Sinf soati Yillik ish reja va ishlanmalari Tushuntirish xati


Download 3.94 Mb.
bet6/8
Sana21.09.2023
Hajmi3.94 Mb.
#1684090
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 sinf Sinf soati Tarbiyaviy soat 2023 2024 to`liq hajmdagi eng (2)

beshinchi,ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
yettinchi, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Asosiy qomusimiz kafili sifatida Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so‘zsiz bajarish«Inson qadri uchun» degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish bundan buyon ham faoliyatimning bosh mezoni bo‘lib qoladi.
Shavkat MIRZIYOEV
To‘rtinchidan, Taraqqiyot strategiyasini har bir ustuvor yo‘nalishi nomlanishidan boshlab, mazmun-mohiyatigacha Inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan.
Xususan, birinchi ustuvor yo‘nalish oddiygina «xalqparvar davlat barpo etish» – deb emas balki, "inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish» ekanligiga urg‘u berilgan, Shuningdek, to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish sifatida esa «adolatli ijtimoiy siyosat yuritishinson kapitalini rivojlan-tirish” belgilanmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, - «inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz.
Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz».
Beshinchidan,Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha «yo‘l xaritalari» qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
«Yo‘l xaritasi» tuzilishi jihatidan mukammallashtirilgan va unda milliy maqsadlar, asosiy ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlar; uni amalga oshirish mexanizmlari va shakli; muddati, nazorat qiluvchilar, mas’ul ijrochilar aniq ko‘rsatilmoqda. 
Hammamiz yaxshi tushunamiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy g‘oyalarni mujassam etadigan kuchli ma’naviyatga tayanamiz.

Download 3.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling