1917-yil fevral - Rossiyadagi fevral inqilobi ta’siri ostida Jadidchilik harakati kuchli siyosiy harakatga aylandi va Buxoroda jadidlar ham ancha faollashdi
1917-yil bahorida - Buxoro amirligida Bosh qozi amir qabulxonasida mamlakatda islohotlar o’tkazish haqida va’da berdi va amirning mavjud tuzum asoslariga daxl qilmaydigan va xalqning ahvolini ko’p ham o’nglamaydigan farmonini o’qib eshittirdi.
1917-yil mart - Jadidlar tomonidan Toshkentda barcha erkparvar tashkilotlarning umumiy dasturiga ega bo’lgan yagona tashkilot - «Musulmon markaziy sho’rosi tuzildi va uning ta’sis syezdida 350 ta delegat qatnashgan
1918-yil yanvar - Turkman urug’laridan birining sardori Junaidxon 1,5 ming kishilik otliq otryadlari bilan Xivani, xonlikning boshqa tumanlarini egallab oladi
1918-yil oktabr - Xiva xoni Asfandiyorxon o’ldirildi, uning o’rniga Sayid Abdulla taxtga o’tqazildi
1920-yil yanvar - Toshkentda o’rnashib olgan Yosh buxoroliklarning so’l qismi Fayzulla Xo’jayev rahbarligida «Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurosi”ni tuzishdi
1920-yil fevral - Xiva xonligida Bolsheviklar hukumati “inqilob”tayillarorlay boshladi va u «xalq inqilobi”nomini oldi
1920-yil 27-aprel - Sovetlarning birinchi Butun Xiva qurultoyi to’rt asr davom etgan Xiva xonligi o’rnida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tashkil topganligi e’lon qildi
1920-yil 29-avgust - Jadidlar Chorjo’yda qo’zg’olon uyushtirildi va bu yerda Muvaqqat inqilobiy qo’mita tuzilib, u Rossiya imperiyasi hukumatidan yordam so’rab iltimosnoma bilan murojaat qiladilar
1920-yil 2-sentabr - Bolsheviklar armiyasi qo’shinlari Buxoroga kirdi.
1920-yil 6-oktabr - Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Fayzulla Xo’jayev boshchiligidagi birinchi hukumat Xalq Nozirlari Kengashi tuzilganligi e’lon qilindi
1937-1938-yillar - Jadidlar qatag’on qurboni bo’ldilar
Do'stlaringiz bilan baham: |