1875-1919-yillar - Mahmudxo’ja Behbudiy yashagan yillar
1875-yil - Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi paydo bo’ldi
1875-yil - Podsho hukumati tomonidan armiya xizmati to’g’risidagi nizomga bo’ysunmagani uchun qariyb 1000 kishini tashkil etuvchi Ural kazaklari Petro-Aleksandrovsk, Uralskiy posyolkasiga, Nukus qishlog’iga ko’chirib yuborildi
1875-yil bahori - Qo’qon xonligida Po’latxon boshchiligidagi qo’zg’olon avj oldi
1875-yil 17-iyul - Xudoyorxon tomonidan Po’latxon boshchiligidagi qo’zg’olonni bostirish uchun yuborilgan Abdurahmon Oftobachi va Iso Avliyolar ham qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib ketdi
1875-yil 20-iyul - Xudoyorxon Kaufmandan yordam so’rashga majbur bo’ladi
1875-yil 22-sentabr - Buxoro amiri Nasriddinbek taslim bo’ldi va Kaufman bilan shartnoma imzoladi
1875-yil oktabr boshi - Skobelev boshchiligidagi qo’shin Po’latxon boshchiligidagi qo’zg’olonchilarni tor-mor qilish uchun Andijonga birinchi yurishni boshladi
1875-yil 18-oktabr - Skobelev boshchiligidagi qo’shin Namanganga joylashib, Kaufman qo’mondonligi ostidagi harbiy kuchlarga qo’shildi
1876-yil - Qo’qon xonligining o’rnida Farg’ona viloyati tashkil etildi va unga Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi
1876-yil - Toshkentda Turkiston muzeyi tashkil etildi
1876-yil yanvar - Andijon shahri ruslar tomonidan ikkinchi hujum bilan olindi
1876-yil yanvar - Rus qo’shinlarining Namangan uchun janglari bo’ldi
1876-yil 19-fevral - Rossiya hukumati Qo’qon xonligining tugatilgani to’g’risida farmon chiqardi
1876-yil fevral - General Skobelev qo’shini qurol ustunligi bilan g’alabaga erishdi va Po’latxon va uning tarafdorlari qatl qilindi
1877-yil - Toshkentda «Shahar nizomi» joriy etildi va unga ko’ra shahar boshqaruvi Duma qo’liga o’tdi
1878-1931 - Munavvar qori Abdurashidxonov yashagan yillar
Do'stlaringiz bilan baham: |