tomonlama o'rganish, erkin
fikrlovchi o'quvchi shaxsini kamol toptirish.
3.O'quvchilarni o'zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy milliy va
hududiy an'analarni hisobga olib, xalq pedagogikasi asosida tarbiyalash maqsadida
maktabning tarbiyaviy imkoniyatlari tevarak atrof-muhiti sharoitidan kelib chiqib
ish yuritish.
4. O'quvchilarga ota-onalar va kattalarga hurmat, kamtarlik saxiylik va
saxovatlilik, insonlarga yordam berishga tayyor turish mehribonlik,
mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.
5. Millatlararo munosabatlarni yaxshilash uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi
tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi va o'tkadi milliy madaniyatni boyitish maqsadida
baynalmilal tarbini boshqa xalq vakillari bilan hamkorlikda olib borish.
6. Istiqlol g'oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr- muhabbat, ozod va
obod Vatan barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e'tiqod, jasurlik va
fidoyilik ruhini o'quvchilar ongiga ma‘naviy tarbiyaviy tadbirlar orqali singdirish.
7. O'quvchilarga kasbni to'g'ri tanlashlari yo'lida ish olib boradi, ularga
ko'maklashadi. Íàã bir o'quvchining qobiliyati, qiziqishini tahliliy usulda aniqlash.
8.Yosh avlodda miliiy g'oya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga,
demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish.
9. O'quvchilarning o'zlashtirmaslik sabablarini aniqlaydi va buni bartaraf etish
uchun yordam berish.
10. Milliy qadriyatlarimiz va ulug' mutafakkirlarimiz merosidan, islom
dinining insonparvarlik falsafasi va g'oyalaridan yosh avlod tarbiyasida
foydalanish samaradorligini oshirishga erishish.
11. Mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o'zgarish va
yangilanishlar mohiyatini yosh avlod qalbiga singdirib, uni bu jarayonning faol
ishtirokchisiga aylantirish.
12.O'quvchilar ota-onalari bilan muntazam ravishda aloqada bo'lish.
13.Sinf rahbari o'zining nazariy bilimi va pedagogik malakasi hamda
mahöratini muntazam ravishda oshirib borish.
14.Sinf jurnali va boshqa zaruriy hujjatlarning to'g'ri yuritilishini ta'minlash.
15.O'quvchilar o'zlashtirishni yuqori darajada ko'tarish va intizomini
yaxshilashga erishish lozim. Ularning maktab nizomi va ichki tartib-qoidalariga
rioya qilish masalalarida sinf majlislari o'tkazish.
16.O'quvchilarni badiiy havaskorlik, milliy meros, sport, hunarmandchilik va
boshqa to'garaklar ishlarida faol qatnashishlarini ta'minlab borish
17. O'zi rahbarlik qilayotgan jamoada saylangan o'quvchilar yetakchisi bilan
hamkorlikda ish olib borish.
18.O'quvchilarni tarbiyalashda «Oila, mahalla, maktab hamkorligi
konsepsiyasi»ni hayotga keng tatbiq etish.
O'zbekiston Respublikasida barkamol avlod tarbiyasi davlat siyosatidagi
muhim masalalardan biridir.

Sinf rahbari haqida milliy qadriyat va dono avlodlarimiz katta baho berishgan.


Rahbar atamasi ishbilarmon, kasbiga nisbatan ma'suliyatli, bag'ri keng,
mehnatsevar yuksak ma'naviy va axloqiy shaxsga aytiladi.
Umumiy o'rta ta'limda tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta'sir tizimida sinf
rahbari faoliyati alohida o'rin egallaydi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan sinf rahbari faoliyati samaradorligini oshirishga
imkon beruvchi me'yoriy hujjat — Nizom 2007-yil 20-yanvardagi 19-buyruq
asosida taqdimetildi.

Download 21.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling