Sinf rahbarining ma’naviy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari bilan hamkorlikdagi ishlari


Sinf rahbarining o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish metodikasi


Download 21.09 Kb.
bet4/4
Sana09.01.2022
Hajmi21.09 Kb.
#261519
1   2   3   4
Bog'liq
1.3.2.maruza

Sinf rahbarining o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish metodikasi
Tarbiyaviy ishlar sifat samaradorligini oshirishda sinf rahbarining faoliyatida
har bir xatti-harakat bolalarga ibratlanish hissini uyg'otish bilan birga, ularga ijobiy ta'sir ko'rsatmog'i lozim. Buning uchun: 10. sinf rahbari faoliyatini diagnostik tahlil qilish; 11. ijobiy ishlarni takomillashtirish; 12. yutuqlarni rivojlantirish; 13. bola shaxsini hurmatlash; 14. qiyinchiliklarni bartaraf qilish, xatolarni tuzatish 1.Pedagog olim V.A. Suxomlinskiy o'zining «Bolalarga jonim fido» asarida bolani shod-u xurram etishga muyassar bo'lmas ekanmiz, uning ko'zidan chinakam xursandchilikni ko'rmas ekanmiz, u bolalar sho'xlik qilmas ekan, unga qandaydir tarbiyaviy ta'sir haqida gapirishga haqqim yo'q... har bir bola qalbining o'zini tori bor, u o'z maqomida yangraydi... uni to'g'ri chala bilish tarbiyasiga bog'liqmahoratdir» 2.Sinf rahbari ish faoliyatida bolalarga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi uslublarni qo'llash kerak. Usui — yunoncha atama bo'lib, aynan nimagadir yo'l, usul orqali
maqsadga erishish yo'lini bildiradi.
Sinf rahbari — adolatli bo'lishi kerak. Bu esa bola tarbiyasiga nisbatan
ishonch paydo qiladi: 15. buning uchun sinf rahbari har bir bolaning ma'naviy dunyosini bilishi; 16. har bir inson bolalikdan mehr va hamdardlikni talab etadi. Ayniqsa, oilasida mehr va hamdardlikni ko'rmagan bolaga tarbiyachi rahbar buni berishi kerak; 17. bolaga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning asosi — boladagi qayg'u, dardalamlarni hammadan oldin o'qituvchi rahbar bilib olishi va uning ko'nglini
bilishdan iborat; 18. sinf rahbari har bir bolani oilasi bilan mustahkam aloqa o'rnatmay turib, bolaning sog'lig'i va oilaviy sog'lom muhitning mavjudligi haqida g'amxo'rlik ko'rsata olmaydi, buning uchun ota- onalar bilan suhbatda bo'lish lozim; 19. sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf jamoasida olib boriladigan faoliyatini tahlil qila bilishi lozim.
Tarbiyaviy ishlarning tahlili ikki qismdan iborat: 20. sinf jamoasining rivojlanishi va tarbiyalanganlik darajasining o'sishi; 21. o'quvchilarda yuksak odob-axloq, siyosiy, huquqiy tushunchalar,o’rtoqlik, docstlik, jamoa uchun qayg'urish sifatlarini amaliyotda qo'llash; 22. sinf jamoasini joriy yildagi maqsad, vazifalarga erishilganligi; 23. sodir bo'lgan muammo va kamchiliklarning sabablarini aniqlanganligi; 24. jamoani mustahkamligi va o'quvchilarda shakllangan axloqiy sifatlar
darajasi; 25. sinf rahbarining rejalarini umum maktabdagi tarbiyaviy ishlar bilan
uyg'unligi va natijalari; 26. shu tariqa yangi o'quv yili bo'yicha kamchiliklarni bartaraf etib, yangi chora-tadbirlarni rejalashtirishni sinf rahbari o'z faoliyatini bosh maqsadi deb hisoblashi kerak. 27. sinf rahbarida o'zi uchun birkitilgan sinfni pasporti bo'lishi kerak.
Sinf rabarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar yanada samara berishi uchun ular bilan
aloqaning turli-tuman shakllaridan foydalanmoq zarur. Ayrim sinf rahbarlarida bu
aloqalar ba‘zan o‘quv choraklari oxirida o‘zlashtirish natajalari bo‘yicha ota-onalar
majlislari o‘tkazish bilangina cheklanib qoladi. Bunday vaziyatda sinf rahbari
o‘quvchilarning uy sharoitini yaxshi bilmaydi va hamma vaqt ham ota-onalar bilan kelishib ish tuta olmaydi.
Ota-onalar bilan ishlashda jamoa va yakka tartibdagi ish shakllarini qo‘shib olib
borish maqsadga muvofikdir.
Ota-onalar majlislarida boshlagan tushuntirish ishini sinf rahbari ularning uylari va maktabda, yakka hollarda uchrashgan vaqtlarda ham davom ettirishi kerak. Ularning majlisga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam berish sinf rahbarining vazifasidir. Majlisning kun tartibi haqida ota-onalar oldindan xabardor qolinishi zarur. Majlisni
o‘quvchilarni sud qilish xonasiga aylantirib yubormaslik kerak.
Ota-onalar uchun suhbat va ma‘ruzalar
Suhbat va ma‘ruzalarning mazmuni ota-onalar talabi va qiziqishiga, o‘quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishning aniq vazifalariga bog‘liq. Masalan, IV, V sinf o‘quvchilarining ota-onalariga uy mashg‘ulotlarini tashkil etish, bolalarni o‘z-o‘ziga xizmat ishiga jalb etish
tug‘risida gapirib berish mumkin. VI, VIII sinf o‘quvchilari ota-onalariga mo‘ljallangan ma‘ruzada o‘smirlarga muomala qilishda ularning ruhiyatiga e‘tibor qaratish zarurligi
haqida, o‘quvchilarning qiziqish doirasini kengaytirish, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish to‘g‘risida gapirish lozim.
Suhbat va ma‘ruzalar muntazam sur‘atda va muayyan dastur asosida o‘tkazib
turilsagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Bolalar tarbiyasi borasida tajriba almashish konferensiyalari
Bunday konferensiyalarda bolalar tarbiyasi borasida tajriba almashish asosiy o‘rin tutadi. Sinf rahbarlari va o‘qituvchilar qiziqarli va qimmatli tajriba almashishda ishtirok etishga kelishib oladi.
Konferensiyada "Bolalarni mehnatga qanday o‘rgatmoq kerak?", "O‘quvchilarning kunlik tartibi haqida", "Sinfdan tashqari o‘qishni tashkil etish to‘g‘risida", "O‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini shakllantirish haqida", "Bolalarni oilada rag‘batlantirish va jazolash haqida" kabi mavzularda baxs-munozaralar uyushtirish mumkin.
Konferensiya quyidagi reja asosida o‘tkaziladi:
 sinf rahbarining konferensiya vazifalari hamda uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
kirish so‘zi;
 ota-onalarning bolalarni oilada tarbiyalashning aniq masalalariga doir qisqacha
axborotlari;
 tinglangan axborot bo‘yicha yoki sinf rahbarining konferensiya ishini xulosalashi.
Yakunlash nutqida bolalarni oilada tarbiyalash tajribasidan ko‘proq misol keltiriladi. Ota-onalar faoli (yetakchisi) bilan ishlash
Sinf radbari ota-onalar bilan muomala qilar ekan, ular orasidan eng faolini yetakchi sifatida tanlab oladi va bu faol sinf rahbarining o‘quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishida kundalik yordam ko‘rsatib boradi. Ota-onalar birlashmasi sinf rahbari bilan kelishib
tuzilgan reja asosida ish olib boradi. U ayrim ota-onalarning oilada bola tarbiyasiga doir axborotini tinglaydi va muhokama qiladi.
Sinflarda ota-onalar birlashmasi to‘la tarkibda 5 kishidan iborat bo‘lib, birlashma
raisi va 4 a‘zo, ya‘ni ta‘lim-tarbiya ishlari uchun, madaniy-ommaviy ishlar uchun,
sanitariya xujalik ishlari uchun va umumta‘lim uchun mas‘uliyatli a‘zolar saylanadi. Bularning har qaysisi o‘z mas‘ulligiga mos holda maktab ota-onalar qumitasi qoshida tashkil etilgan komissiya tarkibiga kiradi.
Faol ota-onalar faqat o‘z bolalari tarbiyasi haqida g‘amxo‘rlik qilmaydilar. Ular
jamoat tashkilotlari orqali umumiy majburiy ta‘lim amalga oshirilishida yordam berishadi.
Sinf, maktab binosini ta‘mirlashga va jihozlashga, o‘quvchilar bilan turistik sayohatlar tashkil etishga ko‘maklashishadi.
Sinf rahbari vaqti-vaqti bilan ota-onalar faollarini yig‘ib, ular bilan o‘quvchilar
ta‘lim-tarbiyasini yo‘lga qo‘yish ishlarini maslahatlashib boradi.
Faollar orasidan ayrim ota-onalar o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda maktabga katta yordam beradi.
Sinf rahbari va yetakchilar ko‘pincha ota-onalarni maktab sinf hayotidan tarbiyaviy tadbirlarga taklif etib turadilar.
Ba‘zi bir faol va yaxshi tayyorgarligi bor bo‘lgan ota- onalarni faqat o‘z
bolalarigagina emas, balki boshqa o‘quvchilarning kundalik tartibini bajarib borishlarini nazorat qilishga jalb etish mumkin. Faol ota-onalar sinf rahbari iltimosi bilan tarbiyasi
yaxshi bo‘lmagan o‘quvchilarning uylariga borishlari, bu o‘quvchilarning ota-onalari bilan oila tarbiyasi haqidagi tajribalarini o‘rtoqlashishlari mumkin.
Sinf rahbarlari ota-onalar faoliyatiga tayanib, ayniqsa pedagogik yordamga muhtoj bo‘lgan oilalar bilan tarbiyaviy ish olib boradilar. Faol ota-onalar o‘z bolalari tarbiyasiga mas‘uliyatsizlik bilan qaraydigan ayrim otalar va onalarga nisbatan jamoat ta‘sirini o‘tkazishlari mumkin.
Keyingi yillarda bolalar tarbiyasiga jamoatchilik keng jalb etib kelinmoqda.
Ayniqsa, mahalla, maktab, "Kamolot" YOIX, sport maktablari va boshqa jamoat
birlashmalari yoshlar tarbiyasiga katta ta‘sir ko‘rsatyapti.
Jamoatchilikning bolalar tarbiyasi borasida olib boradigan ishining eng muhim
yo‘nalishlari: o‘qishdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilar xulq-atvorini kuzatib borish, ularni xilma-xil ijtimoiy foydali ish faoliyatiga jalb etish, uyga vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida ularga yordam berish, oilalarda tarbiyasi qiyin o‘smirlarni tarbiyalash,
yoshlar bilan ularning yashash joylarida sport va madaniy-ommaviy ishlar olib borishdan iboratdir. Sinf raxgbari jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqada bo‘lib, ularga mumkin
qadar ko‘proq yordam berishlari va qo‘llab- quvvatlashlari uchun ularga murojaat qilib turmog‘i kerak. Eng avvalo, ota-onalar birlashmasi, yetakchilar, "Kamolot" YOIH boshlang‘ich tashkiloti sardorlari va a‘zolari, mahalla bilan doimiy aloqa o‘rnatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloqlarda ota-onalarning ko‘cha birlashmalari tuziladi. Ota-onalar ko‘cha-ko‘yda o‘quvchilarning xatti-harakatini kuzatib boradilar va ularning
vaqtlarini oqilona tashkil qilish, ularni foydali mehnatga, sportga jalb etishga yordam beradilar. O‘quvchilarning jamoat joylarida xulq-atvor normalarini buzishlarining oldini olish
maqsadida mahallada "ko‘cha posbonlari" faoliyat olib boradi. Ular mahalla xududidagi kinoteatrlarda, bog‘lar va xiyobonlarda bolalar xulq-atvorini nazorat qilib boradilar. Sinf rahbari bolalar tarbiyasiga jamoatchilikni jalb etar ekan, o‘z tarbiyaviy doirasini ko‘p darajada kengaytiradi. U murakkab va mas‘uliyatli ishda — bolalarni tarbiyalash
ishida ko‘pgina yordamchilar topadi.
Download 21.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling