1127-1156-yillar Qutbiddin Muhammad o’gli Otsiz davri
1137-yil Xo’jand shahri yaqinida qoraxoniylar eloqxoni Mahmudga qoraxitoyliklar zarba berdi
1141-yil Qoraxoniylar qoraxitoyliklarga yengildi. Qoraxoniylar davlati tugatildi.
1144-yil Mahmud Zamaxshariy Xorazmda vafot etgan.
1145-1221-yillar Ahmad ibn Umar Xivaqiy (Najmiddin Kubro) yashagan yillar
1153-yil Sulton Sanjarga qarshi ko’chmanchi o’g’uzlar bosh ko’tardi
1155-1227-yillar Chingizxon (Timuchin) yashagan yillar
1156-1172-yillar Otsizning o’g’li Elarslon davri
1172-yil Otsizning o’g’li Sulton Muhammad davri
1172-1200-yillar Otsizning o’g’li Takash davri
1186-yil G’aznaviylar davlati barham topdi
1187-1193-yillar Takash Nishopur, Ray, Marv shahararini zabt etdi
1194-yil Eronni Xorazmga Takash tomonidan bo’ysundirilishi
1198-1231-yillar Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdi yashagan.
1200-1220-yillar Takashning o’g’li Alovuddin Muhammad davri
1220-1231-yillar Jaloliddin Manguberdi hukmronlik qilgan.
1206-yil Alovuddin Muhammad movarounnahrni qoraxitoyliklardan ozod qilishga kirishdi
1206-yil Onon daryosi bo’yida Chingizxon mo’g’ullarning ulug’ xoni deb e’lon qilindi
1210-yil Alovuddin Muhammad Talos vodiysida qoraxitoylilarni mag’lubiyatga uchratdi
1210-yil O’tror shahrining aholisi Xorazmshoxlarga qarshi isyon ko’tardi
1212-yil Samarqand shahri aholisi Xorazmshoxlarga qarshi isyon ko’tardi
1216-yil Chingizxon huzuriga Xorazmshox “Bahouddin Roziy” boshchiligida elchi yubordi
1218-yil Chingizxon elchisi Mamhmud Yalovoch Buxoroga keldi
1218-yil O’tror fojiasi
1219-yil kuzida Chingizxon Xorazmshoxlarga qarshi yurish boshladi.
1220-yil fevral Chingizxon Buxoroga hujum boshladi
Do'stlaringiz bilan baham: |