1784-yilda – to’rt hokimlik tugatildi va yagona Toshkent bekligi tashkil etildi.
1785-1800-yillarda – Amir Shohmurod hukmronlik davri.
1790-1804-yillarda – Avaz hukmronlik davri.
1792-1842-yillarda – Mohlaroyim – Nodira yashagan yillar.
1797-yilda – amir Shohmurod elchisi Polvonquli qurchini Rossiyaga yubordi.
1798-1810-yillarda – Olimxon hukmronlik davri.
1799-1880-yillarda – Kunxo’ja Ibrohim yashagan yillar.
1800-1826-yillarda – Amir Haydar hukmronlik davri.
1800-yilda – Munis Xorazmiy otasi vafot etgach, saroy kotibi etib tayinlandi.
1802-1870-yillarda – Muhammad Hakimxon to’ra ibn Ma’sumxon to’ra yashagan yillar.
1803-1804-yillarda – Amir Haydar islohot o’tkazdi.Unga ko’ra amirlikda hamma fuqarolar uchun zaruriy umumiy ta’lim joriy eyildi.
1804-yilda – Munis Xorazmiy birinchi she’rlarini o’z ichiga olgan devon – “Devoni Munisni”ni yaratdi.
1804-yilda – Munis “Savodi ta’lim” asarini yozgan.
1804-yilda – Eltuzar o’zini xon deb e’lon qildi.
1804-yilda – Amir Haydarning ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv aholisi qo’zg’olon ko’tardi.
1804-yilda – Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurildi.
1805-yilda – Olimxon o’zining xonlik nomi yozilgan kumush tanga pul (dinor)ni zarb ettirdi va o’zini xon deb e’lon qildi.
1805-yilda – Olimxon birinchi bo’lib xonlikda 10 ming kishilik muntazam qo’shin tuzdi.
1806-yilda – Eltuzar Xiva – Buxoro urishida halok bo’ldi.
1806-yilda – Buxoro amirligi Xiva xonligi hujumiga uchradi.
1809-yilda – tilla tangalar zarb etish yo’lga qo’yildi.
1809-yilda – Ogahiy Qiyot qishlog’idagi mirob oilasida tug’ildi.
1810-yil fevralda – Olimxon Chimkent, Sayram, Turkiston viloyatlariga harbiy yurish uyushtirdi.
1810-yilda – Toshkent Olimxon davrida Qo’qon xonligi tarkibiga qo’shib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |