1864-yil 1-oktabr - Chernyayev o’zini podshoga yaxshi ko’rsatish uchun Toshkentni bosib olishga harakat qildi, lekin 70 nafardan ziyod askarlaridan ajralib, Chimkentga chekinishga majbur bo’ldi
1864-yil kuzi - Ruslar tomonidan Chimkent shahri bosib olindi va Yangi Qo’qon chizig’i asosida qo’lga kiritilgan qal’alar birlashtirildi
1865-1868 - O’rta Osiyoni bosib olinishining ikkinchi bosqichi bo’ldi. Qo’qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi
1865-yil - Ahmad Donish Amir Muzaffar taklifi bilan “Manozir ul-kavokib” (Sayillaroralarning joylanishlari) asarini yozdi
1865-yil - Turkiston viloyati tashkil etildi (Orenburg general-gubernatorligi tarkibida)
1865-yil aprel - Rossiya qo’shinlari Toshkentni bosib olishga yana bir bor urinib ko’rdi
1865-yil may - Chernyayev qo’shinlari bevosita Toshkentga hujum boshladilar
1865-yil may - Turkiston viloyati harbiy gubernatorlari tomonidan Xo’jand qal’asi qamalga olindi va shahar 20 ta to’pdan o’qqa tutildi
1865-yil 24-may - Turkiston viloyati gubernatori Romanovskiy qo’shinlari Xo’jand qal’asini bosib oldi
1865-yil 17-iyun - Chernyayev Beshyog’och, Ko’kcha, Sebzor, Shayxontohur dahalarining oqsoqollarini chaqirdi
1865-yil 6-avgust - «Turkiston viloyatini boshqarish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom» qabul qilindi
1866-yil - Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy Buxoro amirining vakili bilan sulh shartnomasi bo’yicha uchrashib, 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon to’lashni talab qildi
1866-yil - Rossiya imperiyasi tomonidan yerlik aholiga o’z ta’sirini kuchaytirish uchun Toshkentda Mahkama joriy qilindi
1866-yil - Turkiston viloyatining gubernatori Romanovskiy Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayillarorgarlik ko’rayotganligini bahona qilib, unga qarshi yurish boshlashga imperatordan ruhsat so’radi
1866-yil 8-may - Buxoro amirligi va Rossiya qo’shinlari o’rtasidagi birinchi jang Erjar qishlog’i yaqinida bo’ldi
Do'stlaringiz bilan baham: |