1811-yilda – Muhammad Rahimxon I davrida qoraqalpoqlar ham bo’ysunishga majbur etildi.
1812-yilda – Xivaga Eron va qozoqlarning O’rta juz xonligidan elchilar kelishdi.
1812-yilda – Umarxon Buxoroga qaramlikni e’tirof etgan Turkistonga ham qo’shin jo’natdi va uni ishg’ol etdi.
1817-yilda – shu yildan boshlab zarb etila boshlangan kumush va tilla pullarga “Musulmonlar amiri, Sayid Muhammad Umar sulton” deb yozila boshlandi.
1819-yilda – N.I.Muravyov Rossiya elchisi sifatida Xiva xonligiga kelgan.
1821-yilda – Miyonqolda qo’zg’olon ko’tarildi.
1821-yilda – Fazliy Namangoniy, Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rlarini o’z ichiga olgan “Majmuayi shoiron” to’plamini tuzdi.
1822-yilda – Muhammad Rahimxon I Marvni Buxorodan qaytarib oldi.
1822-yilda – Rossiya O’rta juz xonligini bo’ysundirdi.
1822-yilda – Abdulkarim Fazliy Namangoniy Umarxonning topshirig’iga binoan, “Umarnoma” asarini yozib tugatdi.
1822-yilda – Umarxon vafot etdi.
1822-1841-yillarda – Muhammad Alixon (Madalixon) hukmronlik davri.
1824-yilda – Rossiya Kichik juz xonligini bo’ysundirdi.
1824-1878-yillarda – Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li (taxallusi Zevar) yashagan yillar.
1825-yilda – Qasqar aholisini Xitoyga qarshi ozodlik kurashi.
1825-yilda – Muhammad Rahimxon I vafot etdi.
1825-yilda – Munisning “Firdavs ul-iqbol” asari Xorazmning shu yilgacha bo’lgan tarixi bayon etilgan.
1825-1842-yillarda – Olloqulixon hukmronlik davri.
1825-1842-yillarda – Ogahiyning “Davlatning jannat bog’i”(“Riyoz ud-davla”) asarida Xorazmning shu davrlardagi tarixi bayon etilgan.
1825-yilda – Buyuk Britaniya U.Murkford boshchiligida ekspeditsiya yubordi.
1826-1860-yillarda – Amir Nasrullo hukmronlik davri.
1827-1897-yillarda – Ahmad Donish yashagan davr.
Do'stlaringiz bilan baham: |