1892-1916-yillar - Turkiston «kuchaytirilgan qo’riqlov va «favqulodda qo’riqlov» holatida bo’ldi
1892-yil - Rossiyadan o’zboshimchalik bilan ko’chib kelgan kishilar ham ma’muriyat ruxsati bilan ko’chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkinligi e’lon qilindi
1892-yil - Rus mustamlakachilari oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar
1892-yil mart - Afg’onistonda vabo kasalligi tarqaldi
1892-yil bahor oxiri - Vabo kasalligi Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida qayd qilindi
1892-yil 7-iyun - Vabo kasalligi Toshkentda qayd qilindi
1892-yil 18-iyun - Turkiston o’lkasida «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida» joriy etildi
1892-yil 24-iyun - «Toshotar voqeasi» (Vabo isyoni) deb nom olgan qo’zg’olon boshlandi
1893-yil - Amir Olimxonni otasi Abdulahadxon Peterburgga o’qishga jo’natdi va bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqarish asoslarini o’rgandi
1893-yil - Buxoro amirligida birinchi jadid maktabi qurildi
1893-yil - Ismoil G’aspirali Toshkent, Samarqand, Buxoroga tashrif buyurdi
1893-yil - O’rta Osiyo olimlari jamiyati mablag’ yo’qligi tufayli o’z faoliyatini to’xtatishga majbur bo’ladi
1894-1917-yillar - Rossiya podshosi Nikolay II hukmronligi davri
1895-yil - Arxeologiya havaskorlari to’garagi tashkil etildi
1896-yil - Namangan uyezdining Oqsuv-Shahrihon volostidagi Naymanchi, Ko’hna mozor, Langarbob qishloqlarida aholining mingboshilar saylovidagi noroziligi oshkora qo’zg’olonga aylanib ketdi
1896-yil - Turkistonda birinchi gimnaziya ochildi
1897-yil - Turkiston o’lkasida o’zbeklar va boshqa tub joy xalqlar 5 mln kishini, ruslar ukrain va beloruslar bilan birga 197000 kishini tashkil etardi
1898-yil - Qo’qonda Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabini ochdi
1898-yil - Rus imperatori Nikolay II Turkiston generalgubernatori general-leytenant Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, uning o’rniga vaqtinchalik Sirdaryo viloyati gubernatori Korolkovni tayinladi
1898-yil - Turkiston o’lkasida sud nizomlarini qo’llash qoidalariga muvofiq viloyat sudlari tugatildi, ularning o’rniga okrug sudlari va Toshkent Sud palatasi tuzildi
Do'stlaringiz bilan baham: |