Sinfdan tashqari ishlarda yosh xususiyatlarini hisobga olish
Download 163.62 Kb.
|
2-AMALIY MASHGULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ommaviyshakllar
2-AMALIY MASHG`ULOT. MAVZU:SINFDAN TASHQARI ISHLARDA BOLALARNING YOSH XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLISH VA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH Sinfdan tashqari ishlarda yosh xususiyatlarini hisobga olish Maktabdagi tarbiya ishlari, avvalo ta`lim jarayonida amalga oshiriladi. O`qituvchi o`quvchilarga ta`lim berishda faqat ma`lum bilimlargagina berish bilan cheklanmay, ularda kuchli e`tiqod, iroda va xarakter sifatlarini ham tarkib toptirishi, qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish kerak. Maktabda ta`lim-tarbiya ishlarini yaxshilashda, o`quvchilarning har tomonlama kamol topishida sinfdan tashqari o`qish darslarini muntazam ravishda o`tkazib turish yoshlarning hayotda o`z o`rinlarini egallashlarida muhim ahamiyatga egadir. Bolalar va o`smirlar ta`limga bo`lgan, yakka tartibdagi ortib boruvchi talab ehtiyojlarini undirish ularning bo`sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari jamoa tashkilotlari shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo`nalishlarda maktabdan tashqari va nodavlat ta`lim muassasalarini tashkil etadilar. Maktabdan tashqari ta`limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun, mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirishi kerak: ta`lim berish va kamol toptirishga yo`naltirilgan xizmatlar ko`rsatuvchi muassasalar tarmog`ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko`paytirish; Ommaviyshakllar: Ertaliklar, maktabkechalari, bolalarbayramlari, ko`riklar, quvnoqlar va topqirlar to`garagi, sayr, maktab muzeylari, bolalarishlarining ko`rgazmalari va hokazolar. Odob (Rivoyat) Bir kishi Luqmoni hakimdan: «Odobni kimdan o`rgandingiz?» - deb so`radi. «Odobni odobsizdan o`rgandim», - deb javob beribdi Luqmoni hakim. «Odobni odobsizlardan qanday o`rgandingiz?» - deb so`rabdi u kishi. Luqmoni hakim javob beribdi: «Doim odamlarning qilgan ishlariga, so`zlagan so`zlariga diqqat bilan qarab yurdim. Kimdan bir yomon so`z eshitsam, shu so`zni hech bir so`zlamadim. Kimda-kim bir yomon ish qilsa, shu ishni hech bir qilmadim». Download 163.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling