Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan gigienik talablar. Akademik litsey,kasb-hunar kollejlariga dars jarayonlariga qo’yiladigan gigenik talablar


O’quvchining dars xonasi yoki dars tayyorlaydigan burchagiga bo’lgan gigienik talablar


Download 55.56 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1545256
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sinf xonalarining yoritishi,isitilishib va shamollashga qo’yiladigan

O’quvchining dars xonasi yoki dars tayyorlaydigan burchagiga bo’lgan gigienik talablar.
Uyda dars tayyorlash uchun o’quvchining maxsus joyi bo’lmog’i lozim. Bu joy derazaga yaqin joydan ajratiladi. Bo’yning o’sishiga qarab stol va stulning balandligi o’zgartirib turiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun stolning balandligi 54-60 sm, stulning balandligi 32-36 sm, o’rta sinflarda stoli 62-66 sm, stuli 40-42 sm, yuqori sinflarda stolning balandligi 72-78 sm, stulning balandligi 44-48 sm bo’lishi kerak.
O’quvchi stoli ustida 60-75 vt quvvatli elektr lampasi bo’lib, u yashil soyabon bilan qoplangan bo’lishi lozim. Deraza va lampa yorug’ligi chap tomondan tushishi kerak.
Bolalar va o’smirlar muassasalarini loyihalashtirish va qurish ustidan olib boriladigan ogog’lantirish sanitariya nazorati quyidagilarni;
1) muassasa qurish uchun ajratilgan eruchastkasini tekshirish va undan foydalanish mumkinligi haqida xulosa tayyorlash (301G’V shakl);
2) bolalar va o’smirlar muassasalarini borib ko’rish va qayta qurish loyihalarini ko’rib, xulosa tayyorlash (303G’V shakl);
3) bu muassasalarda qurilish va tiklash ishlarining borishini nazorat qilish (305G’V shakl);
4) davlat komissiyasi tarkibida yangi qurilgan muassasani foydalanishga topshirish vaqtida ishtirok etishni o’z ichiga oladi.
Joriy sanitariya nazorati quyidagilarni: bolalar va o’smirlar muassasalarida barcha sanitariya-gigiena qonun-qoidalari bajarilishini nazorat qilish;
- bolalar va o’smirlar muassasasidagi o’quv-tarbiya sharoitlarini tekshirish, tibbiy ko’rik natijalari asosida aniqlangan kasalliklarning kelib chiqish sabablarini o’rganib, muassasa sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish;
- bolalar va o’smirlar muassasalaridagi tibbiyot xodimlarining sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish ustidan nazorat qilishni o’z ichiga oladi.
Joriy sanitariya nazoratini amalga oshirishda Respublika sog’likni saqlash hamda maorif vazirliklari tomonidan tasdiklangan amaldagi sanitariya me’yor va qoidalariga, qo’llanmalarga, buyruqlarga, tavsiyanomalarga va boshqa yuqori idoralarning ko’rgazmalariga asoslanadi.
Bolalar va o’smirlar gigienasi bo’yicha ishlovchi sanitariya vrachi deontologiyaning asosiy qoidalariga tayanishi lozim. Sanitariya-epidemiologiya xizmatini boshqarish muassasalaridagi sanitariya-qoida hujjati sifatida «O’zbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati haqidagi qonun» (1992 y.) xizmat qiladi.

Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling