1868-yil - Buxoro amirligiga qarashli yerlarda Zarafshon okrugi (markazi: Samarqand) tuzildi
1868-yil - Rossiya gazetalari shunday yozadi: «Qoraqalpoqlarning asosiy va deyarli birdan-bir hunari dehqonchilikdir. Mehnatsevarlik sharofatidan Qoraqalpoq yerlari yaxshi sug’oriladi va hech qayerda, hatto chig’ir bilan ko’tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi»
1868-yil aprel - fon Kaufman 4000 dan ziyod harbiy otryad to’plab, Buxoro amirini Turkiston general-gubernatorligi chegaralariga bostirib kirishga tayillarorgarlik ko’rishda ayblab, Samarqandga qarshi yurish qildi
1868-yil 1-may - fon Kaufman qo’shinlari Cho’ponota tepaligiga yurish boshladi
1868-yil 2-iyun - Kitob hokimi Jo’rabek va Shahrisabz hokimi Bobobek Samarqandlik qo’zg’olonchilar bilan Rus qo’shinlari garnizoni joylashgan qal’aga hujum boshladi
1868-yil 8-iyun - Samarqand qo’zg’lonchilari shaharni tashlab tog’ tomonga chekinishga majbur bo’ladilar
1868-yil 28-iyun - Samarqand shahrida fon Kaufman bilan Buxoro amiri Muzaffar o’rtasida Buxoroni Rossiya protektoratiga aylantirgan shartnoma imzolandi
1869-1870-yillar - Qo’qonda Hokim Oyim madrasasi qurildi
1869-1870-yillar - Rossiya Tashqi Ishlar Vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegaralarni belgilash to’g’risida muzokaralar boshladi
1869-1932-yillar - Rus sharqshunosi va arxeologi V. Vyatkin yashagan yillar
1870-yil - Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etildi
1870-yil - Turkiston general-gubernatori Samara teatrini Turkiston o’lkasiga taklif etdi va u o’lkada bir necha kunlik dasturlarini namoyish etdi
1870-yil - Turkiston general-gubernatorligining rasmiy nashri - «Turkistanskiye vedomosti» va uning o’zbek tilidagi ilovasi «Turkiston viloyatining gazeti» muntazam chiqa boshladi. Gazetaning muharriri N. Ostroumov edi
1871-yil - O’rta Osiyo olimlari jamiyati tashkil etildi
Do'stlaringiz bilan baham: |