Sinf tushunchasi va sinflarning e’lon qilinishi


Download 1.06 Mb.
bet12/12
Sana14.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1093162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Yakuniy dasturlash nazariy savollarga javaoblar — копия

Amallar

Massiv

Vector

Massiv/vektorni yaratish

string a[10]

vector v

Elementga murojaat

a[index]

v[index]

Elementga qiymat berish

a[index] = "London"

v[index] = "London"

Hajmni qaytarish




v.size()

Yangi element qo`shish




v.push_back("London")

Elementni o`chirish




v.pop_back()

Barcha elementlarni o`chirish




v.clear()

Vektorlar va massivlarning har ikkalasi ham elementlar ro`yxatini yozish uchun ishlatiladi. Agar ro`yxat hajmi o`zgarmas bo`lsa, massivdan foydalanish samaraliroq. Vektor esa, hajmi o`zgaruvchan massivdir. vector sinfi vektorga murojaat qilish va unga ishlov berishga mo`ljallangan ko`plab a’zo funksiyalarga ega. Massivlarga nisbatan vektorlarni ishlatish ko`proq qayta sozlash imkoniyatlarini beradi. Umuman olganda, massivlarni almashtirish uchun har doim vektorlardan foydalanishimiz mumkin.

  1. Merosxo’rlik to’g’risidagi 4 asosiy tushunchalarni yozing (Kalit so’zlar: D. Liang muallifligidagi “Introduction to programming with C++” kitobning 567-betida ma’lumot keltirilgan).


Ob’yektga yo`naltirilgan dasturlash mavjud sinf asosida yangi sinflarni aniqlashga ruxsat beradi. Bu merosxo`rlik deb yuritiladi.Merosxo`rlik – dasturlardan qayta foydalanish nuqtayi nazaridan, C++ dasturlashning eng muhim va yutuqli tomonidir Merosxo`rlik bazaviy sinfni aniqlash va keyinchalik uni turli yo`nalishlardagi sinflar sifatida kengaytirish imkonini beradi.Biz sinfdan bir turdagi ob’yektni modellashtirish uchun foydalanamiz. Har xil sinflar boshqa sinflarning umumiy bir qismi bo`la oluvchi sinfda biror umumiy xususiyatlar va xulq-atvorlarga ega bo`lishi mumkin. Merosxo`rlik bazaviy sinfni aniqlash va keyinchalik uni turli ixtisosliklardagi sinflar sifatida kengaytirish imkonini beradi. Ixtisoslashgan sinflar xususiyatlar va sinflarni bazaviy sinfdan meros qilib oladi Kengaytirilgan sinf ob’yekti asosiy tur parametri talab etilgan ob’yektga yuborilishi mumkin. Shuning uchun ham ob’yekt argumentlar sohasi uchun umumiy funksiyani qo`llash mumkin. Bu umumiy dasturlash deb nom olgan.Agar funksiyaning parametrik turi bazaviy sinf bo`lsa (masalan, GeometricObject), funksiya parametrining ixtiyoriykengaytirilgan sinfi funksiyasiga ob’yekt yuborish mumkin. . Kengaytirilgan sinf konstruktori o`zining tarkibidagi kodni ishga tushirishidan avval, uning bazaviy sinfi konstruktorini chaqiradi.Kengaytirilgan sinf destruktori esa, avval o`zidagi kodni ishga tushiradi va so`ngra, bazaviy sinf destruktorini chaqiradi. Kengaytirilgan sinf o`zining bazaviy sinfidan ruxsat etilgan ma’lumotlar maydonlari va funksiyalarni meros qilib oladi.


  1. Sinfda polimorfizm va me’rosxo’rlikdan foydalanish (Kalit so’zlar: polimorfizm, merosxo’rlik, meros sinf, supertur, turosti, protected, private)

Polimorfizm supertur o`zgaruvchisi turosti ob’yektga havola qilishi mumkinligini anglatadi.Ob’yektga yo`naltirilgan dasturlashning asosiy uchta ustuni mavjud bo`lib, bular: inkapsulyatsiya, merosxo`rlik va polimorfizm. Dastlabki ikkitasini allaqachon o`rganib oldik. Bu darsimizda polimorfizmni o`rganim chiqamiz.Birinchidan, keling, ko`p ishlatiluvchi ikkita terminni e’lon qilamiz: turosti va supertur. Kengaytirilgan sinf tomonidan aniqlangan tur – turosti, uning bazaviy sinfi tomonidan aniqlangan tur – supertur deb ataladi Funksiya merosxo`rlik zanjiri bo`ylab, bir nechta sinflarda tadbiq qilinishi mumkin. Virtual funksiyalar tizimga ob’yektning faol turi bo`yicha bajarilish vaqtida qaysi funksiya chaqirilishini hal etish imkonini beradi. Sinfning himoyalangan a’zosiga kengaytirilgansinfdan turib murojaat qilish mumkin. Ko`pincha kengaytirilgan sinfdan turib bazaviy sinfdagi ma’lumotlar maydonlari yoki funksiyalarga murojaat qilish mumkin bo`ladi va meros olmagan sinflar bunday imkoniyatlarga ega bo`lishmaydi. Bunday hollarda protected – kalit so`zidan foydalanish mumkin. private, protected, va public kalit so`zlari tashrifchi yoki murojaatchi kalit so`zlar deb ataladi.
Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling