Sinf VIII 1-dars


Kompyutyerda ishlashning sanitariya-gigiena talablari


Download 0.55 Mb.
bet2/41
Sana02.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1690551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Sinf VIII 1-dars I. Mavzu

Kompyutyerda ishlashning sanitariya-gigiena talablari.
Kompyutyer xonasida tushayotgan yorug’lik o’quvchining ish joyiga tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va tugmalar ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi maqsadga muvofiq.
Xonadagi havo harorati o’rtacha 20-24oC atrofida bo’lishi lozim.
VIII-IX sinf o’quvchilarining shaxsiy kompyutyer bilan uzluksiz ishlash vaqti 25-30 daqiqadan, bir kun davomida esa 50 daqiqadan oshmasligi ma'qul.
O’quvchi kompyutyerdan eng kamida 40 sm narida o’tirishi kyerak.
Kompyutyer xonasida o’tkazilayotgan dars paytida o’quvchilarga tana mushaklarida va ko’zlarida zuriqish hosil bo’lmasligi uchun davomi 2-3 daqiqadan iborat dam byerilishi lozim. Shu laxzalarda o’quvchilarga engil kuy eshitish, kursida o’tirgan holda qo’l va bo’yin mushaklari toliqmasligi uchun engil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
Har bir o’quv guruxi shunday kichik guruxlarga bo’linishi kyerakki, mashg’ulotda qatnashayotgan o’quvchilarning umumiy soni 20 tadan oshmasligi darkor.
Endi ko’z va tana uchun jismoniy mashqlardan namunalar keltiramiz.
Ko’z uchun: mashqlar o’tirib yoki turib kompyutyer ekraniga qaramagan holda davriy ravishda nafas olib, ko’zni katta-katta ochgan holda bajariladi.
1) 1-4 hisobda ko’z mushaklarini qattiq tarang tortib, ko’zni yuming, 1-6 hisobda ko’z mushaklarini bo’sh quying, ko’zni oching. 4-5 marta takrorlansin.
2) 1-4 hisobda burun uchiga qarang va biroz qarab turing. Bunda ko’zni charchashigacha olib kelmang. So’ngra 1-6 hisobda ko’zni ochib, uzoqqa tikiling. 4-5 marta takrorlansin.
3) 1-4 hisobda boshni burmasdan ungga qarang va biroz qarab turing. 1-6 hisobda to’g’riga uzoq masofaga qarang. Huddi shuningdek, bu mashq ko’zni yuqoriga, pasga va chapga burgan holda takrorlanadi. 1-6 hisobda qarashni darxol diagonal bo’yicha o’ng yuqoriga, o’ng pastga, so’ngra 1-6 hisobda chap yuqoriga, chap pastga o’tkazib uzoqqa qarang. 3-4 mrta takrorlansin.
Tana uchun: jismoniy mashqlar qarakatlanish qobiliyatini ko’taradi, asab, yurak-tomir, nafas olish va mushak sistemalarini rag’batlantiradi, umumiy charchoqni chiqaradi, aqliy mehnat qobiliyatini ko’taradi.
1-mashq. 20-30 sekund turgan joyda o’rta sur'atda yurish.
1) Dastlabki holat tik turish. 1 - hisobda qo’llar oldinda, kaftlar pastga qaragan. 2 - hisobda qo’llar yonga, kaftlar pastga qaragan. 3-hisobda oyoq uchida turing, qo’llaringizni yuqoriga qilib engashing. 4-hisobda dastlabki holatga qayting.
Sekin sur'atda 4-6 marta takrorlansin.
2)Dastlabki holat - oyoqlar elka kengligida.1-hisobda qo’llar bosh orqasida, tanani ungga buring. 2-hisobda tana dastlabki holatda, qo’llarni atrofga yoyib oling egiling, boshni orqaga tomon ko’taring. 3-hisobda to’g’irlaning, qo’llar bosh orqasda, tanani chapga buring. 4-hisobda dastlabki holat. 5-8 hisobda huddi shuning o’zi boshqa tomonga bajariladi. Sekin sur'atda 6 marta takrorlansin va x.k.


V. O'quvchilarni baholash:
VI. Uyga topshiriq: Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablarini o'rganib, yodlab kelish.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling