Sinf rahbarlar uchun yig’ilish bayonnomasi
Download 18.78 Kb.
|
1 2
Bog'liq10. Guruh majlisi bayonnomasini tayyorlash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibida
- Ko`rilgan masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi
- Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi
SINF RAHBARLAR UCHUN YIG’ILISH BAYONNOMASI Sinf rahbarlar uchun yig’ilish bayonnomasi Farg`ona tumani XTBga qarashli 10- o`rta ta`lim maktabida sinf rahbarlari metodbirlashmasida bo`lib o`tgan navbatdagi yig`ilishi B A Y O N N O M A S I 2022-yil oktabr Mindon qishlog`i Yig`ilishda maktabning MMIBDO` R.Otaqulova , metodbirlashma rahbari E.Qo`chqorova va metodbirlashmaning barcha a`zolari ishtirok etdilar. Kun tartibida: 1.”O`quvchilarni ta`limga moslashtirish uslublari” mavzusida 1-3 sinf rahbarlari tajribasidan ma`ruza. 2.Maktab o`quvchilari kundalik reyting daftarlari va o`quvchilar davomati masalasi. Yig`ilishni metodbirlashma rahbari E.Qo`chqorova kirish so`zi bilan ochdi va kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. So`zni 2-“D”sinf rahbari D.Egamberdiyevaga berdi: Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida shunday jumla bor:”Inson qalbiga yo`l, avvalo ta`lim-tarbiyadan boshlanadi…” Agar shu fikr zamiridagi har bir so`z izohiga e`tabor qaratsak, unda shaxs va uningichki dunyosini, dunyoqarashini o`rganib ish tutish kerakligi, bu esa ta`lim –tarbiya bilan uzviy bog`liq ekanini teran anglash mumkin. Bola maktabga kelgan ilk kundanoq jamoat tartib- qoidalari, dars sharoiti, o`qish ma`suliyatini qabul qilishga qiynaladi. Ularni oilada, maktabgacha ta`lim muasasasalarida qanchalik maktabga tayyorlamaylik, baribir, haqiqiy sinf muhitiga tushgan bolaga moslashuvi uchun muhlat kerak bo`ladi. D.Egamberdiyeva ma`ruzasini yakunida Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining bu borada olib boradigan faoliyatlari muhim ekanini ta`kidlab o`tdi. Ko`rilgan masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: 1.Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan boshlang`ich sinf o`qituvchisi D.Egamberdiyevaning ma`ruzasi asos uchun qabul qilinsin. 2.O`quvchilarni ta`limga moslashtirishda barcha boshlang`ich sinf o`qituvchilarining roli katta ahamiyatga ega ekanligi uqtirib o`tilsin. . Kun tartibidagi 2- masala yuzasidan metodbirlashma rahbari so`zga chiqdi va quyidagilarni bayon qildi: Mustaqilligimizni asrab-avaylab, uni qadriga yetadigan, o`z bilimi va mehnati bilan uni mustahkamlab, mangulik poydevorini yaratadiganbarkamol avlodni tarbiyasi haqida qayg`urar ekanmiz, diqqat markazimizda hamisha ana shunday sog`lom dunyoqarashga ega yoshlarimiz kamol topadigan ma`naviy muhitni qaror toptirish muhim vazifa bo`lib qoladi. Kundalik reyting daftari o`quvchi, ota-ona va sinf rahbarini bir-biri bilan har haftada bog`laydigan vositadir. Chunki kundalik reyting daftari har bir o`quvchi uchun alohida yuritilib, hafta davomida fanlardan olgan baholari fan o`qituvchilari tomonidan belgilab boriladi. Shuningdek sinf rahbari bu o`quvchining hafta davomidagi xulqini nazorat qilib, kundalik reyting daftariga yozib boradi. Sinf rahbari har hafta kundalik reyting daftarlarini nazorat qilib , uni ota-onalar tomonidan ham nazoratga olinishini kuzatib boradi. Bu jarayonda ota-ona ham o`z farzandining ta`lim-tarbiyasi, xulqi haqida xabardor bo`lib turadi. Biz maktabimiz o`quvchilarining kundalik reyting daftarlarini yuritilishi va sinf rahbarlar tomonidan nazorat qilib borilishini tahlil qildi. Ushbu tahlil natijalariga ko`ra maktabimizning 1-10 sinf o`quvchilarining barchasida kundalik reyting daftarlari mavjud. Biroq bu kundalik reyting daftarlarining yuritilishida bir qancha kamchiliklarni guvohi bo`ldik. Quyida biz mana shu kamchiliklarni bayon qilamiz: 1.8-9-10-sinf o`quvchilari orasida ba`zi o`gil bolalar kundalik reyting daftarlarini to`ldirmagan. 2.Kundalik reyting daftarlarini yuritishda 7-A, 6-D, 5-ABDE sinf o`quvchilarida kamchiliklar bor. 3.Ba`zi sinflarda sinf rahbarlari tomonidan nazorat qilinmagan kundalik reyting daftarlari uchradi va biz bu sinf rahbarlariga ogohlantirish berdik. 4.Boshlang`ich sinf o`quvchilari kundalik reyting daftarlarini toza yuritishmagan . 5.9-10 sinf o`quvchilari o`rtasida kundalik reyting daftarini maktabga olib kelmaydigan o`quvchilar borligi aniqlandi. Yuqoridagi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf qilish choralari ko`rilishi kerak. 10-o`rta ta`lim maktabida sinflar kesimida o`quvchilar davomati ham nazorat qilib borilmoqda. Ushbu davomat natijalari har kuni va har oyda tuman xalq ta`limi bo`limiga topshirilmoqda. Bunga ko`ra maktabimiz o`quvchilarining davomatlari, darsga kelib –ketishlari qoniqarli. Maktabimizda darslarga surunkali qatnashmaydigan o`quvchilar yo`q. Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi: O`quvchilarning kundalik reyting daftarlarini yuritilishiahvoli va davomat masalasida metodbirlashma rahbari ma`ruzasi asos uchun qabul Kundalik reyting daftarlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilishlari sinf rahbarlariga Yuqorida nomlari ko`rsatilgan sinflar rahbarlari kundalik reyting daftarlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilib, metodbirlashma rahbari nazoratidan o`tkazishlari eslatib o`tilsin. Maktab o`quvchilarining davomatini doimo kuzatib boorish vazifasi sinf rahbarlari zimmasiga Yuqoridagi qarorlar ijrosini nazorat qilish metodbirlashma rahbari zimmasiga Download 18.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling