sinf Tarix fanidan soatlik ochiq dars ishlanmasi


Download 30.03 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi30.03 Kb.
#1546021
  1   2
Bog'liq
1-soatlik-das-ishlanma-tarix 6sinf




Termiz davlat Pedagogika instituti Tarix fakulteti Tarix va uni o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Qurbonov Javohirning
6-sinf Tarix fanidan
1 SOATLIK OCHIQ DARS ISHLANMASI

Darsning bosqichlari

I

Tashkiliy qism

2 min

II

O’rganilgan mavzuni takrorlash

8 min

III

Yangi mavzuni tushuntirish

5 min

IV

Aqliy hujum

10 min

V

Klaster o’yini

7 min

VI

Guruhlarda ishlash

8 min

VII

Dars yakunini chiqarish

3 min

VIII

Uyga vazifa

2 min

Sana:
Mavzu: Rim respublikasida hayot





    1. Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad :

O’quvchilarga Rim respublikasi hayoti,diniy eʼtiqodlari haqida ma’lumot berish.

  1. Rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarga Rim respublikasi diniy eʼtiqodlari haqida maʼlumot berish

  1. Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarni har qanday muomma chiqgan paytida yaratgan egamda madad soʻrash ruhida tarbiyalash
2. Dars turi Noananaviy.
3. Dars jihozlari.
1. Tarix 6-sinf darsligi.
2. Dunyo siyosiy xaritasi.
3. Mavzuga doir tarixiy rasmlar.
4. O’tilgan dars mavzusi asosiy masalalari asosida tayyorlangan kartochkalr.
5. Dars mavzusi mazmuning tayanch tushunchalaari.
- Mozaikalar,freskalar,forum
- Toga,rim xudolari
- kohinlar,pontifiklar Rim ruhoniylari
- kohinlar-avgurlar Vesta ibodatxonasi
II. O’rganilgan mavzuni takrorlash

  1. Kartochka. Rim shaharlari va ularning aholisi?

  2. Rimliklar libosi nimasi bilan ajralib turar edi?

  3. Rimda diniy marosimlar qanday oʻtkazilgan

  4. “Vesta” deganda nima tushuniladi?

  5. Avgurlar bu-

  6. Pontifiklar bu-

III.Yangi mavzu rejasi.
1.Rim respublikasi
2.Rim respublikasi hayoti
3. Rim imperatorning istilochilik urushlari va oqibatlari
4. Qullar va Gladiatorlar
5.Gladiatorlar jangi
6. Spartak qoʻzgʻoloni.

Yangi mavzu bayoni.
Rimdagi singari shuncha ulkan miqdordagi qullar Qadimgi Misr ham, Qadimgi Yunonistonda ham mavjud boʻlmagan.Zafarli yurishlar natijasida Rimda qullar soni nihoyatda koʻpayib ketadi.Misrda ham, Yunonistonda ham qullarning soni Rimdadagichalik koʻp emas edi.Erkin rimliklar tasavvuricha,qul butunlay quldorning ixtiyorida boʻlgan bir buyumdek edi.Qullarning qadri boʻlmagan,negaki ular judayam arzon turardi.
Rim davlatidagi qullarda mehnatdan manfaatdorlik hissi mutlaqo boʻlmagan.Ularga haq toʻlanmas edi. Shuning uchun qullar mumkin qadar kamroq va yomonroq ishlardilar. Bora-bora qullar mehnatining unumdorligi kamayib ketgan.
Qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi maʼlum boʻladi.Koʻplab quldorlar qullarni yer ijarachilarga aylantira boshlashadi.Qullar qoʻzgʻolonidan qoʻrqqan, hosildorlikni oshirishga intilgan zamindorlar oʻz yerlarni kichik-kichik mulklarga boʻlib,erkin kambagʻallarga ijaraga bera boshladilar.Ana shu yerlarda ijarachilar dehqonchilik bilan shugʻullandilar.
Mayda yer ijarachilari kolonlar deb atalgan. Yerdan foydalanganlik uchun ular yer egasiga oʻzlari yetishtirgan mahsulotlar bilan toʻlov berishardi.Uy-joyli qullarga "kulbali qullar"deyilgan.Ular ham yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlashgan.
Rimliklarning sevimli tomoshalaridan biri gladiatorlar jangi bilan. Aksariyat gladiatorlar qullar yoki jinoyatchilar boʻlishgan.Ular maxsus yopiq maktablarda taʼlim berishar, soʻngra bir-birlari bilan olishishga, tomoshabinlar koʻnglini xuhlashga majbur qilishar edi.
Mil.avv.74-yilda boshlangan Spartak boshchiligidagi qullar qoʻzgʻoloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qoʻzgʻolonlardan biri edi.Bu qoʻzgʻolon Mil.avv.74-71 yillarda boʻlib oʻtgan.Mark Krass boshchiligidagi koʻp sonli qoʻshin bu qoʻzgʻolon bostiradi



Download 30.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling