Sinfdan tashqari ishlash
«Amir Temur» boshqotirmasi
Download 116.5 Kb.
|
SINFDAN TASHQARI ISHLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- O ’ rganiladigan asosiy tushunchalar
- Adabiyotlar.
- 1.Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari tipiga
- Darsning tarbiyaviy maqsadi
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Darsni mustahkamlash: Uyga vazifa berish: 2. Ko’nikma malakalarni o’zlashtirish darslari tipiga
«Amir Temur» boshqotirmasi
O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari, o’quv malakalarini qo’llash darslari, tayanch bilim, o’quv malakalarini qo’llash va rivojlantirish darslari, bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari, bilim, o’quv, malakalarini tekshirish darslari, aralash darslari, kimyo darslari konspektini tuzish, kimyo darslari tahlili. Darsning tashkil etilishi ta’lim mazmuni, sinfning xususiyatlari, dars tipi va metodlari kabi maqsadlardan kelib chiqadi. O’qituvchining o’z fanini chuqur bilishi bilan birga, uni o’quvchilarga yetkaza olishi katta tayyorgarlik va mahorat talab qiladi. O’qituvchi keyingi darslarga tayyorlanar ekan, o’zining bilimi, mehnat va turmush tarbiyasi, pedagogik mahorati darajasiga, shuningdek maktabning imkoniyatlarini hisobga olib ishga kirishmog’i lozim. O’rganilayotgan har bir ta’lim mazmunini usuliy jihatdan turli variantlarda ishlab chiqib eng ishonchli va samaralisini tadbiq etish maqsadga muofiqdir. Fanni o’zlashtirish, egallash amaliy faoliyatga tadbiq etish ta’lim mazmunidan kelib chiqib, darslarni tiplarga ajratish zaruratini paydo qiladi. Har bir dars murakkab pedagogik jarayon bo’lib, uni chuqurroq tushuntirish uchun uni tiplarga ajratib tavsif qilib olishning ahamiyati katta. Pedagogik adabiyotlarda darslarni tiplarga ajratishning bir qancha turlari berilgan, xususan darslarning a). asosiy mazmuni va maqsadiga ko’ra b). o’qitish jarayoni taxminiga ko’ra v). tuzilishiga qarab tiplarga ajratish ko’p uchraydi. Biz tayanch bilimlarni amaliy faoliyatga tadbiq etishni o’zida namoyon qiladigan ta’lim mazmuni asosiga tuzilgan dars tiplari haqida fikr yuritamiz. Biz ko’p yil pedagogik tajriba va kuzatish xulosalariga asoslanib bilim o’quv va malakalarni yalpi qo’llash darslari tipini "tayanch bilim, o’quv va malakalarni qo’llab rivojlantirish darslari" deb ta’riflashni tavsiya qilamiz. Bundan asosiy maqsad tayanch bilimlar mohiyatini chuqurlashtirish, tartibga solib kengaytirish, ularni faoliyatga tadbiq eta bilish kabi didaktik vaziyatlar e’tiborga olingan holda darslarni tiplarga ajratishdir. Shunday qilib, biz dars tiplarining quyidagi tavsifini tavsiya etamiz. Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari. O’quv malakalarini qo’llash darslari. Tayanch bilim, o’quv malakalarini qo’llash va rivojlantirish darslari. Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari Bilim, o’quv, malakalarini tekshirish darslari. Aralash darslar Keyingi vaqtda nostandart dars xillari haqida gaplar ko’p tilga olinadigan bo’ldi. Vaholanki, inson azaldan puxta o’ylab tuzilgan reja asosida ish yuritib, samaradorlikka erishib kelganini unutmaslik kerak. Odatda fan yutuqlari ilg’or tajribalar sinovdan takror - takror o’tgach, amaliyotchi o’qituvchilarga faoliyatga qo’llash uchun tavsiya qilinadi va bu eng ma’qul yo’l hisoblanadi. Biz darslarni asosiy ta’lim mazmuni va maqsadlariga ko’ra tiplarga ajratish tarafdorimiz. Chunki har bir darsning asosiy maqsadi ta’lim mazmunidan kelib chiqadi. Darsning maqsadi ta’lim mazmunini o’quvchiga berish bilan birga shu mazmun asosida uni shaxsini tarbiyalash hamda kamol toptirishdan iborat. Amir Temur tug`ilgan qishloq nomi. Amir Temurning to`ng`ich o`g`li. Amir Temurning suyukli xotini Yildirim Boyazidga qarshi jang o`tkazilgan shahar. Amir Temur davlatining poytaxti. Toshkent yaqinida Amir Temur qurdirgan maqbara. Amir Temurning pirlaridan biri. «Tarixi arba` ulus» asarining muallifi. Amir Temurdan so`ng Samarqand taxtini egallagan shahzoda. Amir Temurdan so`ng Movarounnahr va Xurosonni qayta birlashtirgan temuriy shahzoda. «Zafarnoma» asarining muallifi. Adabiyotlar. Babanskiy Y.K. Hozirgi zamon umumiy ta`lim maktablarida o’qitish metodlari. T., O’zbekiston, 1990. G`afforov Y.X., G`afforova M.G. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari. T., Universitet 1996. Sa`diev A. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish. T., O’qituvchi, 1993. Sa`diev A. Maktabda tarix o’qitish metodikasi. T., 1988. 5. Toshpo’latov T., G`afforov Y. Tarix o’qitish metodikasi. T., Universitet, nashriyoti. 2002. O’zbekiston tarixini o’qitish va o’rganishning yagona kontseptsiyasi. T., 1996. Maktabda tarix o’qitishning kontseptsiyasi (loyiha) «O’zbekiston adabiyoti va san`ati» 1992, aprel’. Albatta, darsning biz yuqorida tilga olgan tiplari ham metodlari ham nisbiy bo’lib hisoblanadi. Har bir tip yoki metod tanlanganda o’qituvchi ularning shu darsda dominatlik vazifasini bajarishini hisobga olmog’i kerak. Chunki darsda metodlarning bir nechtasidan foydalaniladi. Asosiy maqsad darsning mazmunini o’quvchiga yetkazish tipi va metodiga qaratiladi. 1.Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari tipiga misol: №1-dars. Kimyo predmeti. Moddalar. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga kimyo predmeti, uning qamrab olgan sohalari moddaning bir - biridan farqi, kimyo fani nimani o’rganishi, uning vazifalari, ahamiyati va boshqalar haqida ma’lumot berish. O’quvchilar tabiatshunoslik, biologiya, fizika va boshqa fanlarni o’rganish jarayonida egallagan zahira bilimlarini eslash, yangi - yangi mavzu mazmunini o’rganishda qo’llashga doir suhbat uyushtirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda shu fanni o’rganishga moyillik hosil qilish, moddalarni bir - biridan farqlash, ajrata olish, malakalarni hosil qilish, kimyoviy reaktiv va moddalar bilan ishlashda ehtiyot choralari va moddalarni avaylab asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishini shakllantirish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilar ilgari egallagan bilimlarini sistemalash, mavzuni boyitish rivojlantirish moddiy borliq haqida bir moddani boshqa moddaga aylantirish mumkinligi haqida aniq tasavvurlar orqali dialektik materialistik dunyoqarashni shakllantirish. Dars metodi: ma’ruza ( dominant metod). Darsni jihozlash va o’tkazish joyi. Darsning borishi: Yangi mavzu mohiyati to’liq ochib beriladi. Qilib ko’rsatiladigan laboratoriya, amaliy demonstrasion tajriba, ko’rgazmalardan foydalangan holda mavzu mazmuni tushuntiriladi. Darsni mustahkamlash: Uyga vazifa berish: 2. Ko’nikma malakalarni o’zlashtirish darslari tipiga misol. №33 dars №3 amaliy mashg’ulot. Kislorodning olinishi va xossalari. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilar kislorodning kimyoviy xossalarini olinishiga doir bilimlarini takrorlaydilar va mustahakamlaydilar. Kislorodni olinishiga va uning xossalari bilan tanishishda zarur bo’ladigan kimyoviy priborlar, reaktivlar bilan muomila qilish jarayonida ularni ishlata bilish ko’nikma va malakalarini o’zlashtirib oladi hamda takomillashtiradi Katalizator tushunchasi mohiyatini o’rganadi. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling