Sinf: VIII jahon tarixi Sana I. Mavzu: Kirish: "Yangi tarix"ning boshlanishi


Download 33 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi33 Kb.
#130291
Bog'liq
01 Kirish


Sinf: VIII Jahon tarixi Sana_____________

I.Mavzu: Kirish: "Yangi tarix"ning boshlanishi

II. Dars maqsadi:

a) Ta`limiy maqsad: Mavzu xaqida bilimlarga ega bo’lish

b) Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

c) Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish



III.Dars usuli: Yangi tushuncha berish.

VI.Dars jiхozi: Darslik , bukletlar, xarita, tarqatma material

V.Darsning borishi:

a) Davomadni aniqlash.

b) Dunyo yangiliklarini so’rash

c) O`tilgan mavzuni mustaxkamlash.


VI. Yangi mavzu bayoni:

"Yangi tarix" tushunchasi xaqida. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’zining "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" kitobida "O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unitgan millatning kelajagi yo’q",-deb ta'kidlashi bilan birga xar qanday inson jaxon tarixini, umumbashariy taraqqiyot yo’lini chuqur idrok etishi zarurligini xam uqtirganlar. Darxaqiqat, mustaqillik sharofati bilan biz jaxon tarixini xaqqoniy o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Siz aziz o’quvchilarga jaxon tarixini o’rganishdek qiziqarli va murakkab faoliyatda qunt va zukkolik xamroxingiz bo’lishini tilaymiz.

Siz 7-sinf "Jaxon tarixi" darsligi orqali xorij davlatlarining V-XV asrlar tarixini o’rgangan edingiz. Ayni paytda bu asrlarning "O’rta asrlar" deb atalishini xam bilib olgansiz.

Qo’lingizdagi VIII sinf "Jaxon tarixi" darsligi Sizni xorij davlatlarining XVI-XIX asri 60-yillari tarixi bilan tanishtiradi. Olimlar insoniyatning XVI asrdan boshlanadigan tarixiga "Yangi tarix" deb nom berganlar. Xo’sh, nega? Buning sababi shuki, XVI asr insoniyat tarixida yangi, keyinchalik industrial jamiyat deb atalgan jamiyatga asos soldi.

Bu jamiyatning dastlab G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada qaror topa borish jarayoni XVI-XIX asrlarni o’z ichiga oladi.

Kapitalizm - jamiyatning xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik tartiblarga asoslangan shakli.

Industrial jamiyat kapitalizm deb xam ataladi.

Bu jamiyatning nomi kapital so’zidan olingan. Kapital-o’z egasiga daromad keltiruvchi xususiy mulk va mablag’, o’zini-o’zi ko’paytiruvchi sarmoyadir. Bu sarmoyaning asosida erkin tadbirkorlik faoliyati yotadi.

Kapitalizm Siz 7-sinfda bilib olgan feodal jamiyatidan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? Tub farq-bu jamiyatning xususiy mulkdan va yollanma mexnatdan foydalanishda kishilarga keng erkinlik berganligidir. Bu jamiyat o’rta asrlarda bo’lgani kabi, kishini kishiga qonun bilan majburlab bog’lab qo’ymagan jamiyatdir. Shu bilan birga, insonning qobiliyati, saloxiyati, g’ayrati va shijoatiga katta yo’l ochgan jamiyat xamdir.

Shu sababli kapitalizm insoniyat tarixida misli ko’rilmagan kashfiyotlar va ixtirolar davri bo’ldi.

Kapitalizm davrida kishilar motor, mashina, paroxod, parovoz, temir yo’l, dizel, martin pechi va boshqalarni kashf etdilar. Aviatsiya, telegraf, telefon, televideniye, radioni o’ylab topdilar. Yer yuzini elektr chiroqlari bilan yoritish boshlandi. Yangi-yangi energiya manbalari yaratildi. Yangi jamiyat-kapitalizm dastlab G’arbiy Yevropada, keyinroq esa Shimoliy Amerikada qaror topdi.

Kapitalizm jamiyati keyinchalik industrial jamiyat deb xam atala boshlandi.

Industrial jamiyat - bu, kapitalizmning rivojlangan bosqichidir.

Osiyoda yangi jamiyat shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari. Osiyoda yangi jamiyatning qaror topishi nixoyatda uzoq davrni qamrab oldi. Buning asosiy sababi, Osiyoda an'anaviy jamiyat xukm surganligi edi.

Xo’sh, an'anaviy jamiyat qanday jamiyat edi? An'anaviy jamiyat-mulkchilik, ishlab chiqarish xamda taqsimot shakllari qat'iy belgilab qo’yiladigan, o’zgarmas, turg’un jamiyatdir.

Deyarli butun Osiyoda, shu jumladan, Markaziy Osiyoda xam Yevropa va Shimoliy Amerikada kapitalizm gurkirab rivojlanayotgan 1 paytda, o’rta asrlarning maxsuli bo’lgan an'anaviy jamiyat xukm suraverdi.

Xo’sh, nega shunday bo’ldi?

Avvalo, Osiyoda Yevropadagidek yerga to’la xususiy mulkchilik qaror topmadi. Yevropada feodal jamiyatining ilk bosqichidayoq yer mulkdorlar o’rtasida to’la taqsimlanib bo’lingan edi. Dexqonlar esa o’sha yeregalariga biriktirib qo’yilgan. Bunday dexqonlar, Siz 7-sinf "Jaxon tarixi" darsligidan bilib olganingizdek, krepostnoy dexqonlar deb atalgan.

Osiyoda esa mulk barcha merosxo’rlar o’rtasida taqsimlangan. Chunki, jamiyatdagi xuquqiy va axloqiy me'yorlar mayda va jamoa mulkchiligini ximoya qilardi. Bu qoida ishlab chiqarishning yiriklashuviga, daromadning 1 qo’lda to’planishiga imkon bermagan.

Yerga xususiy mulkning to’la qaror topmaganligi mulkchilikning boshqa soxalariga xam ta'sir o’tkazgan. Chunonchi, Osiyoda xunarmandchilik fabrika ishlab chiqarishi darajasiga ko’tarila olmagan. Aksincha, u asosan, erkin oilaviy sharoitda rivojlangan. Natijada Yevropadagidek mashina kuchidan foydalaniladigan sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelmagan,

Yevropada kuchli mulkiy tabaqalanish o’zaro begonalashishni, shaxsiy manfaatni ustun qo’yishni, yashash uchun shafqatsiz kurash sharoitiga moslashishni vujudga keltirgan 1 sharoitda, an'anaviylik Osiyoda shaxs tashabbuskorligini rag’batlantirmagan. Bu omillar Osiyoda o’rta asr tartiblarining uzoq saqlanib qolishiga olib kelgan.

Odamzod insoniyatning butun tarixi davomida yaratgan moddiy va ma'naviy boyligining 90 %ini atigi keyingi 5 asr (XVI-XIX asrlar) mobaynida yaratdi. To’g’ri, bunga osonlikcha erishilgani yo’q. Kapitalizm, ayni paytda cheksiz ekspluatatsiya xukm surgan, rivojlangan davlatlarning o’zga kuchsiz mamlakatlarni ayovsiz talashi, mlnlab kishilarning yostig’ini quritgan jaxon urushlari manbai xam bo’lganligiga tarix guvox.

Lekin oxir-oqibatda kapitalizmning bunyodkorlik xislati uning vayronalar keltirgan xislatlaridan ustun bo’lib chiqdi. Butun o’tgan tarix buni tasdiqlaydi.

Yangi tarix. Yangi tarix, o’z navbatida 2 davrga bo’lib o’rganiladi. 1-davr XVI-XIX asr 60-yillarini, 2-davr esa XIX asrning 70-yillaridan XIX asrning 20-yillarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.

Siz 8-sinfda XVI-XIX asrning 60-yillari tarixini o’rganasiz.

Yangi tarix 1-davri, o’z navbatida, 2 bosqichga bo’linadi. Uning 1-bosqichi XVI-XVIII asrlarni o’z ichiga oladi. Bu bosqichida G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada yangi jamiyat-kapitalizmning vujudga kelishi uchun zarur shart-sharoitlar shakllandi. Shuningdek, bu jamiyatning qaror topishiga olib kelgan inqiloblar ro’y berdi.

Dastlab G’arbiy Yevropada (Angliya, undan keyin Fransiyada) va Shimoliy Amerikada (Amerika Qo’shma Shtatlarida) sanoat to’ntarishi amalga oshirildi. Ya'ni, manufaktura ishlab chiqarishdan texnika ixtirolari keng qo’llaniladigan fabrika va zavod ishlab chiqarishiga o’tildi. Oqibatda, qo’l mexnatiga asoslangan manufaktura ishlab chiqarishi o’rnini mashinalar ishlab chiqarishi egalladi. Ishlab chiqarishda mashina (texnika)dan keng foydalanish, o’z navbatida, mexnat unumdorligining 1 necha o’n, yuz barobar o’sishini ta'minladi. Bu xodisa kapitalizmning tez sur'atlarbilan rivojlanishiga olib keldi.

2-bosqich XIX asrdan shu asrning 60-yillari oxirigacha bo’lgan davrni qamrab oladi.



Yangi tarix 1-davrining 2-bosqichida Yevropa va Amerika Qo’shma Shtatlarida sanoat to’ntarishi nixoyasiga yetdi. Bu texnika yordamida yangi texnika yaratishga o’tish boshlandi, degani edi.

VII Mustahkamlash

VIII. O`quvchilarni baholash:
IX. Uyga vazifa: mavzuni o’qish
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling