Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba’zi farq qiluvchi xususiyatlarga EGA


Matematik tanlovlar va olimpiadalar


Download 480.91 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi480.91 Kb.
#211614
1   2   3   4   5
Bog'liq
konferensiya uchun

Matematik tanlovlar va olimpiadalar

Matematik tanlovlar.

Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib hisoblanadi. Asosan o‘quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Konkurslar o‘tkazishni 5-sinfdan boshlash maqsadga muvofikdir. Masalan, Zakovat o’yinlarini o’tkazish 5-11-sinf o’quvchilaridan iborat 5 ta guruh (haftada bir marta) bellashishadi . Har safar kam ball to’plagan guruh o’yinni tark etadi. Oyning 4 haftasida final o’yini o’tkaziladi, unda ikki guruh musobaqalashishadi.



Matematik olimpiadalar

Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng masshtabda o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir.

Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o‘quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi.

Matematik gazeta va viktorinalar

Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib qiziqish xarakterida bo‘ladi.Gazetada buyuk matematiklarning hayoti va matematikaga qo’shgan hissalar, urli murakkab va qiziqarli masalalarning yechimlari, Matematik hangomalar, krosvordlar va resuslar beriladi.

Viktorinada esa o‘quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda o‘quvchilarga yetkaziladi.

Matematik konkurslar va viktorinalar. Konkrus mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi.

Matematik viktorinalar – gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida bajariladi va o‘qituvchi tomonidan g‘olib o‘quvchi aniqlanib e’lon qilib boriladi.

Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:

1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin.

2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi.

3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Matematik ekskursiyalarning maqsadi – konkret hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish.

Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.

Maktabning joylashgan o‘rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo‘jaligi va davlat xo‘jaligi va boshqa joylarga ekskursiyalar o‘tkaziladi va ularni kasbga yo’naltiriladi.

Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Bu esa o’quvchilarning egallagan bilimlarini hayotda qo’llay olish ko’nikmasini hosil qiladi. Kompetensiyaning shakllanishi xalqaro baholash sistemalarining masalalarini yechish va hal etish usullarini paydo qiladi.Shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz:

Paxtaning vazni qancha

Musobaqa avjiga

Ikki o’rtoq tortishdi

Tergan paxtalarini

Aravaga ortishdi

Uch yuz kiloga og`ir

Yukdan ko’ra arava

Ikkalasi bir yo’la

Teng bo’lar ming kiloga

Diqqatingizni to’plab

Oling qalam qog`ozni

Hisoblab ayting bizga

Qancha paxtaning vazni




Download 480.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling