Sinf tushunchasi va sinflarning e’lon qilinishi


Ko’rsatkich o’zgaruvchisi haqida batafsil ma’lumot bering


Download 1.06 Mb.
bet4/12
Sana14.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1093162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yakuniy dasturlash nazariy savollarga javaoblar — копия

Ko’rsatkich o’zgaruvchisi haqida batafsil ma’lumot bering. (Kalit so’zlar: ko’rsatgich o’zgaruvchisi, o’zgaruvchining adresi, adresni o’zgaruvchiga ta’minlash, massivlar bilan islash)

Ko`rsatkichli o`zgaruvchi o`zida xotira manzilini saqlaydi. Ko`rsatkich orqali xotiraning muayyan bir qismida joylashgan qiymatga murojaat qilish uchun * – qaytar havola operatoridan foydalanish mumkin.Ko`rsatkichli o`zgaruvchilar, qisqa qilib aytganda, ko`rsatkichlar xotira manzillarini o`z qiymatlari sifatida o`zida saqlash uchun e’lon qilinadi. Odatda, o`zgaruvchi o`zida butun, haqiqiy va belgili ma’lumot turlariga tegishli qiymatlarni saqlaydi. Ko`rsatkich esa, o`sha o`zida biror ma’lumot turiga tegishli bo`lgan qiymatni saqlovchi o`zgaruvchining xotira manzilini saqlaydi. 4.1-rasmda pCount ko`rsatkichi o`zida count o`zgaruvchisining xotira manzilini saqlaydi.Xotiraning har bir bayti alohida manzilga ega. O`zgaruvchi manzili – bu o`zgaruvchi uchun ajratilgan birinchi bayt manzilidir. Tasavvur qilaylik, count, status, va letter o`zgaruvchilari quyidagicha e’lon qilingan:
int count = 5;
short status = 2;
char letter = 'A';
string s("ABC");
4.1-rasmda ko`rsatilganidek, count o`zgaruvchisi to`rt baytdan iborat int turida, status o`zgaruvchisi ikki baytdan iborat short turida va letter o`zgaruvchisi bir baytdan iborat char turida e’lon qilingan. Eslab olamiz, 'A' uchun o`n oltilikdagi ASCII qiymat 55 ga teng. s o`zgaruvchi string turida e’lon qilingan. Uning xotiradagi hajmi tarkibidagi belgilar soniga qarab o`zgarishi mumkin, lekin u dastlab e’lon qilinganidan boshlab olgan xotira manzilini o`zgartirmaydi.Boshqa o`zgaruvchilar singari, ko`rsatkichlar ham ulardan foydalanishdan oldin e’lon qilinishi lozim. Ko`rsatkichni quyidagicha sintaksis asosida e’lon qilishimiz mumkin:
ma’lumotTuri* kO`zgaruvchiNomi;Ko`rsatkich sifatida e’lon qilinuvchi har bir o`zgaruvchidan oldin yulduzcha (*) belgisi qo`yilishi lozim. Misol uchun, quyidagi ko`rsatma satrlari pCount, pStatus, va pLetter nomlari bilan, mos ravishda int, short, char, va string o`zgaruvchilarni ko`rsata oladigan ko`rsatkichlarni e’lon qiladi:

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling