1882-1884-yillar - Turkiston o’lkasini Rossiya imperatorining maxfiy maslahatchisi F.Girs taftish qildi
1882-yil - Talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli Namangan aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko’tarib chiqdi
1882-yil - Xiva xoni Muhammad Rahimxon II «maqomlarni xalqning daxlsiz mulki» deb e’lon qildi
1882-yil - Xudoyorxon Afg’onistonda vafot etdi
1884-1889-yillar - Turkiston general-gubernatori Rozenbax hukmronligi
1884-yil - Ismoil G’aspirali Qrimdagi Boqchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos solidi
1884-yil - Turkistonda yangi paxta navi (Amerika navi) yetishtirila boshlandi
1884-yil - Turkistondagi birinchi rus-tuzem maktabi Toshkentda Saidg’ani Saidazimboy uyida ochiladi
1885-1887-yillar - Ingliz-rus komissiyasi muzokaralari natijasida Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afg’oniston o’rtasidagi chegara chizig’ini belgilash nihoyasiga yetkazildi
1885-yil - Kaspiyorti temiryo’lining qurilishi
1885-yil - Turkistonda qo’zg’olonchilar kurash usullarini o’zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar
1885-yil iyul - Baljuvon bekligida Vose qo’zg’oloni bo’ldi. Amir Muzaffar va Vose boshchiligidagi dehqonlar o’rtasida jang bo’lib o’tdi va unda yomon harbiy ta’lim ko’rgan dehqonlar mag’lubiyatga uchradi
1885-yil yozi - Farg’ona vodiysida xalq qo’zg’olonlari avj olib, Andijonda Darveshxon boshchiligida qo’zg’olon ko’tarildi
1886-yil - «Nizom» loyihasiga ko’ra, uyezd sudlari bekor qilindi va ularning o’rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudlari tuzildi, viloyat boshqaruvining sud bo’limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi. Sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi
1886-yil - Rossiya imperatorining siyosiy agentligi tasis etildi
Do'stlaringiz bilan baham: |