Konstruktorlar va destruktor (parametrli, parametrsiz, ob’yekt yaratish, vazifalari);
. Konstruktor ob’yektni yaratish uchun chaqiriladi.
Konstruktor – funksiyalarning alohida tipi bo`lib, quyidagi uch xususiyatga ega:
Konstruktor sinf nomi bilan bir xil bo`lgan nomga ega bo`lishi lozim;
Konstruktorlar qaytaruvchi tipga ega emas, hatto void ga ham;
Konstruktorlar ob’yekt yaratilishida chaqiriladi. Konstruktorlar ob’yektlarni yuklovchi vazifasini bajaradi.
Kontruktor aynan aniqlangan sinf bilan bir xil nomga ega bo`ladi. Boshqa funksiyalar kabi konstruktorlar ham turli ma’lumot turlari qiymatlarida ob’yektlarni konstruksiyalashni osonlashtirish uchun qayta yuklanishi mumkin (bunda bir nechta konstruktorlar bitta nom bilan, ammo turli belgilanishlar bilan keladi). . Kengaytirilgan sinf konstruktori o`zining tarkibidagi kodni ishga tushirishidan avval, uning bazaviy sinfi konstruktorini chaqiradi.Kengaytirilgan sinf destruktori esa, avval o`zidagi kodni ishga tushiradi va so`ngra, bazaviy sinf destruktorini chaqiradi.
Kengaytirilgan sinf o`zining bazaviy sinfidan ruxsat etilgan ma’lumotlar maydonlari va funksiyalarni meros qilib oladi. U konstruktor yoki destruktorni meros qilib olishi mumkinmi? Kengaytirilgan sinfdan turib, bazaviy sinf konstruktori yoki destruktorini chaqirib olish mumkinmi? Quyida ushbu savollarni va ularning yechimlari ko`rib chiqiladi
Sinflarning UML diagramma ko’rinishida berilishi(Kalit so’zlar: Sinfnomi, konstruktor, o’zgaruvcilar, metodlar)
UML (Unified Modeling Language) yo`riqnomalaridan foydalangan holda standartlashtirish mumkin. Bu UML sinflar diagrammalari yoki shunchaki sinflar diagrammalari deb yuritiladi. Ma’lumotlar maydoni esa quyidagicha tavsiflanadi:
dataFieldName: dataFieldType
Konstruktor quyidagicha tavsiflanadi:
ClassName(parameterName: parameterType)
Funksiya quyidagicha tavsiflanadi:
functionName(parameterName:parameterType):returnType
1.3-rasm. Sinflar va ob’yektlar UML yo`riqnomalaridan foydalangan holda taqdim qilinishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |