Sinf rahbarlar uchun yig’ilish bayonnomasi


Download 18.78 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi18.78 Kb.
#1368043
  1   2
Bog'liq
10. Guruh majlisi bayonnomasini tayyorlash.


SINF RAHBARLAR UCHUN YIG’ILISH BAYONNOMASI

Sinf rahbarlar uchun yig’ilish bayonnomasi


Farg`ona tumani XTBga qarashli 10- o`rta ta`lim maktabida sinf rahbarlari metodbirlashmasida bo`lib o`tgan navbatdagi yig`ilishi
B A Y O N N O M A S I
2022-yil oktabr Mindon qishlog`i
Yig`ilishda maktabning MMIBDO` R.Otaqulova , metodbirlashma rahbari E.Qo`chqorova va metodbirlashmaning barcha a`zolari ishtirok etdilar.
Kun tartibida:
1.”O`quvchilarni ta`limga moslashtirish uslublari” mavzusida 1-3 sinf rahbarlari tajribasidan ma`ruza.
2.Maktab o`quvchilari kundalik reyting daftarlari va o`quvchilar davomati masalasi.
Yig`ilishni metodbirlashma rahbari E.Qo`chqorova kirish so`zi bilan ochdi va kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. So`zni 2-“D”sinf rahbari D.Egamberdiyevaga berdi:
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida shunday jumla bor:”Inson qalbiga yo`l, avvalo ta`lim-tarbiyadan boshlanadi…” Agar shu fikr zamiridagi har bir so`z izohiga e`tabor qaratsak, unda shaxs va uningichki dunyosini, dunyoqarashini o`rganib ish tutish kerakligi, bu esa ta`lim –tarbiya bilan uzviy bog`liq ekanini teran anglash mumkin.
Bola maktabga kelgan ilk kundanoq jamoat tartib- qoidalari, dars sharoiti, o`qish ma`suliyatini qabul qilishga qiynaladi. Ularni oilada, maktabgacha ta`lim muasasasalarida qanchalik maktabga tayyorlamaylik, baribir, haqiqiy sinf muhitiga tushgan bolaga moslashuvi uchun muhlat kerak bo`ladi. D.Egamberdiyeva ma`ruzasini yakunida Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining bu borada olib boradigan faoliyatlari muhim ekanini ta`kidlab o`tdi.
Ko`rilgan masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1.Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan boshlang`ich sinf o`qituvchisi D.Egamberdiyevaning ma`ruzasi asos uchun qabul qilinsin.
2.O`quvchilarni ta`limga moslashtirishda barcha boshlang`ich sinf o`qituvchilarining roli katta ahamiyatga ega ekanligi uqtirib o`tilsin. .
Kun tartibidagi 2- masala yuzasidan metodbirlashma rahbari so`zga chiqdi va quyidagilarni bayon qildi:
Mustaqilligimizni asrab-avaylab, uni qadriga yetadigan, o`z bilimi va mehnati bilan uni mustahkamlab, mangulik poydevorini yaratadiganbarkamol avlodni tarbiyasi haqida qayg`urar ekanmiz, diqqat markazimizda hamisha ana shunday sog`lom dunyoqarashga ega yoshlarimiz kamol topadigan ma`naviy muhitni qaror toptirish muhim vazifa bo`lib qoladi.
Kundalik reyting daftari o`quvchi, ota-ona va sinf rahbarini bir-biri bilan har haftada bog`laydigan vositadir. Chunki kundalik reyting daftari har bir o`quvchi uchun alohida yuritilib, hafta davomida fanlardan olgan baholari fan o`qituvchilari tomonidan belgilab boriladi. Shuningdek sinf rahbari bu o`quvchining hafta davomidagi xulqini nazorat qilib, kundalik reyting daftariga yozib boradi. Sinf rahbari har hafta kundalik reyting daftarlarini nazorat qilib , uni ota-onalar tomonidan ham nazoratga olinishini kuzatib boradi. Bu jarayonda ota-ona ham o`z farzandining ta`lim-tarbiyasi, xulqi haqida xabardor bo`lib turadi.
Biz maktabimiz o`quvchilarining kundalik reyting daftarlarini yuritilishi va sinf rahbarlar tomonidan nazorat qilib borilishini tahlil qildi. Ushbu tahlil natijalariga ko`ra maktabimizning 1-10 sinf o`quvchilarining barchasida kundalik reyting daftarlari mavjud. Biroq bu kundalik reyting daftarlarining yuritilishida bir qancha kamchiliklarni guvohi bo`ldik. Quyida biz mana shu kamchiliklarni bayon qilamiz:
1.8-9-10-sinf o`quvchilari orasida ba`zi o`gil bolalar kundalik reyting daftarlarini to`ldirmagan.
2.Kundalik reyting daftarlarini yuritishda 7-A, 6-D, 5-ABDE sinf o`quvchilarida kamchiliklar bor.
3.Ba`zi sinflarda sinf rahbarlari tomonidan nazorat qilinmagan kundalik reyting daftarlari uchradi va biz bu sinf rahbarlariga ogohlantirish berdik.
4.Boshlang`ich sinf o`quvchilari kundalik reyting daftarlarini toza yuritishmagan .
5.9-10 sinf o`quvchilari o`rtasida kundalik reyting daftarini maktabga olib kelmaydigan o`quvchilar borligi aniqlandi.
Yuqoridagi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf qilish choralari ko`rilishi kerak.
10-o`rta ta`lim maktabida sinflar kesimida o`quvchilar davomati ham nazorat qilib borilmoqda. Ushbu davomat natijalari har kuni va har oyda tuman xalq ta`limi bo`limiga topshirilmoqda. Bunga ko`ra maktabimiz o`quvchilarining davomatlari, darsga kelib –ketishlari qoniqarli. Maktabimizda darslarga surunkali qatnashmaydigan o`quvchilar yo`q.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:

  1. O`quvchilarning kundalik reyting daftarlarini yuritilishiahvoli va davomat masalasida metodbirlashma rahbari ma`ruzasi asos uchun qabul

  2. Kundalik reyting daftarlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilishlari sinf rahbarlariga

  3. Yuqorida nomlari ko`rsatilgan sinflar rahbarlari kundalik reyting daftarlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilib, metodbirlashma rahbari nazoratidan o`tkazishlari eslatib o`tilsin.

  4. Maktab o`quvchilarining davomatini doimo kuzatib boorish vazifasi sinf rahbarlari zimmasiga

  5. Yuqoridagi qarorlar ijrosini nazorat qilish metodbirlashma rahbari zimmasiga


Download 18.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling